10. RADIOQABUL QILGICHLARNI QURISH TUZILISH SXEMALARI
10.1. Radioqabul qilgichning eng oddiy tuzilish sxemasi
Radioqabul qilish qurilmalarining tuzilish sxemalari, avvalo, yuqori chastota traktini (YuChT) bajarilishi bo‘yicha farqlanadi. Eng oddiy radioqabul qilgichning tuzilish sxemasi 10.1- rasmda keltirilgan. Antenna orqali qabul qilingan radiosignal yuqori chastotali traktga beriladi va unda chastotaviy tanlovchanlik va kuchaytirish amalga oshiriladi. Shuningdek, chastotani o‘zgartirish, amplitudaviy va vaqt bo‘yicha tanlovchanlik amalga oshirilishi mumkin. Detektor qabul qilingan modulyatsiyalangan signallarni uzatilgan xabarga mos kuchlanishga o‘zgartiradi. Past chastota traktida signallarni kuchaytirish, halaqitlar ta’sirini so‘ndirish uchun qo‘shimcha o‘zgartirish, dekodlash va xabarlarni ajratish (ko‘p kanalli tizimlarda) amalga oshiriladi.
10.1- rasm. Radioqabul qilgichning eng oddiy tuzilish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |