3-topshiriq.
Dinning primitiv shakllarini jadval asosida izohlang
Fetishizm
|
Fetishizm. Din tarixida fetishizm (fransuzcha fetiche – tumor, but, ko‘zmunchoq) jiddiy o‘rin tutadi. Fetishizmda insonning g‘ayritabiiy imkoniyatlariga ishonishdan iborat bo‘lgan afsungarlikdan farqli o‘laroq biron moddiy buyumga g‘ayritabiiy xossalar berilib, u ilohiylashtiriladi. Fetishlar shaklan ham turli-tuman. Toshlar, daraxt bo‘laklari, hayvon tanasining biror qismi, but-sanamlar fetish vazifasini o‘tashi mumkin edi.
Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish tarzida(xristianlarda - xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda – tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha, islomda – tabarruk qadamjolar va qora tosh), mustaqil qoldiq sifatida esa tumor va ko‘zmunchoqlarga ishonch tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar fikriga ko‘ra, tumor baxt keltirar, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asrar ekan. Taqa, tumor, bo‘yin taqinchog‘i (kulon), filcha, turli o‘yinchoqlar esa zamonaviy fetishlarga misol bo‘la oladi.
U yoki bu buyumdan foydalanilgan har qanday diniy amalda boshqa irim-sirimlar bilan birga fetishizm elementlari ham mavjud.
|
Animizm
|
Animizm (lotincha anima - ruh) – ibtidoiy e’tiqodning nisbatan yuksakroq shakli, ya’ni ruhlar va ruhiyatga yoki umuman tabiatning ruhiyati mavjudligiga bo‘lgan ishonch. Ibtidoiy odam tasavvuriga ko‘ra uning atrofidagi dunyoda har narsaning (hayvonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari va h.k) joni, ya’ni ruhi mavjud. Turlicha odamsimon fantastik ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, tog‘ va uy “ruh”larining kelib chiqishi ham shundan.
Daraxtga topinish (sig‘inish) turli xalqlarda turlicha ko‘rinishda bo‘lgan. “Hayot daraxti” mavzusi O‘zbekiston xalq xunarmandchiligida muhim o‘rin tutadi. Islom dinida tabarruk daraxt biror-bir avliyo nomi bilan bog‘langan.
Xalqlarda insonning jismoniy o‘limidan so‘ng uning ruhi yashab qolishiga bo‘lgan ishonch va e’tiqod dafn etish bilan bog‘liq qator marosimlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Mozorlar dafn etishning eng qadimiy usullaridan biridir. 50-yillarda Buxoro vohasining sharqiy chegarasiga yaqin Quyimozor bekati yonida ana shunday mozorlar mavjudligi aniqlandi. Ulardan yigirmatasi ochilib, anchagina dafn marosimi ashyolari topildi. Ushbu majmua miloddan oldingi so‘nggi va milodiy birinchi asrlarga oid.
Bu kabi mozorlar Qiziltepa bekati yaqinidagi Shahrivayronda va Hazor qishlog‘i yaqinida ham ochilib, u yerlarda ham dafn marosimi ashyolari borligi aniqlandi.
Dastlabki milodiy asrlarga tegishli Obishir mozoristonidan (Farg‘ona viloyati So‘x daryosi vodiysi) ham 1969-1971 yillarda katta miqdordagi sopol buyumlar, temir bezak va qurollar topilgan.
1978 yili Olmaliq yaqinida oltita, Olmaliqdan janubroqdagi Kalmaqir yonbag‘irlarida yana to‘rtta mozoriston borligi aniqlangan va ochilgan. Mozoristonga marhumlar taxminan milodiy III asr oxiri – IV asr boshlarida qo‘yilgan.
|
Totemizm
|
1938 yiliSurxondaryoviloyatiBoysuntog‘ tog‘laridagiTeshiktoshg‘oridanarxeologA.P.OkladnikovtomonidantopilganneandartalbolaqabrihozirgiO‘zbekistonhududidagitotemizme’tiqodigaaloqadorengqadimyodgorliklardanbiridir. Bolaniko‘mishdanavvaluningatrofitog‘ echkisi – arxarningshoxlaribilano‘ralgan, buuningtotemjonivorbilanbog‘liqligito‘g‘risidagitaxminniilgarisurishimkoniniberadi.
Tarixandehqonchilikvachorvachilikbilanbog‘liqravishdajonivorlargasig‘inishO‘zbekistonxalqlaridabirmunchakengtarqalganedi. Masalan, ilon totem jonivor sanalib, u ham yaxshilik, ham yomonlik timsoli bo‘lgan. Tashqi ko‘rinishidan o‘qilonga o‘xshash tosh tumor O‘zbekiston tarix muzeyida saqlanmoqda. U Farg‘ona vodiysining So‘x qishlog‘idan topilgan va miloddan avvalgi II ming yillikka oiddir. Xo‘kizga esa qadimdan kuch-qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba’zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo‘y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Shuningdek, O‘zbekiston madaniy yodgorliklarida tuya, otga sig‘inilganidan dalolat beruvchi tasvirlar mavjud. Kuch-qudrat ramzi bo‘lgan sher tasvirini ham ko‘plab uchratish mumkin. Qadim-qadimda ba’zi qushlar ham O‘zbekiston hududida tabarruk hisoblangan, masalan, xo‘roz, tovus va qirg‘ovul «quyosh» qushlari deb qaralgan va ular hosildorlik keltiradi deb ishonilgan.
|
Shamanizm
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |