O‘zaro ta’sir etuvchi jismlarning massalari turlicha bo‘lganda ham bu kuchlar miqdor jihatdan bir-biriga teng bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun rasmda tasvirlangan tajribani tahlil qilib chiqaylik. Unda ikkinchi aravacha ustiga yuk qo‘yish bilan uning massasi oshirilgan va m2 > m1 deb olingan. Bukilgan plastinkani tortib turgan iр uzib yuborilganida, ikkala aravacha ikki tomonga harakatlana boshlagan. Lekin bu gal birinchi aravachaning tezlanishi ikkinchi aravachaning tezlanishidan katta, ya’ni a1 > a2 bo‘lgan. Ikkinchi aravachaning massasi birinchisinikiga nisbatan necha marta katta bo‘lsa, uning tezlanishi birinchi aravachanikidan shuncha marta kichik bo‘ladi. Lekin har bir aravacha massasining olgan tezlanishiga ko‘paytmasi o‘zaro teng bo‘laveradi: m1 a1 = m2 a2. Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan m1 · a1 = F1 va m2·a 2 = F2. Demak, massalari turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, aravachalarning bir-biriga ta’sir kuchlari miqdor jihatdan teng bo‘ladi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |