Muhammad Yusuf
1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan
aziz, qadrli mehmonlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum
she'riyatga oshno qalblar!
1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz
O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf
ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq
shoiri Muhammad Yusuf nomini
eshitmagan, loaqal u yozgan she'rlarning
bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz
bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz xayot
bo`lganlarida hozir 55 yoshni qarshilagan
bo`lar edilar, ming afsuski sevimli
shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab
ketdi. U kishi oramizda yo`q, ammo
Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat
bor.
1-boshlovchi: Bu she'riyat aslo zavol
ko`rmaydi. Shoirdan chinakam, betakror
ijodiy meros qoldi. Xaqiqiy ma'nodagi
barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad
Yusuf ijodiga ta'luqli desak xato
qilmaymiz.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil
26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat
tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon
oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda
Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti
institutiga o`qishga kiradi. 1978-1980 yillar
Respublika kitobsevarlar jamiyatida,
1980-1986 yillar esa "Toshkent oqshomi"
gazetasida ishlagan.
RAQS:
1-boshlovchi:Buyuk qalb sohibi
Muhammad Yusuf ijod bilan mashg'ul
chog'ida qiziga qattiq gapirib yuborgan
ekan va bu ishi uchun afsus chekib
''UZUR'' she'rini qiziga atab yozgan.
2-boshlovchi:Bu voqeani turmush o'rtog'i
Nazira Assalom Jurnalistlar bilan suhbati
chog'ida aytib o'tgan.Bundan ko'rinib
turibdiki,shoir yumshoq ko'ngilli,mehribon
inson bo'lgan.Hozir sizga ushbu voqedan
parcha havola etamiz.
Marhamat ko'rib bahra oling.
''UZUR'' she'ri
RAQS:
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf atalmish
shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari
xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi,
mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo`lsa,
shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari
tasavvurida yig`latadigan, o`ylatadigan,
ezgulikka yetaklaydigan she'ru qo`shiqlari
bilan yashab qoladi.
2-boshlovchi: Shoirning ilk to`plami
"Tanish teraklar" nomi bilan 1985 yilda
nashr etildi. 1987 yildan to 2004 yilga
qadar uning "Bulbulga gapim bor", "Iltijo",
"Uyqudagi qiz", "Xalima enam allalari",
"Ishq kemasi", " Ko`nglimda bir yor",
"Bevafo ko`p ekan", "Erka kiyik",
"Yolg`onchi yor", "Osmonimga olib
ketaman", "Saylanma" kabi asarlari nashr
qilingan.
''SHE'RLAR'':
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan
shoir she'riyatga qanday kirib kelganini
adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u
tezda, hammani hayron qoldirib, og`izga
tushib ketdi.
2-boshlovchi: Uning yozganlari nihoyatda
dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq
diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U
qo`shiqlari bilan emas, avvalo xalq dardini
baralla aytgan, yurt muhabbatini hech
kimga o`xshamagan misralarda ta'riflagan
she'rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi.
''RAQS'':
1-boshlovchi:
Ona-mo’jizakor inson.Bir qo’li bilan
dunyoni, Bir qo’li bilan beshikni tebratgan
onalarimiz omon bo’lishsinlar.
2-boshlovchi:Ona.Ushbu so'zni shoir
she'rlarida shu darajada dard bilan tilga
olganki,go'yo mushfiq onasi uning ortidan
bo'zlab qolishini bilgandek... Farzand
dardiga bir umr azob chekishini
sezgandek.
''ONAMGA'' she'ri (sahna ko'rinishi)
''She'rlar''
1-boshlovchi:Muhammad Yusuf she'rlari
orqali nafaqat o'zini,balki qancha-qancha
hofizlarni,honandalarni elga
tanitadi.Shoirning har bir so'zi she'r edi.
2-boshlovchi:U inson qalbining tub-
tubidagi dardini topib yoza
olardi.Shoirning yuragi xalq yuragi bilan
hamohang urardi.Shoirning she'rlarga
mahorat bilan kuy bastalanib,qo'shiq qilib
ijro qilingan.
''Qaysi o'g'ildan kamdir ayting qizingiz''
(sahna ko'rinishi)
''RAQS'':
1-boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod
xalqni ko`rish nasib etdi. Yurtning eng
ulug` bayramlarida uning qo`shiqlari
baralla yangraydigan bo`ldi.
O`zbekiston haqidagi she'rini yoshlar
hatto o`z madhiyalariga aylantirib
yubordilar.
2-boshlovchi:Shu o`rinda hurmatli
yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga
shaxsan e'tiborini aytib o`tishimiz lozim.
Shoir Muhammad Yusufga
Prezidentimizning mehrlari bobomiz
Ulug`bek haqidagi qo`shiqni eshitgan
paytlaridayoq tushgan edi. "Xalq shoiri"
unvonini ham mamnuniyat bilan
Muhammad Yusufga o`zlari topshirgan
edilar.
''Singlimga maktub'' she'ri
''RAQS''
1-boshlovchi: Xulosa qilib,
Muhammad Yusuf o`z ovozi,uslubiga ega
san'atkorga aylanib, adabiyotda
takrorlanmas iz qoldirdi, deb baralla ayta
olamiz.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf
tavalludining 68 yilligiga bag`ishlab
o`tkazilgan kechamizning aziz mehmoni
bo`lganingizdan va ishtirok etganingizdan
minnatdormiz.
''Ulug'imsan Vatanim''
Do'stlaringiz bilan baham: |