A’zolar orasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish
Konsorsium kutubxonachilar orasidagi doimiy munosabatlar orqali rivojlanadi. Bu munosabatlar kasbga oid uchrashuvlar, e-mail, telefon qo‘ng‘iroqlari yoki doimiy pochta aloqalari bo‘lishi mumkin. Avvalombor, yaqindan tanishish va a’zolar orasida bir-biriga ishonchni shakllantirish uchun kasbiy uchrashuvlar juda keraklidir.
Guruhlarni shakllantirishda tabiiy «lider» yo‘lboshlovchini aniqlash (masalan, milliy kutubxona rahbarini) maqsadga muvofiqdir. Kutubxonachilar uchrashib turadigan qandaydir kasbiy assotsiatsiya yoki kutubxonachilar klubi, yoki doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi seminar ko‘rinishidagi anjumanlar mavjud bo‘lishligi ham muhim. Bunda siz imkoniyatlari mavjud bo`lgan a’zolarni aniqlashingiz mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |