Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi


Chaqmoqday –top-toza; tartibli kiyingan; [4.469-b.] Xalqimizda chaqmoqday



Download 0,71 Mb.
bet53/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

Chaqmoqday –top-toza; tartibli kiyingan; [4.469-b.] Xalqimizda chaqmoqday o`xshatishi insonning ko`zini oladigan darajada yarqirab turadigan, toza, ozoda,tartibli kiyimga nisbatan qo`llaniladi.
G`afur G`ulomning “Shum bola” asarida qo`llanilgan o`xshatishlarning lingvopoetik jihatlarini tahlil qildik. Yuqoridagi tahlil qilingan o`xshatishlar dunyoqarash va hodisalarni tasavvur qilishga ko`ra qiyoslash natijasida shakllangan va asar mazmundorligi va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Mahmudov N, Xudoyberganov D. O`zbek tili o`xshatishlarining izohli lug`ati. T. : 2013.

2. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. T. : 2019.

3. G`ofur G`ulom. Shum bola. T. : 2018.

4. O`zbek tilining izohli lug`ati . 5 jildlik. 1-,2-,3-,4-,5- jildlari. T. :2006-2008.


O‘ZBEKISTON NAQSH BEZAKLARINING RAMZIY IFODASI


Ziyotova Umida Otabek qizi
NavDPI magistranti

Insoniyat azaldan go‘zallikka intilib kelgan, go‘zallik esa insonlarni barkamol, hurfikr bo‘lishga yetaklaydi. Bu o‘rinda tasviriy san’atning roli qanchlik keng qamrovli ekanini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Ayniqsa ota-bobolarimiz tomonidan yaratib qoldirilgan tasviriy san’at va amaliy san’at asarlarini ko‘rib unga hayrat bilan boqmaydigan kishi topilmasa kerak. Bu tarixiy asarlar mukammal bilim, tajriba shuningdek ajdodlarimiz mehnati, peshona teri evaziga vujudga kelganligi sir emas. Ulardagi betakror ranglarni ko‘rib, o‘yga tolasan kishi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir”, deb takidlab o‘tgan edilar. Shu o‘rinda tasviriy va amaliy san’atning namunalarini o‘rganish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Amaliy san’at asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy san’at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi amaliy san’atda estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir.


O‘zbekistonning amaliy bezak san’atini go‘zal naqsh bezaklarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu san’at namunalarinning eng oddiyidan tortib o‘ta murakkabida ham, o‘lcham jihatidan mo‘jazlaridan tortib to mahobatli namunalarida ham ramziy ma’no kasb etgan shakllarni ko‘rishimiz mumkin. Bunday nafis bezaklarni bolalar o‘yinchoqlarida, beshiklar, sandiqlar, kursilar, stollar, xontaxtalar, qutichalar, shaxmat taxtasi, otning egarlari, choyshab, belbog‘lar, so‘zanalar, palaklar, kashtalar, gilam-kigizlar, zargarlik buyumlari, zardo‘zlik va shu kabi badiiy hunarmandchilik namunalrida ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek ustalarining amaliy bezak san’atiga oid asarlarida xalq madaniyati va turmush tarzi o‘z aksini topadi. San’atning bu turi juda qadimiy bo‘lib, asrlar osha rivojlanib, takomillashib kelgan. O‘zbek ustalarining amaliy bezak san’atida naqsh ramziyligi alohida o‘rin tutadi. Qaysi bir tasvirni olmaylik, uning zaminida albatta biron bir ramziy ma’no bor. Bu o‘rinda zardo‘zlik san’atining tarixi va unda qo‘llaniladigan ramziy sharhlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Zardo‘zlik o‘zbek xalqining keng tarqalgan amaliy bezak san’at turi bo‘lib, Buxoro shahri aholisi keng miqyoda shug‘ullangan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, uning dastlabki namunalari ilk o‘rta asrlar (eramizning VI-VII asrlari) ga tegishli bo‘lgan. Zardo‘zlik san’ati XIX asrning oxirlarida Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahrida rivoj topdi.
Zardo‘zlik san’atida qo‘llaniladigan ramziy shakllar ham insonlar hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Undagi naqsh elementlaridan bodom, uzum, uzum gajagi, paxta, buta, daraxt, turli shakldagi gullar, ko‘za va undagi buta, kungaboqar, majnuntol, novda va yaproq kabi shakllarning ko‘rinishda qo‘llaniladi.
Amaliy bezak san’atida, ayniqsa zardo‘zlikda bodom tasviri ko‘p qo‘llaniladi. Chunki bodom tasviri baxt – iqbol ramzi hisoblanadi. Bodom shaklidan bir oz cho‘zinchoqroq shakl – bu qalampir tasviri bo‘lib, yomon ko‘zdan asrash maqsadida qo‘llaniladi.
Badiiy bezaklardagi anor tasviri esa to‘kinchilik, ezgulikning ramziy tasviri sifatida ishlatiladi.
Gulsafsar - osoyishtalik va umrboqiylik ma’nosini ifoda etsa, to‘lqinsimon gul poyasi boylik va farovonlik, novda va yaproqlar esa to‘kinchilik va uyg‘onishni anglatadi.
Insoniyat azaldan go‘zallikka intilib yashaydi. Go‘zallik har qanday yaxshilik sari olib boradi. Tasviriy va amaliy san’at inson aql idrokini kengaytrib uning tevarak atrofga munosabatini o‘stiradi. U iqtidorli va istedodli yoshlarni shakllantirish uchun keng imkonyatlar ochib beradi. Shu kabi kishi qalbida go‘zallik hislarini, ezgulikni, tabiatga, Vatanga bo‘lgan muhabbatni oshiradi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish