Seysmik usullar tabiiy sabablardan yoki maxsus o’tkaziladigan portlash-
lardan hosil bo’ladigan seysmik tebranishlarni tarqalish tezligini farqlanishiga
asoslangan. Oxirgi vaqtlarda injener-geologik ishlarda bir kanalli mikroseysmik
qurilmalar ishlatilmoqda. Ularni yordamida qoplamalar ostidagi qoyali jinslarni
yotish chuqurligini belgilash, daryo vodiylari tubini aniqlash karst bo’shliqlari,
grunt suvlari satxi, doimiy muzliklardagi erigan jinslar qalinligini
aniqlash mumkin.
Murakkab geologik tuzilishiga ega bo’lgan sharoitda seysmometriya usul-
lari yaxshi natija bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |