Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   303
Bog'liq
-qullanma

Organik  nurash  -  organik    nurash  jarayonida  o’simlik  va  hayvon 
organizmlarining  aktiv  ishtirokida  ruy  beradi.  Organik  nurash  anchagina  
murakkab  jarayondir.  Bunda  fizik  va  kimyoviy  nurashning  elementlari    mavjud 
bo’lib,  shu  sababli  har  doim  ham  bu  yemirilishni  turi  mustaqil    ravishda 
uchramasligi mumkin. 
Masalan, turli hayvonot organizmlar o’z inlari va yo’llarini o’yib  qurishda, 
o’simliklarning  ildizlarini  yeb,  yer  ichiga  kirib  borib,      kattalashib,    jinslarni 
yemirilishi  fizik  nurash  turiga  kiritiladi.    Organizmlarni  organik  moddalarni 
parchalanib  yashash  faoliyati  natijasida    kimyoviy  nurash  uchun  muhim  bo’lgan 
mahsulotlar, kislorod,  karbonat    angidrid  gazi,  turli  kimyoviy  komponentlar  hosil  
bo’lib, muhitning  kislotali sharoiti ortadi. Nurashning hamma turlari bir-biri bilan  
bog’liq      holda  ro’y  beradi.  Nurash  jarayonining  tog’  jinslarining    xossalarini 
ta’siri. 
Nurash  geologik  jarayon  sifatida  birlamchi  jinslarni  yemirilishiga  va 
o’zgarishiga  sabab bo’ladi. Injenerlik  geologik nuqtai nazaridan nurash    jarayoni-
ning  asosiy  yo’nalishi.  Tog’  jinslarini  fizik  xolatini  va  fizik    mexanikaviy 
xossalarini  o’zgartirishiga  qaratilgan  bo’lib,  bino  va    inshoot  asosidagi,  tabiiy  va 
sun’iy  qiyalikdagi,  yer  osti  qazilmalardagi    jinsning  turg’unligini  kamaytirishga 
olib  keladi.  Nurashga  uchragan    qatlamning  fizik-mexanikaviy  xususiyati,  uni 
nurashga  uchraganlik    darajasi,  petrografik  mineral  tarkibi  va  tuzilishiga  bog’liq 
bo’ladi.  
Chuqurlik 
magmatik 
jinslari, 
yer 
sirtida 
yemirilishiga 
uchrab, 
mustaxkamligini  tez  yo’qotadi  va  «po’k»  juda  past  mustahkamlikka,  yuqori  
deformativ xossalarga ega bo’lgan bo’sh, yumshoq jinslarga aylanadi.  Yemirilgan 
o’rta  va  nordon  magmatik  jinslarningbo’shoq  jinslari,  asosan    nurashga  bardoshli 
kvarts  mineralidan  tashkil  topgandir.  Asosli  va  ul’tra    asosli  jinslarning  bo’shoq 
jinslar-turg’un  bo’lmagan    dala  shpatidan    tuzilgan  bo’lib,  nurash  qobig’ida  gilli 
jinslarga aylanib ketadi. Bunday jinslarning   mexanik xususiyati, nordon va o’rta 
nordon  jinslarnikiga    qaraganda  pastroq  bo’ladi.    Magmatik  jinslarning  kelgusi 
yemirilishida  yirik chaqiqli ellyuvial gruntlar  hosil bo’lib, ularning mustahkamligi  


99 
 
va  siqiluvchanligi  to’ldirgichdan  va  qisman  yemirilgan  jinsning  mexanik  
mustahkamligiga  bog’liq  bo’ladi.  Ellyuvial  qumli  gruntlar,  anchagina  strukturali 
mustaxkamlikka  ega  bo’lib,  bunga  sabab  zarrachalarning    saqlanib  qolgan  tabiiy 
birlashish  kuchi  va  ikkilamchi  sementlashishning    mavjudligidir.  Gilli  ellyuviy 
jinsning  xarakterli  xususiyati-namlanganda  shishib  bo’kishi  va  quritilganda-
kichrayishidir.  Bu  jarayonlar  qurilish  sharoitini  va  binodan  foydalanishni 
yomonlashuviga, harajatlarni oshib ketishiga sabab bo’ladi. Metamorfik jinslarning 
ellyuviyi, fizik - mexanik ko’rsatkichlari bo’yicha-asosli va ul’tra asosli magmatik  
jinslarning yemirilishiga qobig’iga yaqin turadi. 
Cho’kindi  jinslarning  yemirilishi  o’zgachalik  bilan  ajralib  turadi.  
Kimyoviy  va  organik  jinslar  ko’proq  yemirilib,  bo’sh  jinslar  kamroq    yemiriladi. 
Kimyoviy  va  organik  yo’llar  bilan    hosil  bo’lgan  jinslar    suvda  to’la  eriydi  yoki 
qum  va  gilli  o’lchamlar  bo’yicha  maydalanib  ketadi.    Sementlashgan  jinslarda 
dastlab sement yemiriladi, qumtosh qumga  aylanadi.  
            Gilli jinslar nuraganda quyidagilar  ro’y beradi:  
a) mavjud yoriqlar  kengayadi va  yangilari xosil bo’ladi;  
b) g’ovaklashish;  
v) ikkilamchi  minerallar paydo bo’ladi.  
Bu  jarayonlar  gilli  jinslarning  fizik-mexanik  hususiyatlarini  yomon-
lashtirdi,  ularda  surilishga  qarshilik  kamayadi  va    siqiluvchanligi  ortadi.  Bu 
jarayonlar ayniqsa ularni keskin bo’shatish,  ustidagi bosib yotgan jinslar og’irligi 
olib  tashlanganda  ro’y  beradi.    Bunday  xodisalar  chuqurlar  qazishda  namoyon 
bo’ladi.  Gillar  yuqoridagi    og’ir  bosib  turuvchi  qatlamdan  ozod  bo’lgach,  o’z 
xajmini  oshirishga    intiladi.  Shunda  ularda  nurashning  tashqi  agentlarining 
o’tqazuvchi  yoriqlar paydo bo’ladi.  
 Mineral tarkibi ko’pincha montmorillonit miqdori oshishi tomoniga (ph>7) 
o’zgarib,  gilli  gruntlarning  siqiluvchanligi  va  bo’kishi  ortadi.  Yuqoridagilardan 
ko’rinadiki,  nurash  jarayoni  gruntlarning  va  qurilish    maydonining  geologik 
sharoitini  shunchalik  o’zgartiradiki,  binolarni  va    inshootlarni  maxsus  tadbirlarsiz 


100 
 
qurishni  ko’z  oldiga  keltirib  bo’lmaydi.  Nurash  protsessining  sodir  bo’lishi  va 
kuchayishiga  kishilarning  muhandislik faoliyatlari ham katta ta’sir qiladi.  
Muhandis inshootlari, shaxtalar, kotlavonlar,  suv omborlari  qurish singari 
ishlarda  yerning  geologik  sharoiti  o’zgaradi.    Suv    omborlari  qurilishida,  to’g’on 
hisobiga suvni ko’tarilishi oqibatida, tog’  jinslari tarkibidagi  tuzlarning miqdorini 
oshishi,  burg’ quduqlarini  qazish, yer  ichidagi ma’lum chuqurliklarda   qandaydir 
darajada bo’lsa  ham, vaqt o’tishi bilan mexanikaviy, kimyoviy va organik nurash 
jarayonlari    boshlanadi.  Nurash  jarayonida  tog’  jinslarining    fizik  -  mexanik 
xususiyatlari  o’zgaradi,    ularda  yoriqlar  hosil  bo’ladi,  ular    kengayadi,  g’ovakligi 
ortib, mustahkamligi pasayadi.   
Binolar  va  inshootlar  asosini  tanlashda  poydevor  chuqurligi,    nurashga 
uchramagan  jinsgacha    kovlanadi  yoki  elyuviy  yotqiziqlarini      maxsus  choralar  
bilan  zichlansa,  asos  sifatida  ishlatsa  ham  bo’laveradi.  Chuqurliklardagi 
qiyaliklarni nurashga uchragan jinsni hisobga olib   tayinlanadi. Nurashning oldini 
olish yoki nurashga uchragan jinslarni  xossalarini yaxshilash uchun turli tadbirlar 
qo’llaniladi:   
1.Tog’ jinslarini nuratuvchi  ta’siridan saqlovchi maxsus  qoplamalar bilan 
qoplash; 
2. Jinslarni tarkibiga turli moddalarni  shimdirish yo’li bilan; 
3. Nurash agentlari (suv, havo, gaz va boshqa) ni ta’sirini  yo’qotish; 
4. Yer hududlarini tekislash va oqava suvlarni tartibga solish. 
Tog’  jinslarini  yuzalarini turli  materiallar  -  gudron, bitum, beton, asfal’to-
beton, sement qorishmasi, gillar bilan qoplab, ular nurashning  xiliga, chuqurligiga 
qarab  belgilanadi.  Masalan,  gudron,  bitum,  sement  va  boshqa  sun’iy  qoplamalar 
suvni  yo’lini to’sish uchun  ishlatiladi,  lekin ular ham  haroratning issiq -  sovuq 
o’zgarishlaridan  saklay olmaydi. Jinslarni zichligini oshirish uchun   ularni suyuq 
shisha,  bitum,  gidron,  sement  qorishmasi,  giltuproqlar  bilan    shimdirish  mumkin. 
Yer osti suvlarini yo’qotish  drenaj (zaxqop) lar qurish  yo’li bilan amalga oshirish 
mumkin.  Tosh  materiallarni  nurashdan  saqlash  choralari  2  ga  bo’linadi: 
konstruktiv va kimyoviy. 


101 
 

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish