Qo‘chqor Boyqo‘zievich Boyqo‘ziev
1930 yilda Farg‘ona oblastь O‘zbekiston rayonida tug‘ildi. 1954 yilda Ulug‘bek nomli Farg‘ona davlat pedagogika institutini matematika o‘qituvchisi ixtisosi bo‘yicha tugatdi.
1957-1960 yillarda O‘z.FaV.I.Romonovskiy nomli matematika institutada I.S.Arjanix rahbarligida aspiranturada o‘qidi va 1962 yilda “Giperbolik tipdagi tenglamalar sistemasi uchun aralash masalalar” degan mavzuda kandidatlik dissertattsiyasini yoqladi, shu muammo buyicha 35 dan ortiq makola va bir monografiya e’lon qildi.
Q.B.Boyqo‘ziev 35 yillik pedagogik tajribaga ega, yosh ilmiy kadrlar tayorlashga katta eьtibor beradi, uning raxbarligida 2 kishi kandidatlik dissertatsiyasini yokladi, u o‘zbek tilida nashr etilgan «Differentsial tenglamalar» nomli qo‘llanmaning muallifi, «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni bilan mukofotlangan.
Oliy matematika kafedrasiga fizika-matematika fanlari kandidatlari, dotsent H.Mavlonqulov katta o‘qituvchi Sh.T.Soliev, X.Fozilov, Yu.T.Jo‘raev, I.Nabiev, mehnat qilishgan.
Sh. O.Alimov
1945 yilda Nukus shaxrida tug‘ildi. 1968 yilda MDU fizika fakultetini tugatdi; 1968-1970 yillarda MDU aspiranturasini tugatib, 1970 yilda fuktsiyalar nazariyasi va funktsional analiz sohasida kandidatlik dissertatsiyasini va fuktsional.
Shavkat Orifjonovich Alimov ToshDU rektor vazifasiga tayinlandi.
Analiz soxasida kandidatlik dissertattsiyasin muvofaqiyatli yoqladi.
MDUning xisoblash matematikasi va kibernetika fakultetida 1974-1984 yillarda professor vazifasida ishladi. 1984-1985 o‘quv yilida dastlab ToshDU matematika fakulьtetida professor so‘ngra matematika insitutining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor muovini, 1985-1987 yillarda Samarqand Davlat universitetining direktori vazifalarida ishladi.
1987 yildan buyon ToshDU rektori hamda matematik fizika tenglamalari kafedrasi mudiri vazifalarida ishlamokda.
Sh.O.Alimov VLKSM XVIII sьzdining delegati, 1975-1984 yillarda MDU partkomi aьzosi bo‘lgan.
Ilmiy ishlari asosan matematik fizika tenglamalarning spektral nazariyasi soxasida. SHu problema bo‘yicha 45 ta ilmiy maqolasi markaziy ilmiy jurnallarda eьlon qilingan. Umumiy taьlim maktablarining 6-8 sinflari uchun «Algebra» dan sinov tariqasida Moskvada nashr etilgan darsliklarning mualliflaridan biri.
1959 yilda ToshDU tarkibidagi fizika-matematika fakulteti asosida ikki fakulteti: fizika va mexanika-matematika fakultetlarini tashkil qilish maьqul topiladi. Dots. M.L.Sultonova mexanika-matematika fakulьtetining biinchi dekani bo‘ldi. Bu fakulьtet dekani vazifasini 1961-1965 yillarda dottsent Mardon Ayubovich Sobirov, 1965-1971 yillarda katta gajribali pedagog, fizika-matematika fanlari kandidati, nazariy mexanika soxasida mutaxassis va shu soxada o‘zbek tilida darslik va qo‘llanmalar yaratishda faol mehnat qilgan dottsent Matlab Vahodov bajardi.
Asrimizning ikkinchi yarmida mamlakat oliy o‘quv yurtlarida amaliy matematika fakultetlari va kafedralari tashkil topa boshladi. Buning sababi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Matematika o‘zining yigirma asrdan ortiq tarixida doim insoniyat xayotidagi amaliy masalalarni yechishda xizmat qilgan. Shu jarayon matematika fanining o‘zi xam rivojlanib kelgan.
Asrimizning o‘rtalaridan boshlab matematika fanlarining jamiyati hayotidagi roli keskin oshdi. Bunga asosan elektron xisoblash mashinalarini (EHM) vujudga kelishi va ularning insoniyat intellektual faoliyatiga tobora ko‘proq tadbiq qilishi sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |