O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAL AL-XORAZIMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
RADIO VA MOBIL ALOQA FAKULTETI
“Mobil aloqa
texnologiyalari”
kafedrasi
SIMSIZ ALOQA
fanidan laboratoriya ishlari to‘plami
Toshkent 2021
KIRISH
O'zbekiton Respublikasida dolzarb masalalarni kompleks o'rganish, amaldagi qonunchilik, qonunchilikda qo'llanadigan amalyot va ilg'or horij tajribasini tahlil qilish, shuningdek keng jamiyat muhokamasi yakunlari bo'yicha “2017 — 2021 yilarda O'zbekiston Respublikasini beshta ustuvor rivojlantirish yo'nalishlari harakatlar strategiyasi” qabul qilingan. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaidan biri ta'lim va fan sohasini rivojlantirish hisoblanadi, u ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini qurish, rekonstrutsiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha ishlarni o'tkazish yo'li bilan mustahamlash, zamonaviy o'quv va laboratoriya qurilmalari, kompyuter texnikasi, o'quv-uslubiy ko'rsatmalar bilan jihozlash bo'yicha maqsadga yo'naltirilgan choralarni amalga oshirishni o'z ichiga oladi [1]. “Simsiz aloqa” fani doirasida O'zbekiston Respublikasida simsiz, shu jumladan mobil, aloqa tizimlari faoliyatini tashkil qilish va nazariy asoslari, texnologiyalari va ularning oddiy kabelli tizimlar oldidagi avfzalliklari, simsiz shu jumladan mobil, aloqa tizimlari faoliyatini tashkil qilish va nazariy asoslari, texnologiyalari va ularning oddiy kabelli tizimlar oldidagi avfzalliklari, simsiz aloqa tizimlarining qurilish tamoyillari, ularning asosiy elementlari va xarakteristikalari, simsiz tizimlarda ma'lumotlarni yuborish asoslari, signallarni modulyatsiyalash va spektrni kengaytirish texnologiyalari, simsiz keng polosali tarmoqlarida axborot xavfsizligini tashkil etish, turli shifrlash algoritmlari va protokollari, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash haqida asosiy tushunchalar haqida asosiy ma'lumotlar bayon etiladi.
Ushbu “Simsiz aloqa” fanidan laboratoriya mashg'ulotlariga uslubiy ko'rsatma 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (Teleradioeshittirish) yo'nalishida taxsil oluvchi bakalavrlariga mo'ljallangan bo'lib, unda kirish, 15ta laboratoriya ishlanmasi va foydalangan adabiyotlar ro'yxati mavjudligi, uslubiy ko'rsatmada simsiz aloqaning o'ziga hos hususiyatlari shuningdek sotali aloqa tarmoqlarining 1Gdan va 4G avlod texnologiyalarigacha va standartlariga ta'luqli xamda Wi-Fi tarmoqlarini himoya qilishning umumiy printsiplarini o'rganish, Ad Hoc simsiz tarmoqlarining “Ulanish nuqta” infratuzilmasini tadqiq qilish, IEEE 802.11 standartidagi tarmoqlarning qamrab olish zonasini o'rganishga doir laboratoriya ishlanmalari keltirilgan. Uslubiy qo'rsatma “Simsiz aloqa” fani doirasida O'zbekiston Respublikasida simsiz, shu jumladan mobil, aloqa tizimlari faoliyatini tashkil qilish va nazariy asoslari, texnologiyalari va ularning oddiy kabelli tizimlar oldidagi afzalliklari, simsiz aloqa tizimlarining qurilish tamoyillari, ularning asosiy elementlari va xarakteristikalari, simsiz tizimlarda ma'lumotlarni yuborish asoslari, signallarni modulyatsiyalash va spektrni kengaytirish texnologiyalari, simsiz keng polosali tarmoqlarida axborot xavfsizligini tashkil etish, simsiz aloqa tarmog'i qurilish arxitekturasining ishlash printsiplari, qo'llanilish soxalari, radioreleli aloqa liniyasining energetik xarakteristikalari, UMTS standarti sotali aloqa tarmog'i va GSM-900 sotali aloqa tarmog'ining parametrlarini tadqiq qilishga doir ishlanmalar keltirilgan.
Oliy ta'limning davlat ta'lim standartiga ko'ra ishlab chiqarish va texnik sohalarida o'qitiladigan “Simsiz aloqa” fanining maqsadi telekommunikatsiya sohasi bo'yicha ta'lim oluvchi talabalar tomonidan zamonaviy axborot va telekommunikatsiya tizimlarida tobora keng qo'llanilayotgan simsiz aloqaga oid bilimlar, ko'nikmalar va malakani egallashga qaratilgandir. Bunda Laborotoriya mashg’ulotilarning ma'no jihatdan ketma-ketligi o'quv jarayonining modul tamoillariga va qo'shimcha o'quv axborotini olishga hamda talabalar bilimlarini mustahkamlashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |