Silikatlashtirish
- bu suyuq plivunga eritilgan(suyuq) shishani kirgizishdir.
Buni plivunlarni suvo’tkazuvchanligi anchagina yuqori bo’lganda Kf
0,5m/sut
iloji bo’ladi. Silikatlashtirish katta xarajatlar talab etsa ham, juda samaralidir.
Plivunlarga qarshi o’z vaqtida va to’g’ri bajarilgan chora-tadbirlar qurilish
ishlarini muvoffaqiyatli olib borishni ta’minlaydi.
Bu hodisaga quruvchilar kotlovan qazishda, kanallar qazishda, temir yo’l
to’shamasini qurishda, metro liniyalarini qazishda duch kelishadi. Odatda
plivunlarning ko’pchiligi daryo o’zanlarida va birinchi qayir ustki terrasalarida
turli qalinlikda uchraydi. Plivunlarda tiksotropiya xususiyati mavjudligi tufayli,
tashqi mexanik kuch ta’sirida birdan suyuq atalaga aylanib, shaxta devorlaridan,
metro devorlaridan, imorat kotlovani qirg’oqlaridan, tog’ yon bag’irliklaridan oqib
chiqa boshlaydi. Plivun hodisasi sababli inshootlarning mustahkamligi pasayadi,
tog’ yon bag’irliklarida cho’kishlar, surilishlar hosil bo’ladi. Ko’pincha plivunlar
tufayli qumlar zichligi ortadi, natijada hajmi kichrayib, yer usti cho’kadi. Bu esa
shu joydagi qurilishga katta zarar yetkazadi.
Plivun hodisasi ikki turga: soxta plivun va haqiqiy plivun hodisasiga
bo’linadi.
Soxta plivunlar
- strukturaviy bog’lanmagan, qumli va shag’alli yotqiziq-
larda kuzatiladi. Soxta plivun hodisasi sababi - qumli qatlamlardagi gidrodinamik
bosimni vujudga kelishidir. Gidrodinamik bosim oshgan sari qum zarralarini
o’rab olgan suv qatlami oshib borib, buning ta’sirida qumlar orasidagi ishqalanish
yo’qoladi, pirovardida, harakatga kela boshlaydi. Ozgina tashqaridan dinamik
kuch ta’sir etishi bilan bu qum massasi siljiy boshlaydi.
Haqiqiy plivun hodisasi qumlok va qumoq jinslarda uchraydi. Haqiqiy
plivun jins suyulgandan so’ng ham ancha vaqtgacha shu holatda turadi,
116
jinslardagi namlik to’la namlik sig’imi miqdoridan kam bo’lganda, suyuqlanadi.
Jinsni suyulib, oqishiga sabab – bu uning tarkibidagi fizikaviy bog’langan suv
bo’lib, uni ajratish ancha qiyin. Plivunlar turli tebranishlar, dinamik zarbalarga
sezgir bo’ladi. Shu sababli kuzatish markazidan uzoq bo’lgan joylarda ham
inshootlarga xavf tug’dirishi mumkin. Qurilishda plivunlarga qarshi kurash
choralari 5 guruhga bo’linadi.
1.Qurilish maydonidagi plivunlarni sun’iy ravishda qotirish. Bu usul o’z
navbatida 3 ga bo’linadi:
a) kotlovandagi suvni maxsus nasoslar bilan chiqarib olinadi;
b) suyuqlanuvchi qatlamlar ustidan fil’trlar qoqiladi. Qoqilgan fil’trni bir
qismi plivun orasida bo’lsa, boshqa qismi uning ostidagi qatlamda bo’ladi. Bunda
plivun suv fil’trlar orqali ostki qatlamlarga o’tib ketadi. Bu usul plivunning
fil’trlanish koeffitsientining qiymati birdan kichik bo’lganda qo’llaniladi;
v) nina fil’trlar orqali plivunga tok yuborib, konsistentsiyasi o’zgartiriladi.
Buning uchun bir - biridan ma’lum masofada joylashadigan qilib, elektrodlar
qoqilib, ularga o’zgarmas tok yuboriladi. Bu usul fil’trlanish koeffitsientining
qiymati 0,2 dan kichik bo’lmagan gil va lyossimon jinslar uchun qo’llaniladi.
2. Plivunlarning shpunt yordamida to’sib qo’yish.
Buning uchun bino yoki inshoot poydevori o’rni ochilib, kotlovan
qazishdan avval atrofi bo’ylab 4 - 5 metrgacha chuqurlikgacha yog’och, temir-
beton, metall ustunlarni qoqib kiritilib devor hosil kilinadi (14.10- rasm).
117
Do'stlaringiz bilan baham: |