7.1-jadval
Tog’ jinslarining tarkibi
Chuqurlikdagi
intruziv jinslari
Magmatik tog’ jinslari
(chuqurlikdagilarning
effuziv analogi)
Kimyoviy
Mineralogik
Qadimgi
(o’zgarganlari
Yosh
(yangi)
Kislotaviy
SiO
2
65%
Kvarts, dala shpatlari,
(ko’prok ortoklaz,
slyuda (kamroq
boshqa qora
minerallar
Granit
Kvartsli porfir
Liparit
O’rta
SiO
2
q65-
52%
Dala shpati (ko’proq
ortoklaz), ozrok soxta
mugo’z biotit, o’rta
plagioklaz, avgit,
biotit.
Sienit, diorit.
Ortoklazli porfir
porfirit
Traxit
Andezit
Asosiy SiO
2
q52-40%
Asosiy plagioklazlar
(ko’proq labrador)
avgit ba’zan olivin
Gabbro
Diabaz
Bazalt
Ultra asosli
SiO
2
40%
Avgit, olivin, rudali
minerallar. Olivin va
rudali minerallar
Piroksenit
peridadit
dunit
-
-
-
-
42
Granitga ishlov berish oson. Granitlarni binolarning old qismlarini,
gidrotexnik inshootlarini qoplash uchun, pollar uchun plitkalar, zinalar uchun
yo’llarga terish uchun, shuningdek betonga to’ldirgich sifatida, tosh terishda
ishlatiladi
Sienit - granitdan farqli o’laroq tarkibida kvarts bo’lmaydi, asosan dala
shpatlari va to’q rangli minerallardan tashkil topgan (15% gacha). Tashqi
ko’rinishdan granitga o’xshab ketadi. Unda o’rta donali struktura mujassamlangan
bo’lib, rangi qoramtirroq. Xossalari granitga yaqin turadi, lekin turg’unligi
nurashga bo’shroq va osongina ishlov berish mumkin.
Diorit – 3/4 qismi dala shpatlaridan iborat va 25% gacha to’q rangli
minerallardan tarkib topgan. Diorit - mayda va o’rta donali tuzilishga, kul rangli
yashil va to’q yashil rangli jinsdir. Qurilish xossalari jihatidan granitlardan bo’sh
kelmaydi, yuqori zarbiy qovushqoqliqqa ega. Ko’pincha dioritdan koshinlash
maqsadida va yo’l qurilishida ishlatiladi.
Gabbro - asosan dala shpati (50%gacha) va to’q rangli minerallardan -
avgit, shox aldamchisi, olivindan tashkil topgan. Gabbro - yashirin kristalli bo’lib,
rangi och koramtirdan qora ranggacha bo’ladi.
Ohak - natriyli plagioklazlar - labradordan tashkil topgan gabbro -
labrodorit deb ataladi. Gabbro donador ko’rinishdagi buyum sifatida qoplama,
yo’lga terishda, betonga to’ldirgich sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Porfirlar - kimyoviy tarkibi bo’yicha granitlarga yaqini (kvartsli porfir),
sienitlarga yaqin turgani (kvartssiz porfir), dioritlarga yaqini - porfirit deyilib,
porfirli strukturalarga ega. Tuzilish bir jinsli bo’lmaganligidan nurashga qarshi
turg’un emas, yeyilishga kam chidaydi. Boshqa xossalari jixatidan chuqurlik
jinslariga yaqin turadi.
Traxit - oqib chiqqan tog’ jinsi bo’lib, tarkibi xuddi sienitga o’xshaydi,
lekin yer yuzasiga chiqib qotganligi sababli g’ovakli tuzilishga egadir. Traxitdan
qurilishda devor materiali sifatida, shuningdek beton tayyorlashda chaqilgan tosh
(sheben’) ko’rinishida ishlatiladi. Traxitning boshqacha ko’rinishi – beshtaunit
43
deb atalib, kislotaga chidamli betonlarni tayyorlashda shag’al ko’rinishida
ishlatiladi.
Andezit. – dioritga o’xshash bo’lsa-da, undan porfirli ko’rinish bilan farq
qiladi. Zich tuzilishga ega bo’lgan andezit toshidan kislotaga chidamli plita va
kislotaga chidamli beton tayyorlash uchun tosh ko’rinishida ishlatiladi.
Diabaz - mineral tarkibi bo’yicha gabbrolarga o’xshab ketadi. Rangi esa
to’q yashildan qora ranggacha bo’ladi.
Strukturasi - turli yiriklikdagi donali, kristall, va ba’zan porfirli tuzilishga
ega bo’ladi. Diabazlar, ayniqsa mayda donali diabazlar yuqori mustahkamlikka ega
bo’lib, 450 Mpa gacha yetib boradi. Yuqori zarbiy qovushqoqlikka ega, kam
yeyiladi. Singanda muntazam shakllar bo’yicha ajraladi.
Diabazdan yo’l qurilish ishlarida, masalan; yo’llarga yotqizish uchun,
yo’llar chetlariga teriladigan tosh ko’rinishida, betonga qo’shiladigan chaqiq tosh
ko’rinishida va ba’zan esa qoplama materiali sifatida ham ishlatish mumkin.
Diabazdan quyma tosh ishlarida xom ash’yo sifatida, kislotaga chidamli
buyumlar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Bazal’t – (diabazga o’xshab, gabbro analogi) shishasimon yoki yashirin
kristalli, ba’zan esa porfir tuzilishli, zich, og’ir tog’ jinsidir.
Bazal’t kulrangdan toki qora ranggacha bo’lib, yuqori mustahkamlikka
ega (500 Mpa.) Bazal’tning porfir strukturali bo’lishligi, magmaning sovishi
paytida hosil bo’lgan yoriqlar va g’ovaklilar tufayli, bazal’tning mustahkamligi
100 Mpa gacha kamayishi mumkin. Bazal’tlarning yuqori mustahkamligi va
mo’rtligi ularga ishlov berishni qiyinlashtiradi. Bazal’t ko’prik ustunlari,
poydevorlar, yo’lkalar, katta ko’chalar qurish uchun va tosh yo’llarga yotqizish
uchun ajoyib material hisoblanadi. Bazal’tdan shuningdek betonga qo’shiladigan
chaqiq tosh sifatida, kislotaga chidaydigan material ko’rinishida, quyma tosh
ishlarida, mineral paxta ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Bazal’tning kamchiligi shundaki, u o’tga ko’p chidamli emas, katta
yo’llarga yotqizilgan bazal’t toshlari, vaqt o’tishi bilan juda silliq bo’lib qoladi.
44
Vulqon mahsulotlari bo’lmish, kukunsimon (1mm gacha) zarralarni -
Do'stlaringiz bilan baham: |