Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 Shamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   303
Bog'liq
-qullanma

14.4. Shamolning geologik ishi. Eol yotqiziqlar 
Yer  yuzida  turli  yo’nalish  va  tezlikda  shamollar  esib  turadi.  Shamolning 
tezligi  60  -  70  m/sek  ga  yetsa,    u  quyunga  aylanib  katta    vayronagarchiliklar 
keltiradi,  odamlarni  halokatiga  sabab  bo’lishi    mumkin  va    xalk  xo’jaligiga  katta 
zarar  keltiradi.  Shamol  o’z  yo’lida    katta  geologik  ishlarni  bajaradi.  Shamol  o’z 
yo’lida  qumlarni  surib    ketadi.  Ularni  toshlarga  borib  uradi.  Toshlar  yuzi  bu 
zarbalar    natijasida  tekislanishi,  jo’yakchalar,  chuqurliklar  hosil  bo’lishi  mumkin. 
Shamolninng ishi bilan bog’liq bo’lgan har qanday jarayonlarni  eolli  jarayonlar 
deb yuritiladi. 
Shamolning  mexanik  kuchi  bino  va  inshootlarga  jiddiy  ta’sir  ko’rsatib,  
unga  to’siq  bo’lib  xisoblanadi.  Bu  shamoldan  bo’ladigan  yuklama  deyiladi,  
qurilish  konstruktsiyalarining  yon  tomonlariga  ta’sir  ko’rsatadi.  Baland  
qurilmalar,  ayniqsa  zavodlarning  baland  tutun  trubalari  shamol    yuklamalari 
ta’sirida  doim  tebranib  turadi.  Qurilish  konstruktsiyalarini    loyixalash  va 
xisoblashda  bu  yuklamalarni  xisobga  olish  lozimdir.  Shamol      o’z  xarakati 


102 
 
davomida  o’zi  bilan  qum,  xatto  shag’allarni  xam  uchirib    ketadi.  Eng  katta 
buzuvchi, yemiruvchi ishlarni qum parchalari bajaradi.  Ular qattiq jinslarga urilib, 
ular  yuzasida  turli  jo’yakchalar,  yo’lchalar,    chuqurchalar  xosil  qiladi.  Bu  xodisa 
korroziya  deb  nom  olgan.  Cho’llarda    korroziya  tufayli  telegraf  ustunlari,  simlar 
tezda  yaroqsiz  holga  keladi,  binolarning  old  qismi  ko’rinishi  buziladi. 
Deflyatsiyaning  va    korroziyaning  birgalikdagi  xarakati  faqat  yumshoq  jinslar 
emas,  qattiq    jinslarni  xam  yemirib,  turli  o’lchamli  parchalarga  aylantiradi.  Ayni  
vaqtda ushbu jarayonlar rel’efning turli shakllarini yuzaga chiqaradi.  Shamolning 
tezligi  bilan  va  zarrasining  katta-kichikligiga  qarab  qum    ko’chgan  holda  yoki 
urilib aylanib ketishi mumkin.  
Gilli  changsimon  va  mayin  qum  zarralari  tepaga  ko’tarilib  ko’chadi  va 
shamolning  kuchiga  qarab  yuzlab  va  xatto  minglab  km  gacha  ko’chib  borishi 
mumkin.   
Shamol  o’z  yo’lida  tog’  jinslariga  mexanikaviy  ta’sir  etishi  natijasida 
undan mayda zarralarni, g’ovaklardagi nurash mahsulotlarni o’zi  bilan  olib chiqib 
ketadi.  Bu  hodisa  -    deflyatsiya  deb  atalib,  cho’lda  tog’    jinslarini    batamom 
buzilishiga olib keladi. Shamol faqatgina mayda  zarralarnigina uchirib keta oladi. 
Qumni  esa  yer  ustidan  bir  ozgina    ko’tarib, uchirib  ketadi  va  uzoq  joyga  bormay 
ularni  to’playdi.  Shamol    ta’sirida  cho’llarda  katta  -  katta  qum  tepaliklari, 
do’ngliklar  hosil  qiladi.  Bular  qum  dyunalari,  barxanlari  deb  ataladi.  Qum 
do’ngliklari  Sahroi  Kabirda,  Arabiston  yarim  orolida,  Meksika,  ekvator 
sahrolarida,    Respublikamizda  Orol  dengizi  bo’ylarida,    Amudaryo  qirg’og’ida, 
Qoraqum  va Qizilqum sahrolarida, Farg’ona vodiysidagi, Yozyovon cho’llarida va  
Mirzacho’lda uchraydi. Bu do’ngliklar shamol ta’sirida bir joydan ikkinchi  joyga 
ko’chib  yuradi. 
Shamol ta’sirida tuproqning  mayda zarrali qismi hamda undagi  chirindi va 
ozuqa  moddalar  yo’qoladi,  natijada  tuproqning  unumdorligi    nihoyatda  pasayadi. 
Shamol yerning unumdor qatlamlarini sidirib ketishdan   tashqari ba’zi hududlarni 
sho’rlanishiga ham sabab bo’ladi. Ma’lumki  sho’rxok yerlarda dengizning qurigan 
qismlarida  va  qirg’oqlarida      masalan,  Orol  dengizi  qirg’oklarida  tuz  yig’iladi. 


103 
 
Shamol  bu  tuzlarni  uchirib,  boshqa  joylarga  eltib  yotqizadi,  natijada  unumdor 
yerlar sho’rxok  yerlarga aylanadi. Bu hodisani Mirzacho’lda, Farg’ona va Qarshi 
cho’llarida    ko’p  kuzatish  mumkin.  Shamol  eroziyasini      (yemirilishi)  bartaraf 
kilishda,    temir  yo’llarni,  paxta  maydonlarini,  bog’larni,  kanallarni  shamollardan 
himoya qilishda maxsus yupka kobiklar hosil kiluvchi moddalar  ishlatilmokda. Bu 
moddalardan, masalan -  poliakriladning suvdagi  eritmasi, harakat qiluvchi qumlar 
ustiga  sepilganda    ma’lum  qalinlikda    yupqa    qatlam  hosil  bo’ladi  va  qum 
ko’chishdan to’xtaydi.  
Shamol  suv va muzliklar nurash mahsulotlarini bir joydan  ikkinchi joyga 
ko’chirish  bilangina  chegaralanmaydi,  balki  ular  tog’    jinslarini  mexanikaviy 
ravishda  parchalaydi  va  yer  yuzi  rel’efini    o’zgartiradi.    Bu    hodisa  geologiya 
fanida –  denudatsiya jarayoni deb  ataladi. 

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish