UMUMIY LITSENZIYA – individual muhokamalarsiz oldindan kelishilgan shartlar asosida ko‘p sondagi asarlardan foydalanishga ruxsat beradi. Mualliflik huquqi ma’nosida bunday litsenziya bir guruhga kiruvchi asarlar uchun beriladi. Shu yo‘l bilan bir qancha asarlardan foydalanish ruxsatini olish soddalashadi, chunki bir guruhga kiruvchi barcha asarlar uchun bitta kelishuv imzolanadi. Odatda minglab, hattoki millionlab himoyalangan asarlardan foydalanishni jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan bunday litsenziya beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |