Radioqabul qilgichning tanlovchanligi (selektivligi) radioqabul qilgichning halaqit qiluvchi signallardan foydali signalni ajrata olish qobiliyati hisoblanadi. U foydali va halaqit qiluvchi signallarning u yoki bu farqlari – kelish yo‘nalishi (fazoviy tanlovchanlik), ta’sir etish vaqti (vaqt bo‘yicha tanlovchanlik), polyarizatsiya (polyarizatsion tanlovchanlik), amplituda (amplituda bo‘yicha tanlovchanlik), chastota (chastota bo‘yicha tanlovchanlik), faza (faza bo‘yicha tanlovchanlik) farqlaridan foydalanishga asoslangan.
Fazoviy va polyarizatsion tanlovchanlik qabul qilish antennasida amalga oshiriladi, vaqt bo‘yicha tanlovchanlikka (impulsli signallarni qabul qilishda) foydali signalni ta’sir etish vaqtiga qabul qilgichni ochilishi bilan erishiladi. Rezonans zanjirlar va filtrlar yordamida amalga oshiriladigan chastotaviy tanlovchanlik asosiy ahamiyatga ega. U bitta signalli va ko‘p signalli (samarador, real) chastotviy tanlovchanlikka ajratiladi. Bitta signalli tanlovchanlik kirishda bitta signal (foydali yoki halaqit qiluvchi) ta’sir qilganida nochiziqli buzilishlar hisobga olinmasdan qabul qilgich radiotrakt filtrlari AChXlari orqali aniqlanadi (9.6a- rasm). Bitta signalli tanlovchanlik miqdoran o‘zgarmas sozlashda va bir xil chiqish kuchlanishida fn halaqitlar chastotasida sinov signalining sathini uning foydali signal chastotasidagi qiymatiga nisbati, ya’ni mos kuchaytirish koeffitsientlarining nisbati orqali baholanadi:
Demak, nosozlanish chastotasiga bog‘liq ravishda so‘nishn baholaydigan bitta signalli tanlovchanlik yoki chetki selektivlik xarakteristikasi (9.4b- rasm) mos AChX (9.4b- rasm) teskari bo‘ladi.
Bunda PChK AChXdan farqli ravishda qabul qilgich radiotrakti rezonans kuchaytirgichlari uchun AChXni qurishda chastotalar o‘qi bo‘yicha chastotaning absolyut qiymatlarini emas, balki qabul qilgichning sozlanishiga nisbatan nosozlanish chastotalarining qiymatlarini qo‘yilishi qulayroq bo‘lishi hisobga olingan.
a) b)
9.4- rasm. Bitta signalli tanlovchanlik xarakteristikalari
Qabul qilgichning real tanlovchanligini oshirish uchun quyidagilar zarur:
- qabul qilgich kirishiga tanlovchan filtr qo‘yish yo‘li bilan halaqitlar sathini kamaytirish;
- kuchaytirish kaskadlarida o‘tish xarakteristikasining katta chiziqli oralig‘ili kuchaytirish elementlarini qo‘llash.
Qabul qilgichning chastotaviy aniqligi uning chastotaning berilgan qiymatini yo‘l qo‘yiladigan xatolikli o‘rnatish va saqlash qobiliyatini aniqlaydi. U qidirishsiz aloqaga kirish va aloqani sozlashsiz olib borish imkoniyatini aniqlaydi. Miqdoran uzatkichlardagi kabi δQQ=ΔƒQQ/ƒS nisbiy nostabillik orqali aniqlanadi.
Radioaloqaning ishonchliligini oshirish uchun chastotani o‘rnatilishi xatoligi va uni ishlash jarayonida o‘zgartirish qabul qilgichning o‘tkazish polosasini kengaytirish bilan kompensatsiyalanadi:
ΔFO’P=ΔFS+2ΔfQQ
bu yerda ΔFS – qabul qilinadigan signal spektri; ΔfQQ – qabul qilgichning chastotaviy aniqligi orqali aniqlnadigan uning absolyut nosozlanishi.
Chastotaviy nostabillikni kompensatsiyalash uchun o‘tkazish polosasini kengaytirish qabul qilgichning sezgirligini kamayishiga olib keladi, chunki bunda chiqishda uning shovqinlar sathi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |