6.1.Tog’ jinslari haqida umumiy ma’lumot.
Yer qobig’ining qalin qatlamlarini hosil etgan bir yoki bir necha
mineraldan tashkil topgan tabiiy birikmalar - tog’ jinslari deb yuritiladi. Bir xil
minerallardan tashkil topgan tog’ jinslari - monominerallar deb ataladi.
Masalan - qumtosh faqatgina qumdan iborat. Tabiatdagi keng tarqalgan tog’ jins-
lari polimineralli (ko’p mineralli) bo’lib, masalan, granit tog’ jinsi tarkibiga dala
shpati, slyuda, kvarts minerallari kiradi. Tog’ jinslari yerning ichki qismida va
sirtida bo’lib turadigan turli geologik jarayonlar mahsulidir.
Tog’ jinslari hosil bo’lish sharoitiga ko’ra 3 turga bo’linadi: magmatik,
cho’kindi, metamorfik bo’lib, bular ham o’z navbatida guruhchalarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |