BI-219-guruh kursanti Sherqo`ziyev Davronjon
MUHAMMAD ALI
Muhammad Ali. Asl ismi Cassius Marcellus Clay —amerakalik professional bokschi va hayriyachi. 20- asrning eng taniqli sport arboblaridan va eng buyuk bokschilaridan biri sifatida tanilgan. Ali 1942-yil 17-yanvarda Kentukki shtatining Louisville shahrida tugʻilgan. U afro-amerikalik va irlandiyalik .12 yoshida boks bilan tanishgan va koʻp oʻtmay AAU va „Oltin qoʻlqop“ milliy chempionatlarida havaskorlar rekordini oʻrnatgan. U 1960-yilda Rimda ogʻir vaznda oltin medalni olib, professional ligaga qaytdi. 18 yoshida Rim Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgandan soʻng uning obroʻsi tez oʻsishni boshladi.
1964-yilda 22 yoshida S. Listonni magʻlubiyatga uchratib Jahon chempioni boʻldi. U bu gʻalabadan keyin oʻz dinini oʻzgartirib, Islomni qabul qilganini eʼlon qildi. Muhammad Ali ismini oldi va 1967-yildan 1970-yilgacha boksda tanaffus qildi.
1970-yilda yana boksga qaytdi. 1971-yilda „asr uchrashuvi“ deya atalgan jangda Jo Freyzerga yutqazdi. Bu professional boks faoliyatida birinchi marta yutqazishi etdi. Keyinchalik uning jagʻi sindirilgan oʻyinda Ken Nortonga yutqazdi. Oʻzi va qarindoshlaridan tashqari koʻp odamlar uning martabasi tugadi deb oʻylashdi. Ammo u chempionlik uchun kurashgan bokschilarni ketma-ket magʻlub etdi. U Ken Norton bilan javob uchrashuvini oʻtkazdi va uni magʻlubiyatga uchratdi.
1973-yilda Jo Freyzer bilan titul uchrashuvi uchun shartnoma imzoladi. Orada faqat Jo Freyzer — Jorj Forman uchrashuvi qoldi. Frazierni kutilmagan tarzda ikki raundda nokautga uchratishdi. Shunday qilib Ali avval Frayzer bilan oʻynadi, soʻngra Foreman bilan uchrashuv tashkil qildi va ikkala oʻyinda ham nokaut evaziga gʻalaba qozondi. 1978-yilda L.Spinksga yutqazib, keyin oʻsha yili raqibini magʻlubiyatga uchratganidan soʻng uch marta Jahon chempionatida gʻolib chiqqan tarixdagi birinchi bokschi boʻldi.
Muhammad Ali faoliyat olib borgan davrda eng yaxshi bokschilar chempionlik unvoniga ega boʻlish uchun kurash olib borishgan. 1994-yilda, 20 yildan soʻng Jorj Forman yana Jahon chempioniga aylangani va oʻz nomini bir necha bor himoya qilganligi, oʻsha davrdagi boks nima uchun koʻp mamlakatlarda „Oltin 70-yil“ deb nomlanishinini tushunish mumkin.1978 -yilda buyuk Ali boksni chempion sifatida tark etdi.
1984-yilda Parkinson kasalligiga yoʻliqqaniga qaramay xastaligini yashirdi va katta pul evaziga yana ikkita oʻyin oʻtkazdi va yutqazdi. Ularning ikkalasi ham oʻsha davr va undan keyingi Jahon chempionlari Larri Xolms va Trevor Berbik edi.
Professional boksdagi faoliyati davomida atigi 5 marotaba magʻlubiyatga uchrab, Olimpiya va Jahon chempioni boʻlgan Muhammad Ali 36 yoshgacha boʻlgan barcha chempionlar qatorida birinchi oʻrinda edi. Ali 56 ta uchrashuvda gʻalaba qozondi, shulardan 37tasini nokautga uchratdi.
Uzoq vaqt Parkinson kasalligi bilan kurashgan Muhammad Ali, 2016-yil 3-iyunda nafas kasalliklari bilan davolangan shifoxonada vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |