Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 1,76 Mb.
bet1/12
Sana04.08.2021
Hajmi1,76 Mb.
#138563
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

FARG’ONA FILLIALI “TELEKOMMUNIKATSIYA

TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY

TA’LIM” FAKULTETI 630-20 GURUH TALABASI

ISROILOV DOSTONBEKNING

FIZIKA FANIDAN REFERATI

12-variant



Savollar: 1. Ish va energiya

2. Molekulalararo ta’sir kuchlari va potentsial energiyasi. Van-der-Vaalьs tenglamasi

3. Elektrostatik maydon uchun Gauss teoremasi va uning sodda elektr maydonlarni xisoblashga tadbiqlari.

4. Termoelektronemissiya.

5.Yorug‘lik kuchi birligi etalonini amalga oshirish.

Ish — 1) umumiy maʼnoda — muayyan narsani yasash, tayyorlash yoki biror yumushni bajarish uchun sarf qilinadigan mehnat, faoliyat; I.ning turlari koʻp: aqliy mehnat, jismoniy mehnat, ilmiy I., amaliy I., nazariy I. va h. k. U topshiriq, vazifa maʼnolarida ham qoʻllanadi (mas, uy vazifa-si, yozma I. va h. k.). Mehnat, faoliyat natijasida yaratilgan mahsulot, nar-sa ham I., deb ataladi; 2) sud va maʼ-muriy organlarda koʻrilayotgan jarayon (mas, jinoiy I., janjalli I. va b.); 3) fizikada — energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fizik kattalik; 4) mexanikada — kuchning taʼsir oʻlchovi; u kuchning katta-kichikligiga, yoʻnalishiga va kuch qoʻyilgan nuqtaning qancha siljiganligiga bogʻliq. Moddiy nuqtaga taʼsir etadigan kuchning bajargan ishi kuch Gʻ proyeksiyasining oʻtilgan yoʻl S ga koʻpaytmasi bilan oʻlchanadi, yaʼni A = Gʻ S cos f, bunda S= M[IMI nuqtaning Mo dan M, ga siljish yoʻli, a — kuch yoʻnalishi bilan yoʻl orasidagi burchak (rasmga q.). Umuman, coscp noldan katta (cos f > 0) yoki kichik (cos f < 0) boʻlishiga qarab, bajarilgan ish mus-bat yoki manfiy boʻladi. Moddiy nuq-taga bir vaqtning oʻzida bir nechta kuch taʼsir etayotgan boʻlsa, bajarilgan ish kuchlarning teng taʼsir etuvchisi bajargan ishga teng boʻladi.

Nyutonning harakat tenglamasiga asosan moddiy nuqtaga taʼsir etuvchi hamma kuchlarning bajargan umumiy ishi kinetik energiya oʻzgarishiga teng: l _ tx? _ mvo l ~ 2 2 ‘ bunda: v, i0 — moddiy nuqtaning boshlangʻich va oxirgi tezliklari. Mexanik I. bajarilishi natijasida kinetik energiya, u bilan bogʻliq holda esa harakatning mexanik shakli ham oʻzgaradi. Fizik jarayonlarda energiya oʻzgarishining miqdoriy koʻrsatkichining oʻzi jarayonning turiga bogʻliq. Agar sistema energiya bersa, sistemaning I.i musbat (ijobiy), agar energiya olsa, manfiy (salbiy) boʻladi. "I." tushunchasi fizika va texnikaning boshqa sohalarida ham qoʻllaniladi. 5) termodinamikada — termodinamik sistema holati oʻzgarganda tashqi muhitga uzatilgan yoki sistema qabul qilgan energiya. Termodinamik sistema tashqi muhit bilan taʼsirlashgandagina I.ni miqdor jihatdan ifodalash mumkin. Bajarilgan I. kattaligi jismning termodinamik muvozanatda boʻlish-boʻlmasligiga bogʻliq. Mexanik I.ning umumlashtirilgan ifodasidan termo-dinamikada ham foydalaniladi. I.ning oʻlchov birliklari SGS tizimida erg , SI tizimida Joul (J), texnik ti-zimda — kilogrammometr (KG m).

ISH O'Z NAVBATIDA 3 GA BO'LINADI

a. Dinamika

b. Impuls

d. Kilogramm-kuch-metr

a; Dinamika (yun. dynamis — kuch) — mexanikannng jismlar mexanik harakatini ularga taʼsir qiladigan kuchlar bilan bogʻlab oʻrganadigan boʻlimi. D.da statikaning murakkab kuchlar sistemasini sodda holga keltirish qonuniyatlaridan va kinematikadagi harakatni ifodalash usullaridan keng foydalaniladi. D.ning bevosita vazifasi berilgan (qoʻyilgan) kuchlar boʻyicha harakatni aniqlash, agar harakat maʼlum boʻlsa, jismga qoʻyilgan kuchlarni topishdan iborat. Odatda, D. deganda yoruglik tezligidan ancha kichik tezlikda harakatlanayotgan har qanday moddiy jismning harakatini oʻrganadigan anʼanaviy (klassik) D. tushuniladi.

Oʻrganiladigan obʼyektning xossalariga qarab: 1) moddiy nuqta va moddiy nuqtalar sistemasi D.si; 2) qattiq jism D.si; 3) uzgaruvchan massali jism D.si; 4) elastik yoki plastik deformatsiyalanadigan jism D.si; 5) suyuqlik va gaz D.si (mas, gidrodinamika, aerodinamika, gaz dinamikasi) buladi. D.da avval moddiy nuqtaning harakat qonunlari aniqlanadi, soʻngra moddiy nuqtalar sistemasi uchun bu qonunlar umumlashtiriladi, massa jismlarning moddiy ifodasi sifatida qaraladi.

D. asosini Nyutonning mexanika qonunlari tashkil qiladi.

D.da ikkita birliklar sistemasi ishlatiladi: 1) fizik sistema [uzunlik birligi (1 metr), vaqt birligi (1 sekund), massa birligi (1 kilogramm-massa) olinadi]; 2) texnik sistema [uzunlik, vaqt birligi va kuch birligi (1 kilogramm-kuch)]. D.da moddiy nuqtalar va sistemalarning harakati Nyutonning qonunlari asosida tuzilgan differensial tenglamalar asosida aniklanadi. D.da moddiy nuqta tebranma harakatini tekshirish uchun differensial tenglamalardan foydalaniladi va harakat qonunlari keltirib chiqariladi. Bundan tashqari dinamikada harakatni tekshirish uchun nisbatan soddalashtirilgan uch xil usul ham keltiriladi. Bular D.ning umumiy teoremalari degan nom bilan kiritilgan.

Amalda D.ning quyidagi umumiy teoremalari juda keng tatbiq qilinadi: 1) sistema harakat miqdorining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistema harakat miqdori differensiali tashqi kuchlar elementar impulslarining geometrik yigindisiga teng . Bu teorema suyukliklar harakatini tekshirishda, zarba nazariyasida, reaktiv harakatlar nazariyasida keng tatbiq qilinadi; 2) sistema kinetik momentining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistemaning biror O markaziga nisbatan kinetik momentining vektori uchining tezligi sistemaga qoʻyilgan tashki kuchlarning shu nuqtaga nisbatan bosh momentiga teng . Bu teorema giroskoplar nazariyasida, zarba nazariyasida, sayyoralar harakatini tekshirishda, turbinalar nazariyasida keng tatbiq qilinadi; 3) sistema kinetik energiyasining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistemaning ixtiyoriy siljishidagi kinetik energiyasi oʻzgarishi ichki va tashqi kuchlarning shu siljishda bajargan ishlari yigʻindisiga teng . Sistemaga potensial kuchlar qoʻyilsa, sistema kinetik va potensial energiyalarining yigindisi oʻzgarmay qoladi. Kinetik energiyaning oʻzgarish tezligi barcha ichki va tashki kuchlar quvvatlari yigʻindisiga teng . D.da umumlashgan koordinatalar va umumlashgan kuchlar tushunchalari kiritilib, kinetik energiyani bu yangi koordinatalarda ifodalash uchun Lagranj ikkinchi tur tenglamalari keltirib chiqariladi. Harakatni tadqiq qilishning umumiy usullaridan tashqari D.da bir qator xususiy masalalar: giroskoplar nazariyasi, mexanik tebranishlar nazariyasi va b. ham oʻrganiladi. D. usullarining ayrim sohalarga tatbiq qilinishi tufayli osmon mexanikasi, tashqi ballistika, samolyotlar dinamikasi, raketalar dinamikasi kabi sohalar paydo boʻldi.

b; Impuls (lot. impulsus — zarba, turt-ki) — 1) mexanikada — mexanik harakat oʻlchovi; moddiy nuqta deb hisoblanishi mumkin boʻlgan jism massasi t ni uning harakat tezligi v ga koʻpaytmasiga teng boʻlgan kattalik: R= mv. Har qanday qattiq jismni N ta moddiy nuqtadan iborat deb qaraladi. Qattiq jismning I.i uni tashkil etuvchi moddiy nuqtalar I.larining vektor yigʻindisiga teng . Tashqaridan Gʻkuch taʼsir etayotganida jism I. i ham son qiymati boʻyicha, ham yoʻnalishi boʻyicha oʻzgarishi mumkin. 2) Toʻlqin I. — elektromagnit toʻlqinlari ham I.ga ega ekanligi, mas, yorugʻlik nurlarining toʻsiqqa bosim koʻrsatishi orqali namoyon boʻladi. Yorugʻlik zarrasi — fotonning tinchlikdagi massasi ty boʻlmaydi, yaʼni u tinch holatda mavjud boʻla olmaydi, paydo boʻlgan ondayoq tezlik s bilan harakatlana boshlaydi. 3) Kuch I.i — kuchning biror vakt ichidagi taʼsir oʻlchami; kuchning oʻrtacha qiymati Gʻ.r ni shu kuch taʼsir etgan vaqt t ga koʻpaytmasiga teng . 4) Elektr I.i — tok kuchi yoki kuchlanishining qisqa vaqtli oʻzgarishi.

d; Kilogramm-kuch-metr (kilo grammometr) — MKGSS birliklar tizimida ish va energiya oʻlchov birligi. kgk-m bilan belgilanadi. 1 kg kuchning shu kuch yoʻnalishidagi 1 m yoʻlda bajargan ishiga teng . 1 kgk-m = 9,80665 J.

Energiya (qadimgi yunoncha: ἐνέργεια[1]) fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir.[2][3]

Yashin natiasida 500 megajoul elektromagnit maydon energiyasi jami 500 megajoul yorugʻlik energiyasi, tovush energiyasi, issiqlik energiyasi va hokazolarga aylanadi.


Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish