Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injenering fakulteti



Download 40,84 Kb.
bet7/7
Sana30.06.2021
Hajmi40,84 Kb.
#105707
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
dinshunoslik 1- kredit topshiriqlari

t/r

Savollar

Yaxudiylik

Buddizm

Xristianlik

1

Vujudga kelishi

Iudaizmiudaizm — asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. . Arabiston yarim orolningshimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-asrda Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.


Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan.

jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi

1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk X. dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan

2

Ta'limoti

Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta’limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening er yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. SHuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.

Buddizm taʼlimotiga koʻra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azobuqubat mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir.

X. taʼlimotiga kura, Xudo yagona, lekin u mutsaddas uchlik (troitsa)da namoyon buladi. [[Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga kdytib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. 

3

Payg‘ambari

Muso alayhissalom Ibrohim alayhiyssalomning o’g’li Ishoq alayhiyssalom, uning o’g’li Ya’qub alayhiyssalom, uning o’g’li Loviy, uning o’g’li Kaaf, uning o’g’li Amram (Imron)ni o’g’li bo’lgan. Horun alayhiyssalom esa Muso alayhiyssalomning akasi hamda yordamchisi bo’lgan.

Ya’qub alayhiyssalomning o’n ikki o’g’lidan to’rtinchisi Yahudo (Iuda) boshchiligidagi qabila ota-bobolari – ibroniylar e’tiqod qilib kelgan yakkayu-yagona xudo–Yahvega sig’inishgan. Iuda so’zi shukur ma’noni beradi. Turli tomonlarga tarqalib ketgan Ya’qub alayhiyssalom o’g’illari bosh bo’lgan qabila ahllari dastlab ya’qubiylar deb atala boshlangan. Yahudiylik (iudaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan. Keyinchalik bu xalq yahudiylar deb yuritila boshlangan.

Yahudiylikda Yahve nomini tilga olish man etiladi, o’rniga «adonay» (mening parvardigorim) deb o’qiydilar va gapiradilar. «Yahve» so’zining ma’nosi hozirgacha noaniq. Yahve qadimgi ibroniylarning xudolaridan birini nomi bo’lgan, u avval bosh xudo. Keyinchalik bu qabila uni yagona xudo deb e’tiqod qila boshlaganlar.

Yahudiylikning ta’lim berishicha, xudo Yahve Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma – «Ahd» orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini «Xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha xudo Falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan» degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham shu aqidani mahkam tutib tunmay kurash olib boradilar



Buddaviylik asoschisining shaxsi. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko‘plab buddaviylik bilan shug‘ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxartxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug‘ ismi, SHakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgan, Djina - g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo‘lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik) nomi berilgan.

Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma’lumdir: «Maxavostu» - eramizning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» - eramizning II-III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddaxacharita» - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan eramizning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» - eramizning 1-asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra».

Bu biografiyalar orasidagi asosiy ziddiyat Buddaning qaysi yillarda yashaganligi xususidadir. Ular eramizdan avvalgi IX-III asrlar orasidagi turli muddatlarni ko‘rsatadilar. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko‘ra esa Butama - Budda er. av. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko‘pchilik tadqiqotchilar uning tug‘ilishi er. av. 564 yilda, o‘limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 - 480 deb to‘liq sonlar bilan ko‘rsatadilar.

Yuqorida zikr qilingan biografiyalarda Buddaning haqiqiy hayoti bilan uning afsonaviy hayoti o‘zaro qorishib ketgan.




Xristianlikda I. Iisus Xristos nomi bilan yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi ("Xristos" soʻzi yunoncha boʻlib, oʻzbek tilida "xaloskor" maʼnosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulugʻlaydi. Injilga koʻra, I. xudoning oʻgʻli boʻlgan, Vifleyem (hoz.Beyt Laxm sh.)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tugʻilgan. Iosif va Mariya goʻdagi bilan podshoh Irod I taʼqibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. I. targʻibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel choʻqintiradi. I. atrofiga 12 shogird (apostol — havoriy)larni toʻplaydi. Xavoriylardan biri I. targʻibot qilayotgan yangi taʼlimotni oshkor etib qoʻygach, yahudiylar sudi — sinedrion I.ni oʻlim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, I. chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib oʻz shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar I.ning tirilib kelishi ("voskresenye")ga ishonadilar

4

Muqaddas manbalari

 I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.

milodiy I asrning boshlarida bud­

daviylikning muqaddas kitobi «Tripitaka» (sanskrit tili­

da — uchta savat degan ma'noni anglatadi) yozib tugallangan.

Tripitaka uch qismga (pitakka) bo‘linadi va quyidagi-

lardan iborat:

— «Vinaya pitaka» beshta kitobdan tuzilgan bo‘lib, unda

sangalarni tashkil etish prinsiplari, jamoaga yangi a'zo-

larni qabul qilish tartibi, rohiblarning turmush i va din­

dorlar bilan munosabatlari tartibga solingan;

- «Sutta pitaka» (sutralar savati) hajmi bo‘yicha eng

katta qism bo‘lib, diniy ta'limot masalalariga bag‘ishlan-

gan.

«Abxidxamma pitaka» (dxarma savati) yetgita kitobdan

iborat bo‘lib, unda diniy-falsafiy va axloqiy muammolar

bayon kilingan.

Bibliya 

5

Tarqalishi

Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. av. 536 — mil. 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr I.i (modernistik I.). Eng qadimiy I., dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-asrlar)ning , keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda mil. av. 11—6-asr oʻrtasida shakllangan. Mil. av. 5-asrda yozib olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri boshlanadi. Mil. av. 586 y. yangi Bo-bil podshosi Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 y. davom etgan "Bobil asirligi" va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. "Kdsimgi axd" matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Mil. 70-y. Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi — 4-asrda, Bobil Talmudi — 5-asrda eʼlon qilindi.

Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapokabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.

Mil.ning boshlaridayoq X. Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, X.ka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. X.ning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847 yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarkand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi.

6

Oqimlari

I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil. av. 2-asrdan milodning 2-asrigacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal I.ga muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin I.dan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan 

hinayana oqimi (sanskrit tilida hinayana — kichik arava

degan ma'noni anglatadi) xalos bo‘lishning tor yo‘li bo‘lib,

mazkur yo‘lni tanlagan dindorlarning dunyoviy hayotdan voz

kechishlari va rohiblikni kabul qilishlari talab kilinadi.

mahayana (sanskrit-tilida mahayana- — katta arava,

buyuk yo‘l degan ma'nolarni anglatadi) xalos bo‘lish ning

keng yo‘lidir


Eng koʻp sonli Rim Katoliklaridir, keyin Provoslavlar, xozirga kelib yana boshqa oqim Pentecostallar ham ommaviylashayapti

7

Diniy marosim va bayramlari

Rosh , Ashona, Yom , Kipur , Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Xanuha

Буддавийларнинг асосий байрамлари — янги йил кир­

ган, илоҳий ҳақиқат аён булган, Будда туғилган ва вафот



этган кунлардир.


Pasxa bayrami, Valentin bayrami,yangi yil bayrami

Download 40,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish