Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Ilmiy maqolalar, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish masalalari



Download 5,55 Mb.
bet153/204
Sana21.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#395291
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   204
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

6.2. Ilmiy maqolalar, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish masalalari

Ilmiy maqola tadqiqotchining ilmiy yutuqlarini asosiy indikatorlaridan biri hisoblanadi. Iqtiboslik esa mazkur ilmiy ishlarning indikatoridir. Shuning uchun maqolani chop etishda, qayerda chop etish bo‘yicha aniq qarorga kelish juda muhimdir. Bu o‘z navbatida chop etish uchun to‘lanadigan badal, chop etish muddatlari, taqrizlash kabi ko‘rsatkichlar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Respublikamizda bugungi kunda xorijiy ilmiy jurnallarda moqolalar chop etish faoliyatining sustligining quyidagi asosiy muammolarini qayd etish mumkin:

1.Yosh olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlarning o‘z ilmiy ishlarini chop etish manbalarini, ro‘yxat va manzillarini, ilmiy ishlarini qayerga yuborish, murojaat qilishni bilmasligi;

2.Ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha bilimlarining past darajada ekanligi, maqolani chop etish bo‘yicha talablar, aniq standartlar borasida ko‘nikmalarga ega emasligi;

3.Maqolalarni tayyorlash madaniyati va etikasiga ega emaslik, matnlarni yozishda mualliflik huquqi kabi tushunchalarni bilmaslik kabilardir.

So‘nggi yillarda horijiy ilmiy jurnallar va ma’lumot bazalariga ommaviy obuna bo‘lish yo‘lga qo‘yildi, biroq mazkur xorijiy ilmiy adabiyotlarni o‘qish, ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllanmaganligi ayon bo‘ldi. EBSCO Information Services ma’lumot bazalari va Web of Sceince analitik tizimi kabi qimmatli ma’lumot bazalariga obuna bo‘linsada, ko‘pgina oliy ta’lim muassasalarining doktorantlari, magistrantlari, o‘qituvchilari, tadqiqotchilari mazkur resurslardan qanday foydalanish malakasiga ega emaslar.

Ma’lumki, ilmiy adabiyotlarni o‘qish orqali jurnallar uchun ilmiy maqolalar yozish, chop etish borasida bilimlarga ega bo‘lishadi. Shu jihatdan, ilg‘or ilmiy jurnallarni o‘qish darajasini ko‘tarish orqali xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish darajasini ko‘tarishimiz muqarrardir.

Ishni nimadan boshlash kerak? Mavzu bo‘yicha ilmiy moqola chop etish uchun eng maqbul jurnallarni qanday topish mumkin? Maqolalarni rasmiylashtirish talablarini qayerdan olish mumkin? Tadqiq etilayotgan mavzu bo‘yicha hamkorlarni qanday topish mumkin?

Bu kabi savollarga tahliliy axborot tizimlari javob berishi mumkin. Tahliliy ma’lumot bazalari (yoki tahliliy axborot tizim) oddiy ilmiy axborot resurslarining ma’lumot bazalaridagi manbalarning (jurnal, maqola, kitoblar va boshq.) iqtibosligi haqidagi qimmatli tahliliy axborotga egaligi bilan ajralib turadi, shuningdek, muallif va tashkilotlarning fanga qo‘shayotgan hissalarini impakt-faktor, Xirsha indeksi asosida maxsus qidiruv vositalari orqali reytingni aniqlaydi.

Bunday axborot tizimlari muhim tahliliy funksiyalarni bajaradi:

1.Eng ko‘p murojaat qilingan, iqtiboslik keltirilgan, tabiiyki, yuqori ilmiy qiymatga manbalarni (jurnallar, kitoblar, hisobotlar va boshq.) aniqlash va ajratish;

2.Ko‘pgina ilmiy nashrlar o‘zlarining ilmiy jurnallarining reytingini oshirish va sifatini ko‘tarishga, kuchli mualliflarni jalb qilish orqali bunday ma’lumot bazalari ro‘yxatiga tushishga harakat qiladilar;

3.Yosh tadqiqotchilar o‘z tadqiqotlarini amalga oshirishda ilmiy rahbarlarni (supervayzerlar) o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan olimlar ro‘yxatidan topishlari mumkin;

4.Tadqiqotchilar ilmiy tadqiqotlarda to‘g‘ri yo‘nalishni tanlashda dunyo miqyosidagi kashfiyotlar, ilmiy ishlarning rivojlanishini kuzatishlari mumkin.


Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish