Muhammad yusuf she’rlarida jins tushunchasini ifodalovchi birliklar poetikasi


ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARIDA AYOLLAR TIMSOLI



Download 0,71 Mb.
bet47/63
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#791423
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
4-ШУЪБА

ZULFIYA QUROLBOY QIZI HIKOYALARIDA AYOLLAR TIMSOLI
ISTAMOVA MUHAYYO ERKIN QIZI
Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
1-kurs magistranti
O‘zbek hikoyachiligi vujudga kelishida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitratlarni alohida ta’kidlash joiz, rivojlanishi va taraqqiy etishida esa Abdulla Qahhor, Shukur Xolmirzayevlarni keltirishimiz lozim. Shu bilan bir qatorda hikoya janrining tadrijiy takomilida Nazar Eshonqul, Ulug`bek Hamdam, Zulfiya Qurolboy qizi ijodi ham alohida o‘rin tutadi. Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli asosiy o`rinda turadi. Adiba ayol obrazlarining ichki kchinmalarini, qalb iztiroblarini va hayot tarzini “ixcham janr”da ifodalashga harakat qilgan.
Uning hikoyalarida qishloq hayoti, odamlarining tashvishlari, hayot tarzi va o‘y-xayollari jonli tarzda yoritiladi. Ularning biz e’tibor bermagan jihatlarini asarlarida tasvirlashga harakat qiladi. Qishloq ayollarining qiyinchilik va mehnatga to‘la hayotini ko‘rsatib beradi.
Zulfiya Qurolboy qizining “To‘xtab qolgan vaqt suvratlari’ hikoyasida ham ayol obrazi alohida tasvirlangan. Hikoyada voqealar tog‘ bagridagi kichik bir qishloqda tasvirlanadi. Hikoya qahramonlari Malika, Norbuvi, isoq chol, Zilay baycha, Bekpo‘lat obrazlari badiiy yo`sinda ta’sirli yoritilgan. Mazkur hikoyadan yozuvchining maqsadi o‘zbek xalqining qishloq hayotini batafsil yoritish emas, balki o‘quvchi diqqatini qaynoq hayot bag‘rida yashayotgan ayol ruhiy olamiga qaratishdir.
Hikoyaning nomi ham e’tiborga molik. Asar qahramoni Malikaning nazdida har kuni bir xil yumushlar, hayot vaqealari bir xil tarzda, ya’ni vaqt to‘xtab qolgandek tuyuladi. Malikaning turmush o‘rtog`iga aytgan quyidagi so‘zlari ham uning shunchaki yashashni istamasligini ko‘rsatadi.

  • Biz chumolimiz - deb qoldi bir kuni Malika eriga. –Ertadan kechgacha g‘imir-g‘imir qilishdan maqsad bitta: ya’ni qorin to‘ydirish ekanligini o‘ylasam, yuragim orqaga tortib ketadi.

Norbuvi obrazi ham o‘zgacha, ayni paytda jaydari o‘zbek ayoli. Uning umri mehnatda o‘tgan. “Ozib ketgan yuzlaridagi” ajinlar tuganmas yumushlarning izlari deb o‘ylab qolasiz. Eri tomonidan ayovsiz do‘pposlanganda ham ayol, balki oila sha’nini o‘ylab, ehtimol bu hayotga moslashib qolganidan yana jimgina isoq cholning uyida yashaydi. Agar Malika to‘xtab qolgan vaqt girdobida tushib qolishni istamagan harakatdagi qahramon bo‘lsa, Norbuvi vaqt to‘xtab qolgan bu mo‘jaz qishloqning sodiq fuqarosi. Ammo ikki obrazni ham ayblab bo‘lmaydi. Ular shunchaki ayol. Biri nimanidir istaydi va har bir inson kabi istagi uchun kurashadi. Ikkinchisi esa, aslida, istash nima ekanligini-da unutgan. Hayotimizda Norbuvilar anchagina. Ularga orzu qilishni o‘rgatish, qalbi borligini anglatish lozim. Ayollik qalbini topishlariga ko‘mak kerak, xolos.
Ayol go‘zallik timsoli. U chiroyi, malohati, nozikligi va ayni damda ojizaligi bilan ayol. Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi esa ushbu so‘zlarni dalili sifatida ichki kechinmalarni ajoyib ko‘rsatgan. Hikoya qahramoni Nazokat kasalxonada o‘lim bilan olishayotgan dilbar ayol. Hikoyaning boshida quyoshni sevgan, tiriklikning har tongidan nafas olgan nafis bir ayol kravatda yotadi. “quyosh nurlarini mo‘l-ko‘l to‘kdi. Ayol butkul oftob nuriga g‘arq bo‘ldi”. Nazokat turmush o‘rtog`iga faqat go‘zal ko‘rinishni istaydi. Ahvoli og‘irlashganda uning qorni kattalashadi. Qorin bo‘shlig`ida suyuqlik paydo bo‘lib, o‘pkani siqib qo‘ygani sababli nafas olishga qiynaladi. Shunda Nazokat hamshiradan erini ichkariga kiritmaslikni so‘raydi.
Nazokat qornidagi suvni oldirishni istaydi. Shifokor bu narsa uning ahvolini yaxshilamasligini, bu bilan faqat og‘riqlardan azob chekishini aytsa-da, u qornidagi suvni oldirishni istaydi. Shifokor rozi bo‘lgach esa, jilmaygancha upa-elikka qo‘l cho‘zadi. Aynan ana shu nuqta uning ayol tabiatga, hayotga go‘zallik ulashish uchun yaratilganini va buni his qilgan o‘lim yoqasidagi xilqatning his-tuyg‘ularini ajoyib tarzda ko‘rsatib bergan.
Hikoya oxirida yozuvchi yana quyosh motividan foydalanadi. “Deraza oynasiga kumushrang yog‘du yopirildi… Bu kun quyosh qanchalar porloq va nurafshon bo‘lmasin, unga hech kim muhabbat izhor qilmadi, muloyim nurlarini simirmadi”.
Muhabbat kishi ko‘nglidagi eng qadrli tuyg‘ulardan biri. U nafratning ziddi. Adibaning “Muhabbat va nafrat” hikoyasida esa ayol qalbida bu ikki tuyg‘uning yonma-yon yashashi o‘z aksini topadi. Mazkur hikoyada muhabbati tufayli aldangan Dildora obrazi tasvirlangan. Dildora oilali bo‘lgan, o‘z hayoti bo‘lgan Abdullaga ko‘ngil qo‘yadi. Pok qalbi, samimiy tuyg`ulari bo‘lgan qiz vaqt o‘tishi bilan abdullaning ani aldaganini sezadi. Uning uyidan chiqib iztirobda qolgan dildora holatinoi yozuvchi shunday yozadi: “ sochlari tozg‘igan, yuzlari tilingan, yoqavayron qiz kimsasiz ko‘chada qqayoqqa yurishni, nima qilishni bilmay ancha vaqt turib qoldi. Shu paytgacha u Abdulla meni sevadi deb o‘ylardi. Shu umid, shu ishonch uning dardiga malham, ko‘ngliga quvonch bag‘ishlardi. Taqdir uni shugina baxtdan ham benasib etdi.” Yozuvchi voqealar rivoji asnosida Dildoraning boshiga kulfat tushgan, qalbi huvillab qolgan bir paytda unga dardini tushunadigan, qadrini biladigan Po‘latni uchratadi. Hayot sinovlarida ancha-muncha qoqilgan bu obraz Dildora o‘zi kutgan, doim his qilishni istagan o‘sha chin muhabbat, qadrni beradi. Qizni iztiroblari, xatolari bilan boricha sevadi va, asosiysi, unga ishonadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish