URL (Uniform Resouree locator) - bu WWW dagi adres, resursni ko‘rsatuvchi birlik ko‘rsatkich Internet orqali kirish mumkin bo‘lgan fayl yoki resurs nomi. O‘z ichiga protokol nomi, uzel nomi va faylgacha bo‘lgan yo‘lni oladi. Http, ftp, gopher, wais – tipik protokollar hisoblanadi.
HTML (HYPER TEXT MARKUP LANGUAGE) - tarmoqni skanerlash dasturi (browser) orqali kirib, gipertekst yozish tili; axborotlarni tarmoqda gipertekstli sahifa ko‘rinishida joylashtirishda foydalaniladi
HTML-koder (HTML-verstalshik) - stil va grafik bezash xususiyatlarini HTML-kod ko‘rinishida hisobga olgan holda loyiha umumiy konsepsiyasini amalga oshiruvchi mutaxassis. Talab qilinayotgan malaka; HTML, DHTML va CSS tilini mukammal bilish, WEB-saytni testdan o‘tkaza olish, monitordagi ranglarni tanlay olish, barcha aktiv elementlar (gipersilki, knopkalar, banerlar va boshqalar) faoliyatini nazorat qila olish.
WWW (Word Wide Web) – butun jahon tarmog‘i, Internet qism bo‘limi, gipermatnli aloqaga asoslangan, Internet bilan aloqa bo‘lganda qidiruvga osonlik bilan kirishuvchi tarmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |