Muhandislik geologik tadqiqotlar


Muskovit – yaltiroq oq yoki kulrang holatda uchraydigan, qiyin eruvchan,  kislotalar ta’siriga chidamli slyuda. Biotit



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/204
Sana26.04.2023
Hajmi6,17 Mb.
#932255
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   204
Bog'liq
-qullanma (1)

Muskovit
– yaltiroq oq yoki kulrang holatda uchraydigan, qiyin eruvchan, 
kislotalar ta’siriga chidamli slyuda.
Biotit 
– qora rangdagi, oson yemiriluvchan magnezial-temir slyuda. U 
yassi va yupqa qatlamga ajralish xususiyatiga ega.
Olivin 
asosan temir va magniy silikatlaridan tashkil topgan mineraldir. U 
ko’k rangli, atmosfera ta’siriga chidamsiz, suv ta’sirida esa hajmi kengayadi. U 
asbesttsement sanoatida va issiqlik o’tkazmaydigan ashyolar ishlab chiqarishda 
ko’p ishlatiladi.
Piroksen va amfibollar
guruhiga bo’g’iq rangli minerallardan quyidagilar 
kiradi: avgit, rogovaya obmanka va boshqalar. Bular kal’tsiy, magniy, temir va 
giltuproq silikatlaridan tashkil topgan. Bu guruhdagi minerallar yuqori 
mustahkamlikka ega. Magmatik tog’ jinslari ichida dala shpati 75 % ni tashkil 
etadi. Kvartsga nisbatan mustahkamligi va chidamliligining kichikligi sababli 
tabiatda ko’proq dala shpati qum sifatida uchraydi. Dala shpatining nurashi 
tarkibida uglekislota bo’lgan suv ta’sirida tezlashadi.
 
 
 


204 
29.3.Chuqurdagi yaxlit jinslar 
Granit
– qurilishda keng tarqalgan magmatik tog’ jinsi. U bir tartibli 
kristall jins bo’lib, asosan kvarts (20-40 %), dala shpati - ortoklaz (40-70 %) va 
slyuda (5-20 %) dan tashkil topgan. Bundan tashqari, granit tarkibida ishqorli 
plagioklaz, rogovaya obmanka kabi minerallar ham uchraydi. Granit tiniq sariq 
yoki och qora rangda bo’lib, asosan tarkibidagi minerallar rangiga qarab o’zgaradi. 
Granitlar mayda, o’rta yirik kristalli, porfir kabi yaxlit va qatlam-qatlam (gneys 
jinsi singari) holatda bo’ladi. Granitning zichligi 2,6-2,8 g/sm
3
, g’ovakligi (0,5 -
1,5 %) va suv shimuvchanligi esa nihoyatda kam. Siqilishdagi mustahkamlik 
chegarasi 120–250 MPa, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5–3,0 Vt/m-grad. 
ga teng. Granit ancha qattiq jins (MOOS shkalasiga ko’ra 6-7), ammo uni qayta 
ishlash va silliqlash uncha qiyin emas. 
 
Slyuda miqdori ko’p bo’lsa, granitni silliqlash qiyinlashadi. Granitning 
erish harorati 1400–1500
0
C. Harorat 750–800
0
C ga yetganda granit tarkibida 
kvarts kristallari kengayib, uning mustahkamligini kamaytiradi. 
 
Tosh ashyolar orasida granit yuqori texnik sifatga ega bo’lganligi sababli 
qurilishda (yo’l qurilishlarida, gidrotexnika inshootlarida, me’morchiliqda, bezak 
qismlar tayyorlashda) keng qo’llaniladi. U tabiatda har xil rangda uchraydi. Undagi 
dala shpati oq, kulrang, sariq, qizil va binafsha ranglarda bo’lishi mumkin. Shu 
sababli granit ajoyib pardozbop qurilish ashyosidir. Chidamli bo’lgani uchun ochiq 
sharoitda va zararli muhit ta’sirida ko’p ishlatiladi. 

Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish