14.11–rasm. Cho’kish hodisasi tufayli lyossimon jinslarda deformatsiyalangan
zonalar sxemasi (.Mavlonov va K.Pulatov): 1–mikrog’ovakli cho’kuvchan
lyossimon jinslar (suv bilan namlanmagan); 2–toshli shag’allar; 3–jinsda
cho’kindidan keyin surilgan inshoot; 4–tashqi kuch ta’sirida gruntlarda
kuchlanishning tarqalish sxemasi (0,2 va 0,8 sonlar kuchlanishlar miqdori,
kgk/sm
2
; 5 – lyossimon jinslar namlanishiga qadar grunt suvining sathi;
7 - biroz cho’kkan va suv bilan namlangan jins; 8 – cho’kish natijasida
cho’kuvchan uchastkada hosil bo’lgan yoriqlar; 9 – cho’kishning miqdori, sm;
10 - qo’shimcha cho’kish miqdori, sm; 11 – inshoot og’irligi ta’sirida
deformatsiyalangan zonaning qalinligi, m; 12 – cho’kuvchan jinsning qalinligi, m;
13 – grunt namlanishi natijasida kapillyar ko’tarilish miqdori; 14 – cho’kishdan
keyin yer yuzasining sathi; 15 – gil qatlamlari.
120
3. Suv ta’sirida shishib, so’ngra tashqi yuklama (bino yoki inshoot)
ta’sirida zichlanadigan va ma’lum darajada cho’kadigan jinslar. Bular asosan
tarkibida montmorillonnit minerallari ko’p bo’lgan lyossimon jinslardir;
4. Namlanganda o’z og’irligidan zichlanmaydigan jinslar. Bularga asosan
yer osti suvli qatlamlari tagida yotgan hamda doimiy oqar suvlar ta’sirida hosil
bo’lgan allyuvial lyossimon jinslar, shuningdek doimo sug’oriladigan joylardagi
lyossimon jinslar ham kiradi.
Chunki ko’p yillar davomida namlanish natijasida ularda cho’kuvchanlik
xususiyati yo’qoladi. Tog’ jinslarining cho’kuvchanligi, ularning genetik turiga,
g’ovakligiga va tarkibiga bog’liq. Jinslarning cho’kuvchanligi haqida haligacha
aniq bir fikrga kelinmagan. O’rta Osiyoda uchraydigan lyoss va lyossimon
jinslarda sodir bo’ladigan cho’kish hodisasini o’rganish bilan juda ko’p O’rta
Osiyolik olimlar ham shug’ullanib kelishgan. Ular lyossimon jinslarda sodir
bo’ladigan cho’kish hodisasining sabablari xaqida bir biriga mos hamda o’zaro zid
fikrlarini bayon qilganlar. Buning sababi lyossimon jinslarning tarkibi va tuzilishi
har xilligi, turli genetik tipga mansubligi va namlanish sharoitining turlicha
bo’lishidir.
Gruntlarning cho’kuvchanligi haqida juda ko’p gipotezalar bo’lib, ular
turlichadir.
Ayrim olimlar cho’kuvchanlik sababi, tabiiy zichlanmay qolishlik deb
taxmin qilsa, boshqalari cho’kish hodisalari ular tarkibidagi suvda tez eriydigan
tuzlarning yuvilishi natijasida vujudga keladi deb hisoblaydilar. Boshqa bir gurux
olimlar, lyosslardagi cho’kish hodisasini, suv fil’tratsiyasi vaqtida juda mayda va
nozik zarralarning suv bilan birga chiqib ketishi hisobiga lyosslarning keyinchalik
zichlanishi deb tushuntiradilar. Birinchi turdagi gipotezalar – suvni gruntga
ta’siriga turlicha yondoshishdir. Bunda gruntning namligi oshsa, cho’kish hodisasi
sodir bo’ladi, deb hisoblanadi.
YE.A. Zamarin va M.A.Reshetkinlar cho’kish hodisasi vujudga kelishida
lyosslardagi ko’zga ko’rinadigan yirik g’ovaklar katta rol’ o’ynaydi deb
hisoblaydilar.
121
Nisbiy cho’kuvchanlik quyidagicha aniqlanadi:
0
1
h
h
h
S
,
(14.1)
Do'stlaringiz bilan baham: |