Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Chastota ikki marta o‘zgartiriladigan supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi



Download 6,7 Mb.
bet65/124
Sana01.01.2022
Hajmi6,7 Mb.
#286563
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   124
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI

10.5. Chastota ikki marta o‘zgartiriladigan supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi
Z amonaviy radiostansiyalarning qabul qilish qismida ko‘p hollarda murakkabroq supergeterodinli sxema – chastotani ikki marta o‘zgartirishli supergeterodinli sxema qo‘llanadi. Oddiy supergeterodindan u ikkinchi o‘zgartirgich va ikkinchi oraliq chastotaning mavjudligi bilan farqlanadi (10.6- rasm). Bu yanada katta sezgirlikni, tanlovchanlikni va halaqitbardoshlikni ta’minlashga imkon beradi. Chastotani ikkilangan o‘zgartirishli supergeterodin sxemasi oddiy supergeterodinning sxemasiga o‘xshash, lekin yana bir geterodin, aralashtirgich, shuningdek mos kuchaytirish va filtrlash kaskadlarini qo‘shilishili bo‘ladi. Birinchi oraliq chastota odatda yuqoriroq (10.7, 17, 21, 45… MGs), ikkinchisi pastroq (455 MGs) bo‘ladi.

10.6-rasm. Chastota ikki marta o‘zgartiriladigan supergeterodinli qabul qilgichning tuzilish sxemasi


Qabul qilgichning bunday arxitekturasi juda yaxshi tanlovchanlik va sezgirlikni ta’minlaydi. Geterodinning chastotasi kirish YuCh-signalining chastotasi orqali sinxronlashtiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichdan farqli ravishda supergeterodinli qabul qilgichda foydali signalning chastotasiga nisbatan qayd etilgan qiymatga surilgan geterodin chastotasi ishlatiladi. Chastotaning bunday surilishi geterodin chastotasini YuCh-signal bilan nochiziqli element – diodli yoki FET-aralashtirgich yordamida aralashtirish yordamida generatsiyalangan oraliq chastotani olishga imkon beradi.

Geterodin sifatida ko‘pincha kuchlanish bilan boshqariladigan sinxron generator ishlatiladi, u kirish YuCh-signalni OCh-signalga o‘zgartirish chastotalari diapazonida ishlaydi. So‘nggi vaqtlarda geterodin signallarini generatsiyalash uchun simsiz qabul qilgichlarda to‘g‘ri raqamli sintez (direct-digital-synthesis — DDS), shuningdek kasrli (fractional-N) va butun sonli (integer-N) bo‘lish koeffitsentili analog sintezatorlar ishlatilmoqda. Geterodinning istalgan qurilishi usuli chastotalar polosasida chastotani bosqichma-bosqich oshirish imkoniyati bilan zarur signallar chastotalari diapazonlarini ta’minlashi kerak. Bundan tashqari, geterodin tizim kanallari orsidagi chastotalar intervali bilan mos tushadigan surish chastotasida o‘ziga xos bo‘lgan bir polosali fazaviy shovqinning ma’qul darajasini ta’minlashi kerak.

Geterodin aralashtirgichga beriladigan signalning yetarli quvvatini ta’minlashi kerak. Ayrim hollarda geterodinning chiqishiga bufer kuchaytirgichi qo‘yiladi, u aralashtirgichdagi o‘zgartirishda yo‘qotishlarni kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lgan chiqish signali sathini ta’minlaydi.

Aralashtirgichlar istalgan zamonaviy qabul qilgich YuCh-tarktining integral qismi hisoblanadi. Chastotani aralashtirgichlar turli nochiziqli elementlar, ham diodlar, ham tranzistorlarga asoslanishi mumkin.



Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish