Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali 961-18 guruh talabasi Karimov Islomning Tarmoq xavfsizligi fanidan mustaqil ishi



Download 2,05 Mb.
bet2/13
Sana02.02.2022
Hajmi2,05 Mb.
#425494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Karimov Islom Tarmoq xavfsizligi

ASN–shlyuz tavsifi
ASN–shlyuz mazkur mantiqiy qurilmalarning qismini o‘ziga olish bilan ASN va CSN tugunlar orasida o‘zaro ta’sirlashishi bo‘yicha funksiyalarni bajaradigan mantiqiy uskuna hisoblanadi. SHuningdek, ASN – shlyuz bir ASN tuguni BS ini boshqa ASN tugunlar va CSN tugun bilan bog‘laydi. Bunda aloqa ham trafik kanallari darajasida ta’minlanadi. YUklamani bir tekis taqsimlash va tarmoqning ishonchliligini ta’minlash uchun ASN tugunda bir necha ASN – shlyuzlar bo‘lishi mumkin.
ASN–shlyuzning funksionalligi
ASNning funksionallik imkoniyatlari asosan ASN–shlyuzga qo‘yilgan, u opsional jihatdan ikkita DP (ingl. Decision Point) qarorni qabul qilish va eP (ingl. Enforcement Point) bajarish darajasiga bo‘linishi mumkin. Bunday bo‘linish tarmoqqa ASN – shlyuzlarni qulay joriy etish uchun maxsus qilingan. DP va eP darajalar R7 tayanch nuqtasidan orqali bir-birlari bilan ta’sirlashadi. Bunda DP daraja bittadan ortiq eP darajalar bilan (ya’ni ASN–shlyuz bilan) o‘zaro ta’sirlashishi mumkin. EP daraja trafikni uzatish funksiyasini, DP daraja esa boshqarish funksiyasini bajaradi. R3, R4, R6 tayanch nuqtalarga qo‘yilgan ASN – shlyuzlar funksiyalari 3.6-rasmda keltirilgan.

3.6- rasm. ASN – shlyuzining tayanch nuqtalari



Misol uchun, R6 d va R6 c tayanch nuqtalari BS va ASN – shlyuzining DP va eP darajalari orasidagi interfeys hisoblanadi. BS va ASN – shlyuzlar orasida funksiyalarni taqsimlanishi ASN profillar (A, B va C profillar) tomonidan aniqlanadi.
CSN kommutatsiya tarmog‘i

CSN tuguni ham WIMAX tarmog‘i ichida, ham tashqi IP-tarmoqlar bilan abonentlarga aloqa xizmatlarini taqdim etadigan bevosita WIMAX operatori tarmog‘i hisoblanadi. CSN da IP-marshrutlashtirish, RCRF va abonentlar prodgillarini saqlash, ASN tugunlar bilan trafikni almashtirish AIS ASN hududi chegaralaridan chiqqanda mobillikni boshqarish, roumingda turli CSN tugunlari orasida trafikni tunnellashtirish, billing va rouming hisoblari, multimediya servislari, qonuniy ushlash va boshqalar kabi ko‘p sonli funksiyalar ishlatiladi. CSN tugun marshrutizatorlar, AAA proksi-serverlar, abonentlar ma’lumotlari bazasi va o‘zaro ta’sirlashish shlyuzlari kabi tarmoq elementlarini o‘z ichiga olishi mumkin. CSN tuguni yana yaratiladigan tarmoq yoki mavjud WIMAX xizmatlari provayderi tarmoqlari qismi sifatida ishlatilishi mumkin [11].
IEEE 802.16 standartiga mobillikni kiritilishi bilan NRM bazaviy modelga NSP(ingl. Home NSP va Visited NSP) tarmoq xizmatlari provayderining uy va mehmon tugunlari kiritildi. Uy HSP bu AQga aloqa xizmatlarini taqdim etadigan operator, mehmon HSP esa AQga rouming xizmatlarini taqdim etadigan operatordir. Buning uchun uy va mehmon HSP o‘zaro rouming haqida shartnoma imzolaydi. Ham uy va ham mehmon HSP AAA funksiyalarini bajaradi. AQga tarmoqning yozilgan xizmatlariga taqdim etishni taqdim etadi, lekin billing va abonent to‘lovini hisob-kitobi uy NSP orqali amalga oshiriladi. Roumingda AQ uchun trafikni marshrutlashtirish ham uy NSP orqali, ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehmon NSP orqali amalga oshirilishi mumkin.
Tayanch nuqtalarining funksiyalari

Tayanch nuqtasi ikki turli tarmoqlar guruhlarida joylashgan ikkita funksional tugunlar orasida o‘zaro ta’sirlashish nuqtasi hisoblanadi.
Bunda quyidagi shartlar to‘g‘ri:

  • mazkur tayanch nuqtasining protokollari doim ham bir funksional guruhga birlashtirilmagan;

  • tayanch nuqtasi orqali birlashtirilgan ikkita tugun turli funksional guruhlarda bo‘ladi.

R1 tayanch nuqtasi
R1 tayanch nuqtasi IEEE 802.16 standarti spetsifikatsiyasi bo‘yicha radiointerfeys orqali AQ va ASN tuguni orasidagi protokollar va protseduralardan tashkil topgan R1 tayanch nuqtasi boshqarish rejasiga muvofiq qo‘shimcha protokollarni o‘z ichiga olishi mumkin.
R2 tayanch nuqtasi
R2 tayanch nuqtasi NSP uy tarmog‘i bilan ta’sirlashadigan AQ va SSN tuguni orasidagi protokollar va protseduralardan tashkil topgan R2 Autentifikatsiyalash, mualliflashtirish va IP-konfiguratsiyalash funksiyalarini bajaradigan mantiqiy inerfeys hisoblanadi.
R3 tayanch nuqtasi
R3 tayanch nuqtasi AAA xizmatlarni, boshqarish siyosati va mobillikni boshqarish qo‘llab-quvvatlash uchun ASN va SSN tuguni orasidagi nazorat protokoli to‘plamidan iborat. U shuningdek, ASN va SSN tugunlar orasida trafikni uzatish funksiyasini bajaradi.
R4 tayanch nuqtasi
R4 tayanch nuqtasi nazorat va xizmat protokollari hamda ASN ishiga bog‘liq turli funksional protseduralardan tashkil topgan va ASN mijozlar orqali ASN tugunlar orasida o‘zaro ta’sirlashishni ta’minlaydi. Binobarin R4 tayanch nuqtasi orqali bir jinsli (geterogin) ASN tugunlar orasidagi o‘zaro ta’sirlashish protokolini ta’minlaydi.
R5 tayanch nuqtasi
R5 tayanch nuqtasi uy va mehmon NSP provayder tarmoqlariga kiradigan SSN tugunlar orasidan nazorat protokollari to‘plamidan iborat.
ASN tayanch nuqtalari

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish