86
14. SURILISHLAR. NURASH JARAYONI. SHAMOLNING
GEOLOGIK ISHI. EOL YOTQIZIQLAR. KARSTLANISH HODISASI.
14.1. Surilishlar
Tog’ jinslari massalarining suv o’tkazmaydigan qatlamining o’z og’irligi
kuchi ta’sirida surilishlari ro’y beradi. Surilishlar uchun ko’chayotgan tog’
massasini aylanmasligi va ag’darilmasligi xarakterlidir. Ko’chayotgan tog’
massasining ko’pchilik nuqtalari traektoriyalari, surilish yuzalari yo’liga mos
keladi.
Surilish hodisasi geologik jarayon bo’lib, tog’ jinslarining mustahkamligi
buzilishi va tabiiy omillar oqibatida o’z muvozanat turg’unligini yo’qotishi
oqibatida ro’y beradi. Surilish hodisalari yer sharining hamma joyida tarqalgan
bo’lib, xalq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi, unga qarshi kurash tadbirlari ko’p
mablag’ talab etadi.
Surilish natijasida tog’ yon bag’irliklari, dengiz va dar’yo qirg’oqlari, soy
bo’ylari hamda ochiq usul bilan kavlanayotgan konlarning chetlari buziladi, yer
rel’efi o’zgaradi, tekis qiyaliklar o’rniga tik yonbag’irliklar vujudga keladi.
Surilishlar hajmi, hosil bo’lish sharoiti harakat tezligiga qarab turlicha
bo’ladi. Ba’zan surilayotgan ko’chki shunday tezlikda harakat qiladiki, undan
odamlar saqlanib kolaolmaydilar. Masalan; Ohangaron vodiysidagi 1991 yili sodir
bo’lgan surilish natijasida ko’plab odamlar tuproq ostida qolib ketdilar.
O’zbekistonning kon sanoati rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopkan
tumanlarida, Yuqori Chirchiq tumanidagi Xumson, Bog’iston, Xo’jakent,
Chibortog’a va boshqa qishloqlarda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining
tog’li tumanlarida ham kuchli surilishlar ruy berib kelmoqda. Surilish har - xil
morfologik tuzilishga va dinamik harakatga ega. Surilish morfologiyasi deganda
ularning ichki va tashqi tuzilishini tushunamiz. Surilishga uchragan yon
bag’irliklar tashqi va ichki qiyofasining tuzilishi turlicha bo’lib, u yon
bag’irliklarning geologik va geomorfologik tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Surilib,
ko’chib tushayotgan jinsning hajmi har - xil bo’lib, bir necha kub metrdan, bir
necha million kubmetrgacha yetadi.
87
Surilishning yuzasi, surilish uyimi, surilish bazisi, surilish terrassasi,
(supachasi), uzilish devori, surilish tanasi, surilish tili deb ataluvchi elementlari
bo’ladi.
• Surilish yuzasi yoki surilish chizigi deb, surilayotgan massaning ma’lum
bir yuza buyicha harakat traektoriyasiga aytiladi (14.1- rasm).
14.1 – rasm. Surilish bazisining yotish sxemasi: a – surilish bazisining qiyalik
chizig’iga mos kelgan holat, b – surilish bazisining qiyalik chizig’iga mos
kelmagan holat ( B.O.Mavlonov va boshqalar rasmi).
Surilish yuzasining shakli turlicha, tulqinsimon, yoysimon, tekis to’g’ri
chiziq shaklida bo’ladi.
Surilish yuzasining shakli, tog’ jinsi tarkibiga, joyning geomorfologik
tuzilishiga va surilishning turiga bog’liq.
Surilish yuzasining yonbag’irlikning pastki qismidan, yer yuziga chiqqan
joyiga, surilishning - asosi, yuqori qismidan chiqqan joyini surilish cho’qqisi deb
ataladi.
Surilish yuzasining oz-ko’pligiga qarab, surilayotgan tog’ massasi, yaxlit
bir butun, yoki ayrim-ayrim bo’laklardan tashkil topgan bo’ladi. Agar surilayotgan
massa, ayrim-ayrim yirik bo’laklardan iborat bo’lsa, surilib tushayotgan umumiy
massaning yuzasi pog’onasimon bo’lib, zinasimon surilishlar hosil bo’ladi.
Surilish uyumi deb, yonbag’irliklarda hosil bo’lgan katta chuqurliklarga
aytiladi. Ayrim yonbag’irliklarda ko’chki hodisalarining har yili sodir bo’lishi
natijasida, qiyalikda bir qator surilish uyumlari hosil bo’ladi, uyimlari bir-biridan
88
ajratib turadigan joylarni – surilish ayirgichlari deb ataladi. Surilish uyimining
shakli va chuqurligi, turlicha bo’lib, qurilishning turiga, hosil bo’lish sharoitiga va
joyning geomorfologik tuzilishiga bog’liq.
Surilish bazisi deb - surilish yuzasining qiyalik chizig’i bilan kesishgan
joyiga aytiladi.
Surilish bazisi qiyalikning chizig’iga baravar, undan balandda yoki pastda
joylashgan bo’lishi mumkin. Agar surilish bazisi qiyalik chizig’idan pastda
joylashgan bo’lsa, surilish natijasida yonbag’irlikning eng pastki qismi
ko’pchiganga o’xshab, yuqoriga ko’tarila boshlaydi. Bunday joylar surilishning
o’sish zonasi deb ataladi. Ba’zi bir qiyalikda bir necha marta surilish bo’lib,
ularning surilish bazislari turlicha bo’ladi. Surilishning bunday ko’rinishi ko’p
Do'stlaringiz bilan baham: |