Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” T:O‘zbekiston 1999
2.S.S. Bo‘latov “Yoshlarga hunar o‘rgatishning milliy an’anaviy asoslari” metodik tavsiya T.RUMM.1993y
3. N. Oydinov “Rassom-o‘qituvchilar tayyorlash muammolari” T. O‘qituvchi 1997 y
4. N. U. Abdullayev “San’at tarixi” O‘qituvchi 1986 y
5. N. Oydinov O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar T.O‘qituvchi 1997 y
6. S.S.Bo‘latov, U.Masurov, “Milliy me’morchilikda amaliy san’at falsafasi”
7 “SAN’AT” O‘zbekiston badiiy akademiyasi jurnali. 3/ 2012.
8. www. Ziyonet.uz
9. https://milliycha.uz/amaliy-sanat/
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY MA`RIFATPARVAR SIYMO
Tarix fakulteti 2-kurs talabasi Turdiboyev Javlon
Behbudiy chet ellarda ayniqsa maktab-maorif, ta’lim-tarbiya ishlari, gazeta jurnallar va nashriyot masalalari bilan astoydil shug’ullanadi, qiziqadi. U 1901-1905 yillardan «Turkiston viloyatining gazeti»da, keyinchalik «Taraqqiyot», «Tujjor», «Xurshid» kabi vaqtli nashrlarda publitsistik maqolalari bilan qatnashadi. Ayniqsa, Ismoilbek Gaspiralining unga ta’siri katta bo’ladi. Ismoilbek Gasprali faqat maktab va ma’rifat orqaligina xalqni baxtli-saodatli qilish mumkin, degan shiorni o’rtaga tashlab, yangi usuldagi maktabni tashkil etadi (40 kunda xat savodli qiladigan). Uning bu harakati jadidchilik deb shuhrat topadi («jadid» so’zi arabcha «yangi», jadidchilik esa, yangilik tarafdori, demakdir.). Qirmda boshlangan bu harakat tezda Kavkaz, Volgabuyi, Sibir, Turkistonga kirib keldi. Behbudiy Turkistonda jadidchilik g’oyalarini dastlabkilardan bo’lib targ’ib etdi. U Ismoilbek Gaspirali bilan birinchi bor Samarqandda uchrashgan va uni uyda mehmon qilgan edi. Keyin 1914 yili Xajga borayotganda Istanbulda u bilan uzoq suhbatlashadi. Ismoilbek bu paytda Petrograddan shamollab kelgan, o’pkasi kasallangan va o’zi oriqlab ketgan ekan. Ular maktab maorif haqida. Samarqand Buxoro Toshkent Xiva Farg’onadagi ahvol to’g’risida so’zlashadilar. Ismoilbek Behbudiy Boqchasaroyga taklif etadi. «Ollohning lutfi ila,- deb eslaydi Behbudiy, ustod hazratlarining tanho etti soati suhbatlaridan shu qadar fayz topib, mamnun bo’ldimki, aytgan ila ado eta olmayman. Va ul suhbatning lazzati aslo mandan ketmaydur»61.
Behbudiyning maslakdoshlaridan Abduqodir Shakuriy uchun o’z uyida maktab ochib beradi barcha moddiy harajatlarni ham o’z zimmasiga oladi, jug’rofiya, tarix, din tarixi, hisobdan dars o’tadi. Bolalarni tekinga o’qitib, darslik va qo’llanmalar yozib, nashr qiladi hamda ularni bolalarga tekinga tarqatadi, Turkiston, Buxoro va Xivaning xaritasini tuzadi.
Behbudiy «Padarkush» spektaklidan tushgan qalam haqini maktablar va yangi teatrlar foydasiga beradi. Samarqandda o’z yonidan birinchisi musulmon kutubxonasi va qiroatxona ochadi. O’zining farzandlarini jadid maktabi va gimnaziyalarda o’qitadi.
Behbudiy islom aqidalarini qattiq xurmat qilgan xolda, dunyoviy fanlarsiz millatning taraqqiy etishi va kamol topishi mumkin emasligini qayta-qayta ta’kidlardi. «extiyoji millat» maqolasida (1913) ochiqdan-ochiq dediki, «Boshqa millatlarga qaralsa, qura olurga muntazam maktablari bor va ul maktablarga qaralsa, diniy ilm ustinda dunyoviy ilm va fanlar ham o’qilur. Chunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilm-fanidan bebaxra millat boshqa millatlarga paymol bulur». Bu g’oyat to’g’ri va dono fikrlardir.
Behbudiyning qiziqshi va bilim doirasi shu qadar keng ediki, u Turkistonning hamma jixatiga syosiy va ijtimoiy ahvoli, iqtisodiy va madaniy xolati, buguni va ertasiga g’oyat qiziqib qaradi, o`zini shu xalq, shu yurtning taqdiriga javobgar shaxslardan biri deb xis qildi.
Mustaqilligimiz qo`lga kiritilgan dastlabki yillaridan boshlab boshqa qadriyatlarimiz qatori Mahmudxo’ja Behbudiy va uning ma’nviy merosi ham qayta kashf etildi. Uning yaratgan asarlari va ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy qarashlari, fikrlari o`z isbotini topdi va jamiyat xayotiga tadbiq etildi. Uning kupgina asarlari, maqolalari va ilmiy ishlari qayta o’rganilib, nashr qilindi. 1997-1999 yillarda Mahmudxo’ja Behbudiyning «Ma’naviyat» nashriyotida Tanlangan asarlar tuplami nashr qilindi. Uning xotirasini abadiylashtirish uchun kucha, teatr, bog-roglar, maktab va boshkalarga uning nomi berildi. Bir kator etuk olimlarimiz uning xayoti va ijodiy faoliyatini mukammal o’rganib, ilmiy izlanishlar olib bordilar. Va bu ilmiy izlanishlar asosida kuplab monografiyalar, kitoblar, asarlar yartildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |