25. MUHANDISLIK - GEOLOGIK QIDIRUV ISHLARIDA
QO’LLANILADIGAN GEOFIZIKAVIY TEKSHIRISH USULLARI.
ELEKTRORAZVEDKA. SEYSMORAZVEDKA. MAGNITORAZVEDKA.
RADIOAKTIV USULLAR
Tadqiqotlarni geofizik usullari odatda razvedka ishlariga yo’ldosh
bo’ladi va ba’zi xollarda shurflash va burg’ulash ishlarini xajmini keskin
kamaytirish imkonini beradi. Ko’p xollarda ular boshqa tadqiqotlar bilan parallel
qo’llaniladi. Ularni yordamida jinslarni va yer osti suvlarini fizik va ximik
xususiyatlarini, yotish sharoitlarini, yer osti suvlarini xarakatlarini, fizik - geologik
va muxandislik - geologik xodisalar va jarayonlarni o’rganish mumkin.
Injener-geofizik tadqiqotlar amaliyotida asosiy o’rinni elektrometriya va
seysmometriya egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |