Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 Yer osti  inshootlarini qurish uchun muhandis - geologik izlanishlar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   303
Bog'liq
-qullanma

         33.5. Yer osti  inshootlarini qurish uchun muhandis - geologik izlanishlar 
Yer  osti  inshootlariga  yer  osti  rezervuarlari,  tozalash  kanalizasion 
inshootlari, stantsiyalari, hamda har xil maxsus ob’yektlar kiritilgan.  
Yer osti inshootlarini asosiy xususiyati ularni katta chuqurlikdaligi. Ularni 
fundamenti  asos  gruntiga  kichik  bosim  beradi,  bu  bosim    kotlovan  qazilganda 
olingan  grunt  og’irligi  bosimidan  ham  kam.  Shuning  uchun  laboratoriya 
tadqiqotlarida  grunt 
mustaxkamligi  masalasi 
asosiy 
emas. 
Kotlovlarni 
yonbag’ridagi  gruntni  turg’unligi  ancha  katta  ahamiyatga  ega,  ayniqsa  yer  osti 
suvlari  mavjudligida,  hamda  gruntlarni  inshootlarga  beradigan  yonlama  bosim 
inshootlar devorlari orasini va kotlovan yonbag’irlarini grunt bilan to’ldirilganda.  
Qurilishga  mo’ljallangan  uchastkalarni  geologik-litologik  tuzilishi, 
gidrogeologiyasi,  muhandislik  -  geologik  jarayonlar  haqidagi  hamma  zaruriy 
ma’lumotlarni  burg’ulash  quduqlari  beradi.  Quduqlarni  chuqurligi  shartga  binoan 
bo’ladi  -  quduq  tubi  yer  osti  inshootlarini  loyihaviy  asosidan  5-6  m  pastroqda 
bo’lishi  kerak.  Bu  chuqurliklarda  turg’un  bo’lmagan  jinslar  uchragan  hollarda 
quduq  pastda  yotgan  turg’un  jinslargacha  chuqurlashtiriladi.  Quduqlardan 


249 
 
laboratoriya  tadqiqotlari  uchun  monolitlar  chiqarib  olinadi,  ular  orasida  eng  katta 
ahamiyatlisi gruntlarni  siljishga qarshiligi haqidagi ma’lumotlardir.  
Inshootni  qkatta  chuqurlikga  joylashtirish  ko’p  hollarda  yer  osti  suvlari 
bilan kontaktga to’g’ri kelib qoladi, shuning uchun yer osti  suvlarini tartibi, tarkibi 
va agressivligi o’rganiladi. Agar yer osti suvlari ishlarini o’tkazishga xalaqit bersa, 
bir  vaqtni  o’zida  suvni  chiqarish  masalasi  va  inshootni  ekspluatatsiya  davrida 
drenaj  konstruktsiyasi  masalasi  yechiladi.  Tadqiqotlar  natijalari  oddiy  muhandis-
geologik hisobot ko’rinishida rasmiylashtiriladi.  
Gidrotexnik  qurilishlar  uchun  (to’g’onlar,  suv  omborlari)  muxandis-
geologik  izlanishlar  qurilish  ob’ektlari  uchun  izlanishlarni  hamma  turlari  ichida 
eng murakkabi hisoblanadi.  
Muhandislik  -  geologik  izlanishlarni  tarkibi  va  hajmi  3  ta  asosiy  omildan 
aniqlanadi: 
- loyihaviy inshoot xususiyatlari; 
- loyihalash bosqichi; 
- qurilish  rayonini geologik tuzilishini murakkabligi. 
O’z xususiyatlari bo’yicha gidrotexnik inshootlar turlicha. Gidroenergetika 
va  suv  ta’minoti  maqsadidagi  gidrotexnik  inshootlar  yirik  va  murakkab  ob’ekt 
bo’lishi  mumkin,  to’g’onlar  ko’rinishida  katta  daryolarni  to’sishi,  masalan, 
Chorvoq  to’g’oni  Chirchiq  daryosida,  va  kichik  va  oddiy  inshootlar  baland 
bo’lmagan (10 m) dan kam tuproqli to’g’onlar, kichik suv omborlari bilan.  
Keyingilari  ko’proq  uchrab  turadi  qishloq  joylarda,  poselka  qurilishlarida, 
alohida sanoat ob’ektlarini suv ta’minoti masalasini yechishda. 
Gidrotexnik  qurilishlar  uchun  izlanish  ishlar  asosida  ularni  bosqichligi 
yotadi.  Eng  oddiy  inshootlar  uchun,  masalan  past  tuproqli  to’g’on  va  kichik  suv 
ombori  uchun,  bir  bosqichli  loyihalash  texno-shuchi  loyiha  tuzish  bilan  mumkin. 
Murakkab inshootlar uchun loyihalashni bir nechta bosqichi mo’ljallangan. 
Muhandis-geologik  izlanishlarga  geologik  tuzilishni  murakkabligi  katta 
ta’sir etadi. Sharoitlar murakkab, juda murakkab va oddiy bo’lishi mumkin. Oddiy 
geologik sharoitlarda ob’yekt tabiiy asosga quriladi, gruntga bosim cheklanmaydi. 


250 
 
Murakkab  sharoitlar  grunt  xususiyatlarini  yaxshilashni  bosimnii  kamaytirishni 
talab etadi. Juda murakkab geologik sharoitlar tog’li va seysmik rayonlarga, karet  
uchastkalariga,  ko’p  yillik  muzliklarga  xos.  Bunday  rayonlardagi  qurilish  grunt 
holati va xususiyatlarini yaxshilash bo’yicha murakkab tadbirlar o’tkazish, maxsus 
konstruktiv qarorlar qabul qilish talab etiladi.  
Ishlarni  hamma  bosqichlaridagi  muxandis  -  geologik  izlanishlar  kom-
pleksiga  muxandislik  -  geologik    s’yomka  va  razvedka  ishlari  kiradi.  Bu  joyni 
tuzilishini  umumiy  geologik  masalalari  yechishga  imkon  beradi  (daryo  vodiysi, 
balka  uchastkasi,  jarlik  va  x.k.lar  uchun).  Izlanishlarni  kechki  bosqichlarida 
birinchi  o’rinda  gruntlarni  tavsifi  va  xususiyatlarini  o’rganish  bo’yicha  ishlar, 
hamda  rayonni  (uchastkani)  gidrogeologik  sharoitlarini  tahlili  turadi.  Yirik 
gidrotexnik  qurilishda  tajriba  ishlarini  o’tkazish  mumkin  (fil’tratsiya  bo’yicha, 
gruntlarni  ko’tarish  qobiliyatini  aniqlash  bo’yicha  va  x.k.)  va  tajriba  qurilishlari 
qilish mumkin (to’g’onlarni tajribaviy yuvish, tajribaviy drenaj va x.k.). 
Gidrotexnik  ob’yektlar  qurilishida  gidrogeologiya  bo’yicha  ishlar  muhim 
ahamiyatga ega. To’g’on rayonida fil’tratsiya sharoitlari o’rganiladi. Dala ishlariga 
(tajribaviy  suv  chiqarish,  bosimda  kiritish,  quyish  va  yer  osti  suvlarini  tartibini 
kuzatishga  alohida  ahamiyat  beriladi.  Suv  omboridan  suv  ketishini  baholashda 
filtratsiyadan tashqari, yaqinda joylashgan rel’ef depressiyalari (yoriqlari), yer osti 
laxmlari  karst  bo’shliqlari,  qoyali  massivlarni  darzliklarini  hisobga  olish  kerak. 
Gruntlarni  shakarlanishi  va  mexanik suffaziyasi  imkoniyatlari aniqlanadi;  bosimli 
suvlarni  chiqishi;  yonbag’irliklarda  va  to’g’onni  qirg’oqqa  taqalgan  joylarida 
ko’chkilarni  rivojlanish  ehtimoli;  suv  omborini  o’rab  turgan  hududda,  ayniqsa 
aholi  punktlari  va  sanoat  ob’yektlarini  suv  bosish  xususiyatlari o’rganiladi. 
Gidrotexnik  inshootlarni  loyihalash  uchun  muhandislik  -  geologik  ishlarni 
hamma hollarida qurilish materiallarini qidirish va razvedkazi o’tkaziladi.  
Zaxiralarni  hisoblashda  tad\lshabdan  2-3  marta  ko’p  bo’lishi  hisobga 
olinadi. Asosan to’g’onni tanasini yaratish uchun kerakli material qidiriladi.  
Tuproqli to’g’on va suv omborini ekspluatatsiyasi davrida to’g’on gruntini 
holatini (cho’kish, siljish) uzatish muhim ahamiyatga ega.  


251 
 
Belgilash  lozimki,  ko’p  yillik  muzliklar  va  karts  rivojlangan  rayonlarda 
to’g’on va suv  omborlari qurish  eng  katta  murakkablik  yaratadi. Bunday  hollarda 
muxandis-geologik izlanishlar bir qator o’ziga xos xususiyatlariga ega. Ko’p yillik 
muzliklar  rayonlarida  muzlik  s’emkasi  o’tkaziladi,  gruntlarni  va  suv 
o’tkazuvchanligi maxsus o’lchanadi. Karts rayonlarini o’rganish jarayonida kartsli 
tuzilishlarni  tarqalishi  va  hosil  bo’lishi,  rivojlanish  qonuniyatlari,  gruntlarni 
fil’tratsion oqim bilan erish sharoitlari va jarayonni tezligi belgilanadi. 
Chiziqli  qurilish  uchun  muhandislik  -  geologik  izlanishlar.    Yirik  sanoat 
inshootlarini,  shaharlarni  (poseliallarini)  yaratish  har  doim  chiziqli  xususiyatdagi 
har  xil  ob’yektlarni  qurish  bilan  birgalikda  bo’ladi,  ular  yer  usti  (temir  yo’l, 
avtomobil  yo’llari),  yer  osti  (neft’  -  gazoprovodlar),  havodagi  (elaktr  uzatish 
tarmoqlari, osma arqonli yo’llar) bo’ladi. Bundan ob’ektlarni har biri uchun o’ziga 
xos ma’lum xususiyatli muhandislik - geologik izlanishlar o’tkaziladi. 
Chiziqli  qurilish  uchun  izlanishlarni  xususiyatlardan  biri  ularni  katta 
uzunlikdagi  va  kichik  kenglikdagidir.  Bundan  ob’yektlar  uchun  izlanishlarda 
muhandis  -  geolog  muhandislik  -  geologiyasining  hamma  bo’limlari  bilan 
(umumiy  geologiya,  yer  osti  suvlari,  yer  yuzasini  geodinamikasi  va  boshqa  ko’p 
narsalar) to’qnashadi.  
Chiziqli  ob’yektlarni  har  bir  turi  uchun  muhandis  -  geologik  izlanishlarni 
ma’lum  mezonlar  bo’yicha  bajaradilar.  Ular  ob’yektni  xususiyatlarini  hisobga 
oladi. Chiziqli ob’yektlar bilan birgalikdagi  bino va inshootlarni loyihalash sanoat-
grajdan qurilishi hujjatlar asosida bajariladi.  
Chiziqli  inshootlar  uchun  muhandislik  -  geologik  izlanishlarni  qanday 
o’tkazilishini misoli tariqasida truboprovod qurilishini ko’rsatamiz. 
Truboprovodlar  har  xil  suyuqliklar  va  gazlarni  transportirovkasi  uchun 
mo’ljallangan. Katta uzunlik, har xil tabiiy to’siqlarda (tog’lar, daryolar, botqoqlik 
va  x.k.)  o’tish  truboprovodlarni  yer  ostida  (transheyalardan),  suv  ostida  (suv 
tubidan) va yer ustida (tayanchlarda) loyihalashga majbur qiladi.   
Ahamiyatiga  qarab  truboprovodlar  magistral,  tarqaluvchi  va  bo’linuvchi 
turlarga  bo’linadi.  Truboprovodlar  bo’ylab  xizmat  ko’rsatish  ob’ktlari  –nasos  –


252 
 
xona, suv-bosim minerallari, rezervuarlar, turar-joy uylari va x.k.lar joylashadi. Bu 
binolar    va  inshootlar  uchun  muhandislik  -  geologik  ishlar  sanoat  va  shahar 
qurilishlarniki  kabi  o’tkaziladi.  Muhandislik  -  geologik  izlanishlarda  trubo-
provodlar  asos  gruntlariga  kichik  solishtirma  bosim  (0,02  MPa  dan  kam)  bilan 
tavsiflanadi,  ammo  o’q  yo’nalishini  surilishiga  yuqori  sezuvchanligi  bilan 
farqlanadi (bunda ulangan joylar zararlanadi). 
Truboprovodlarni  loyihalash  uchun  asos  gruntlarini  mustahkamligini, 
xususiyatlarini bilish lozim. Ular transheyalarni qurish (yoki to’plamalar yaratishga 
ishlatiladi,  joyni  rel’yefi,  daryo  vodiylari  tuzilishini  xususiyatlarini  va  ularni 
erazion  faoliyati,  gruntlarni  muzlash,  chuqurligi,  seysmikligi,  uyurma  elaktr 
toklari,  grunt  suvlarini  mavjudligi  va  ularni  agressivligi,  dengiz,  ko’l  va  suv 
omborlari, qirg’oqlarini xususitlari, hamda tabiiy geologik hodisalar va jarayonlar, 
ular  truboprovodlarni  uyg’unligiga  manfiy  ta’sir  etishi  mumkin  va  ularni 
joylashtirish  ishlarini  qiyinlashtirishi  mumkin  (ko’chmalar,  karts,  cho’kmalar, 
jarliklar, sel, to’kilish va b.). 
Truboprovod    trassalarini    muxandislik  -  geologik  ishlari  2  bosqichda 
o’tkaziladi:    boshlang’ich    loyiha    topshirig’ini    asoslash    uchun    va    mufassal 
ishchi chizmalar uchun. Ba’zan  murakkab  ob’ektlarda  boshlang’ich tadqiqotlarda 
rekognostsirovka  ishlari  qurilishni  maqsadga  muvofiqligini  texnik-iqtisodiy 
asoslash uchun o’tkaziladi.  
Boshlang’ich muhandislik - geologik ishlar truboprovod trassasi variantini 
tanlovini      asoslash    maqsadida    bajariladi.    Bir    qator    trassa    variantlari 
belgilanadi.  Har  bir  trassa    500  m  kenglikda  o’rganiladi.  Noqulay  uchastkalarga 
(ko’chki,  karst  va  b.),  korrozion    faollikga,  agressivlik    grunt    suvlarini 
agressivligiga,    aniqlangan  uyurma  elektr  toklariga  alohida  ahamiyat  beriladi. 
Ishlarni  bu  bosqichida  aerogeologik  o’rganish  va  joyni  aerofotos’yomkasi  katta 
ahamiyatga ega.  
Muhandislik  -  geologik  hisoboti  truboprovodlarni  hamma  variantlarini 
solishtirma  muhandislik  -  geologik  tavsifi  muhandislik  -  geologik  xaritalari  va 


253 
 
kesishmalari  bilan  birgalikda  beriladi.  Muhandislik  -  geologik  jihatdan  eng  qulay 
trassa varianti tavsiya qilinadi.  
Mufassal muhandislik - geologik ishlar yakuniy tanlangan trassa variantida 
o’tkaziladi.  Boshlang’ich  bosqichda  olingan  variantlarga  yangi  tadqiqotlar 
qo’shiladi,  shu  jumladan  gruntdarni  korrozion  faolligi  tahlili  va  grunt  suvlarini 
agressivligi xam. 
Razvedka  lahmlari,  asosan,  burg’ilash  quduqlari  ko’rinishida  bajariladi. 
Xar  bir  kilometrga  o’rtacha  ikkita  quduq  qo’yiladi.  Lahmlarni  chuqurligi 
truboprovorodlarni yotqizish chuqurligi va gruntlarni muzlash chuqurligini hisobga 
olgan  holda  belgilanadi.  Ko’pincha  bu  3-5  m,  botqoqlarda  va  suv  oqimlarini 
o’tishda  esa  1-15  m.  Zaruriy  hollarda  quduqlardan  grunt  namunalari  va  yer  osti 
suvi namunalari olinadi. 
Qoyali,  illi  yoki  torfli  gruntlarni  chegaralarini  aniqlash  uchun  qo’shimcha 
laxmlar  o’tiladi.  Daryolardan,  kengayayotgan  jarliklardan,  katta  daralardan  o’tish 
uchastkalarida xam shu ishlar qilinadi. 
Truboprovod trassasi murakkab muhandislik - geologik sharoitli rayonlarni 
kesib  o’tganda  odatdagi  tadqiqotlarga  maxsus  ishlar  qo’shiladi,  bunda  razvedka 
lahmlarini  soni  anchagina  ortadi.  Bunday  rayonlarga  ko’chkili  va  karstli 
uchastkalar,  ko’p  yillik  muzliklar,  seysmik  xududlar,  lessli  cho’kma  gruntlar 
rivojlangan maydonlar, botqoqliklar, sho’rlangan gruntlar, tog’ rel’efli uchastkalar 
va b. kiradi. Masalan lyossli cho’kma gruntlar rivojlangan rayonlarda qo’shimcha 
ravishda  cho’kma  jinslarni  zonasini  turi  va  qalinligini  aniqlash  kerak;  botqoqli 
hududlarda  botqoqni  hosil  bo’lish  sharoitlari  o’rganiladi,  ularni  turi,  tuzilishi  va 
tarkibi  belgilanadi;  karstli  rayonlarda  karstni  morfologiyasi,  yoshi  va  boshqa 
xususiyatlari  o’rganiladi  va  bunda  qurilishga  yaroqli  va  yaroqli  bo’lmagan 
uchastkalar  ajratiladi,  hamda  maxsus  tadbirlardan  so’ng  yaroqli  bo’lganlari  xam. 
Doimiy  muzliklar  rayonlarida  muzlik  turi  (yaxlit,  qatlamlashgan),    muzlagan 
jinslar  qalinligi  faoliyatli  qatlamni  buralishga  xoxishligi,  muz  usti    mavjudligi 
belgilanadi. 


254 
 
Tog’li  rayonlarda  sel,  ko’chki,  to’kilish,  qor  ko’chkilarini  hosil  bo’lishiga 
alohida ahamiyat beriladi va ularni truboprovodga ta’siri aniqlanadi. 
Mufassal  tadqiqotlar  muhandislik  -  geologik  hisobot  ko’rinishida  rasmiy-
lashtiriladi, u  ishchi  chizmalarni ishlab chiqishga asos beradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


255 
 

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish