O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor v.b. Sh.A. Sadullaeva
__________________________
2021 yil “____”_____________
KOMPYUTER TARMOQLARI
FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
300 000
|
–
|
Ishlab chiqarish - texnik soha
|
Ta’lim sohalari:
|
330 000
|
–
|
Kompyuter texnologiyalari va informatika
|
|
350 000
|
–
|
Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari
|
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
5330300
|
–
|
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
|
|
5330500
|
–
|
Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi»,
«AT-servisi», «Multimedia texnologiyalari»)
|
|
5330600
|
–
|
Dasturiy injiniring
|
|
5350102
|
–
|
Telekommunikatsiya texnologiyalari (Teleradioeshittirish)
|
|
5350200
|
–
|
Televizion texnologiyalar («Audiovizual texnologiyalar», «Telestudiya tizimlari va ilovalari»)
|
|
5350300
|
–
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
|
|
5350400
|
–
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi
|
|
5350500
|
–
|
Pochta aloqasi texnologiyasi
|
|
5350600
|
–
|
Kutubxona-axborot faoliyati
|
|
5232800
|
–
|
Elektron tijorat
|
|
5330500
|
-
|
Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar)
|
Toshkent -2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashining 2021 yil “___” ______________ dagi “___” -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
|
|
|
R. Nasimov
|
-
|
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU, “Kompyuter tizimlari” kafedrasi, t.f.f.d., dotsenti.
|
K. Abdurashidova
|
-
|
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU, “Kompyuter tizimlari” kafedrasi dotsenti.
|
|
|
|
|
|
|
Taqrizchilar:
|
|
|
M.Raximov
|
-
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU “Suniy intellekt” kafedrasi t.f.f.d., dotsenti.
|
O.Tadjibaev
|
-
|
“O‘zbektelekom” AK Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Kompyuter tizimlari” kafedrasining 2021 yil “____” ________ dagi “ ___” - son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri _____________________ J.X.Djumanov
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Kompyuter injiniringi” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021 yil __________dagi “ __ ” – sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi ______________ D.Yaxshibayev
Fanning ishchi o‘quv dasturi TATU O’UK ning 2021 yil “___”______ son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va tasdiqlangan.
O’UB boshlig‘i ________ A.Q. Ergashev
Fan/modul kodi
NWK1316
|
O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
5
|
Kreditlar
6
|
Fan/modul turi
Ixtisoslik
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus/ingliz
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Kompyuter tarmoqlari
|
90
|
90
|
180
|
2.
|
1. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – kompyuter tarmoqlari qurilish tamoillari, zamonaviy kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari haqidagi bilimlarni, hamda kompyuter tarmoqlarida ma’lumot almashinish jarayonlarida qo’llaniladigan qurilmalar bo’yicha ko`nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga zamonaviy lokal, shahar va global kompyuter tarmoqlarini qurish usullari va texnologiyalari, protokollari, abonent kirish tarmoqlari, internet protokollari, tarmoqni boshqarish, simsiz sensor tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
tarmoqni qurishda qo‘llaniladigan asosiy elementlari va ulardan kompyuter tarmoqlarini qurishda foydalanish, tarmoqlarni loyihalash, zamonaviy kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan elementlarning funksional tuzilishi, ularning ish bajarish qobilyati, asosiy tarmoq protokollari, ma’lumot almashishda fizik va mantiqiy adreslash, simsiz va mobil aloqa tarmoqlari, tarmoqlarni loyihalash topologiyalari va uzatish muhitlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
kompyuter tarmoqlarini loyihalash va qurish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy dasturiy vositalardan, tarmoqda ma’lumot almashishning usullari, protokollarning asosiy vazifalarini va zamonaviy tarmoqlarning funksional tarkibiy qismlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
tarmoq qurilmalari o‘rtasidagi ulanish, sozlash va ma’lumot almashish jarayoni, klient-verver munosabatlari, kichik, o‘rta va katta o‘lchamli tarmoqlarda qo‘llaniladigan marshrutlash protokollari, tarmoqni boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullariga bog‘liq bo‘lgan ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |