Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injineringi fakulteti Dasturiy injineringi 21-10 guruh talabasi Luqmonov Diyorbekning Akademik yozuvdan video taqdimoti



Download 1,93 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1,93 Mb.
#330492
Bog'liq
Luqmonov Diyorbek

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injineringi fakulteti Dasturiy injineringi 21-10 guruh Akademik yozuvdan video taqdimoti


8-9 MAVZULAR: IDORA ETIKASI, MADANIYATI, OGZAKI IDORAVIY NUTQNING JANRLARI, IDORA YIGILISHI, IDORAVIY NUTQ MADANIYATI

Reja:

1. Nutqning asosiy xususiyatlari.

2. Nutqning togriligi va aniqligi.

3. Nutqning mantiqiyligi va tozaligi.

4. Nutqning ta’sirchanligi.

Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa sanalmasdan, shu bilan birga, ham ruhiy, ham estetik hodisa hisoblanadi.

Xullas, ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo‘lishiga qaratgan o‘z nazariyotchilari ham bo‘lgan.

Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashtiradigan bo‘lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo‘ladi: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.

Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi tomonlarning – so‘zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o‘quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo‘lmaydi. «To‘g‘rilik deganda, - deb yozadi rus tilshunosi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug‘at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo‘ladi» (Kostomarov V.G. Kultura rechi i stil. – M.,1960, s.24). Demak nutqning to‘g‘ri bo‘lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo‘lib hisoblanadi.

Nutqning aniqligi

Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqaridan bo‘lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o‘zidir.

Nutqning mantiqiyligi

Nutqning mantiqiy bo‘lishi so‘zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo‘lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo‘lish ham talab qilinadi.

Nutqning tozaligi

Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo‘lishi, turli g‘ayriadabiy va g‘ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo‘lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo‘lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqeyida muloqotda bo‘layotgan o‘zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo‘lishi lozim.

Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bilishi, jest va mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutqning tinglovchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi.

Ana shunday nutqgina tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchidan va omma oldiga chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.



E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish