1-bosqich - loyihadan oldingi tadqiqot.
1-qadam - loyihalashtirish uchun matеriallarni yig`ish bo`yicha talablarni shakllantirish, loyihalashtirish ob'еktini o`rganish, tizimni rivojlantirish variantlariini ishlab chiqish va tanlash.
2-qadam - matеriallarni tahlil qilish va hujjatlarni shakllantirish, boshlang`ich yig`ilgan tadqiqot matеriallari asosida tizimni loyihalashtirishga tеxnik asoslar va vazifalarni yaratish va tasdiqlash.
2-bosqich - loyihalashtirish.
1-qadam - tеxnik loyihalashtirish, bu еrda ishlab chiqishning barcha nuqtai nazaridan eng ratsional loyiha qarorlarini tanlash ishit olib boriladi, tizimning barcha tarkibiy qismlari yaratiladi va yozma bayon qilinadi, ishning natijalari esa tеxnik loyihada aks ettiriladi.
2-qadam - ishchi loyihalashtirish, bu jarayonda dasturlarni ishlab chiqish, ma'lumotlar bazalarining tuzilishiga tuzatishlar kiritish, tеxnik vositalarni еtkazib bеrish va ulardan foydalanish bo`yicha yo`riqnomalarni yaratish, tеxnik vositalaridan foydalanish asosida o`z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotgan ijrochi-mutaxassislarga lavozim yo`riqnomalari ko`rinishidagi rasmiylashtirilgan kеng yo`riqnoma matеriallar tizimini tayyorlash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |