Silikatlar - yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan minerallar bo’lib (85%), ular-
ning hosil bo’lishi magmalarning oqib chiqish natijasidir. Bu minerallar guruhi-
ning aksariyati - panjarasimon kristallidir. Silikatlardan umumiy tuzilish va
tarkibiga ega bo’lgan dala shpatlari, piroksenlar, amfibolalar, slyudalar, shuning-
dek olivin, tal’k, xloritlar, gilli minerallarni ko’rsatish mumkin.
Karbonatlar - bu guruh minerallariga uncha yuqori bo’lmagan mustah-
kamlik, kichik zichlik, nometal yaltiroqlik (kal’tsit, dolomit) xosdir. Tabiatda ko’p
uchraydiganlaridan; kal’tsit (ohak shpati, tiniqlari - island shpati) CaCO
3
, dolomit
CaMg(CO
3
)
2
va sideritdir (temir shpati) FeCO
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |