O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
TASDIQLAYMAN
TF dekani
___________________
/imzo/
A.SHAXOBIDDINOV
/F.I.SH./
“___”_______2020 y.
BITIRUV OLDI AMALIYOTI HISOBOT
MULTIMEDIALAR TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
MULTIMEDIA INJINIRINGI KAFEDRASI
/ amaliyot joyi, korxona nomi /
Multimedia tarmoqlarda boshqaruv tizimini tashkil etish tahili.
/bitiruv malakaviy ish mavzusi/
Amaliyotning universitetdagi rahbari
Katta o`qituvchi D.T.NORMATOVA
/ lavozimi, imzo, F.I.SH.,sana /
Amaliyotchi talaba, guruh
TF 410-16 Arslonov Maqsud Ziyod o`g`li
/o`quv guruhi, raqami, F.I.SH./
/ imzo, sana /
Toshkent 2020
Mundareja:
Kirish………………………………………………..……………………………...3
1.Multimedia tarmoqlari boshqarish………………………………….…..………..5
2. Multimedia tizimining axborot-funksional modelini qurish usullari……………7 3. Multimеdia tехnоlоgiyalarining asоsiy afzalligi……………….……..……..…11 4. Multimеdialiilоva yaratish vоsitalari……………….………………………..…13
5.Multimedia vositalarini tizimli taxlili……………………………………..…… 16
Xulosa……………………………………………………………………………..20
Foydalanilga adabiyotlar………………………………………………….………21
Kirish
Infokommunikatsiya xizmatlari taraqqiyoti axborot resurslarini samaraliboshqarish bilan birgalikda, aloqa tarmog’ining funktsionalligini kengaytirish kabi yechimlarni talab qiladi. O’z navbatida, Multimedialar sohasida yangi texnologiyalarning kiritilishi va rivojlanishi aloqa operatorlari oldida xizmatko’rsatish sifatini ta’minlash, protokollar o’rtasida o’zaro ishlashni tashkil etish,ishonchli transportni taqdim etish, xizmatlar to’plamini aniqlash kabi xal etilishitalab qilinadigan ayrim masalalarni mavjudligini ko’rsatadi. Bu esa Multimedialarning bugungi kundagi jadal sur’atlarda rivojlanishiga axborot resurslariga bo’lgan talabning oshishi asosiy sababdir. Shu bilan birga,foydalanuvchilarning o’ziga kerak bo’lgan ma’lumotlarni yuqori sifatda, ishonchli, o’ta tezkor, qo’llanilishi oson bo’lgan tarzda olishiga extiyoji oshgan. Bunday sharoitda tarmoqlar va xizmatlarni boshqarish tizimlari va texnologiyalari kata axamiyatga ega bo’lib, ularning protokolli, algoritmik va sh.k. amalga oshirilishi zamonaviy tarmoqlarning muxim qismi xisoblanadi va boshqarishga oid jihatlarni o’rganishni talab qiladi.
O’quv kursning asosiy maqsadi - talabalarga Multimedia tarmoqlarini boshqarish nazariyasi asoslarini, tarmoq va xizmatlarni boshqarish kontseptsiyalarni tuzilish va tadbiq etish jihatlarini o’rgatish. Fanning asosiy vazifalari — Multimedia tarmoqlari va xizmatlarini boshqarishning tashkiliy-texnik chora tadbirlarini o’rganish asosida tarmoqning funktsionalligida tarmoq elementlarni nazorati, o’zaro bog’lanishi va qo’llanmalar ishlashini nazariy asosolarini bilish. Tarmoqlar va xizmatlarni boshqarish arxitekturasi, strukturasi, pog’onalari va sohalari, shuningdek, usullari va qo’llaniladigan protokollarni ishlash va ishlatish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lish.
“Multimedia tarmog’ini boshqarish asoslari” fani zamonaviy murakkab telekommunikatsion tizimlari va xizmatlarni boshqarish va ulardan to’liq foydalanish, tarmoqlar faoliyatini boshqaruvchi protokollar ish jarayonini to’g’ri tushunish, ko’nikmalar va bilim berishga asos bo’lib, ishlab chiqarish, ilmiy - tadqiqot va loyixalash yuqori saviyada bajarilishini ta’minlaydi. Zamonaviy tizimlardagi axborotni uzatish, qayta ishlash va boshqarish tizimlarini bilish, tushunib yetish va amaliy tadbiq etishga asos bo’ladi.
Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogic va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llash talabalar bilimini yanada kuchaytirish va o’zlashtirish darajasini oshirishga imkon beradi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchi va yo’naltiruvchi funktsiyasini bajaradi. O’quv jarayoni bilan bog’lik ta’lim sifatini belgilovchi xolatlar quyidagilar: yuqori ilmiy- pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |