Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti


-rasm: Tayloq tumanidagi 38- umumiy o’rta ta’lim maktabi



Download 1,83 Mb.
bet2/2
Sana13.01.2020
Hajmi1,83 Mb.
#33653
1   2
Bog'liq
ixti prak404


1-rasm: Tayloq tumanidagi 38- umumiy o’rta ta’lim maktabi

2-rasm: Taloq tumanidagi 38- umumiy o’rta ta’lim maktabining tashqi ko’rinishi
Texnik jihozlash.
Maktabning kompyuter xonasi to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun, unga mumkin qadar qulay sharoit yaratilgan. Mazkur yo‘nalishdagi birinchi qadamlardan biri axborot xizmati xodimlarini texnik jihozlash – zamonaviy shaxsiy kompyuter, mahalliy tarmoqqa kirish, Internet tarmog‘i, tele- va videoapparatura, boshqa zaruriy-tashkiliy texnika bo‘lishi kerak. Mablag‘dan samarali foydalanish uchun ko‘p funksiyali foydalanilgan axborot texnologiyalarini tatbiq etish kerak. Axborot xizmati ofisini texnik jihozlash uchun asbob-uskunalar va dasturiy ta’minotining bundan ko‘ra batafsil ro‘yxati zamonaviy media texnologiyalari va elektron hujjatlar almashinuvidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda.
Kadrlar siyosati.
Axborot xizmati faoliyatining natijalari ko‘p jihatdan mazkur tuzilma xodimlarining sifat tarkibiga ham bog‘liq: agar xodimlarning professional darajasi yuqori bo‘lmasa, ular faoliyatining sifati ham tegishlicha bo‘ladi. Bunday axborot xizmati biron-bir ijobiy natijadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Mutaxassislarni qabul qilishni faqat suhbatdan keyin amalga oshirish lozim.
Shtatlarni butlash vaqtida axborot xizmatiga yollanayotgan xodimlar quyidagilarga ega bo‘lishi kerakligini hisobga olish shart:

- mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot – jurnalistika yoki jamoatchilik bilan aloqalar;

- kompyuter texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalari;

- mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasi (kamida 2 yil bo‘lishi kerak);

Ommaviy axborot vazifalarida tashkil etilgan kampaniya misolida yoxud izlanuvchining faol ishtirokida tayyorlangan maqolalar nusxalari. Bo‘lg‘usi axborot xizmati xodimlari ommaviy axborot vazifalari qanday ishlashni yaxshi bilishlari va ular bilan yaqindan birgalikda harakat qila olishi kerak.

O‘zining asosiy majburiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda muvaffaqiyatli ish uchun barcha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarni topish ancha mushkul. SHu boisdan tegishli mutaxassislarni chetdan jalb qilish yoki axborot xizmati uchun o‘z xodimlarini “etishtirish”ga harakat qilish kerak. Agarda axborot xizmati xodimlari muayyan mahalliy hokimiyat organi xodimlari sonidan shakllantirilgan bo‘lsa, axborot xizmati bo‘lg‘usi xodimlarning professional bilimdonligi va ko‘nikmalari darajasini oshirishni tashkil etish kerak, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida. Malaka oshirish, axborot xizmati xodimlari tajriba almashishi maqsadida, shuningdek, professional ijodiy tanlov, ilmiy-amaliy konferensiya, trening va seminarlarni tashkil etish hamda o‘tkazishni kuzda tutish ham maqsadga muvofiqdir.

Axborot xizmati xodimlari malakasini oshirishning tematik dasturi loyihasi 5-ilovada berilgan. Bundan tashqari, axborot xizmati xodimlariga malakali kadrlar chiqib ketishining oldini olish uchun istisno etuvchi raqobatdosh mehnat sharoitini ta’minlash kerak.
Media strategiyasi.
Mehnat boshqarmasi ishidagi kamchiliklarni ochib bergan holda, bosma, tele- radio va elektron ommaviy axborot vazifalari, jamoat birlashmalari vakillari bir vaqtda fuqarolarning huquq, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasida jamiyat manfaatlarini ifoda etuvchilar hisoblanadi. SHu sababli, davlatning aholi bilan aloqasining bosh kanali sifatida, ommaviy axborot vazifalari va ijtimoiy birlashmalar bilan birgalikdagi harakati davlat va xo‘jalik boshqaruvi tizimi oldida turgan vazifalar butun bir majmuini echishni ancha osonlashtirishi mumkin. Ommaviy axborot vazifalari bilan savodli ishlash – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqida aholini xabardor qilish jarayonining eng muhim jihati hisoblanadi. Istalgan maxsus tadbir yoki axborotni ilgari surishning media kanallari – bu kerakli auditoriyani topishning ishonchli usulidir. Amaliyotning ko‘rsatishicha, har qanday keng miqyosli tadbir yoki qiziqarli xabar har doim ommaviy axborot vazifalarida yoritiladi. CHunki o‘quvchilar (tinglovchilar, tomoshabinlar) yangiliklardan boxabar bo‘lishni istashadi. Biroq, ushbu jarayonni hech qachon va har qanday xizmatda o‘z oqimiga tashlab qo‘ymaslik kerak.

Fikrimizcha, Mehnat boshqarmasining ommaviy axborot vazifalari, fuqarolar, biznes sub’ektlari, jamoat birlashmalari vakillari bilan birgalikdagi harakatini tashkil etish bo‘yicha amaliy tadbirlarni tashkil etish sohasida quyidagilarni amalga oshirish zarur:

- Mehnat boshqarmasini axborotlashtirish jarayonini faollashtirish;

- loyihadagi axborot siyosatini amalga oshirish jarayonida Mehnat boshqarmasi axborot xizmatlari, ommaviy axborot vazifalari va boshqa axborot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;

- Mehnat boshqarmasi tizimida axborot ishlab chiqarishni izchil isloh etish;

- idoralar hududiy tuzilmalar va Mehnat boshqarmasi, respublika, viloyat va mahalliy ommaviy axborot vositalari o‘rtasida faoliyatning barcha sohalarida axborot resurslaridan samarali foydalanish shartlari va mexanizmlarini tashkil etish yo‘li bilan axborot almashinuvini maqbullashtirish;

- ommaviy axborot vazifalari monitoringi tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

- axborot, audio-, video- va telemateriallarini to‘liq va tizimli asosda almashinuvini ta’minlash, mintaqalar o‘rtasida hamda mintaqalararo darajadagi videokonferensiyalarni o‘tkazish tizimini rivojlantirish;

- aholi va Mehnat boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro muloqot maydonchalarni tashkil etish (uchrashuvlar, “bevosita aloqalar”, interaktiv so‘rovlar va h.k.);

- Samarqand viloyati hududida turli idoralarga bo‘ysunuvchi teleradiokompaniyalar hamkorligini maqbullashtirish;

- binolar, jamoat transporti va h.k.larda radiotarmoqlardan foydalanish;

- mahalliy, mintaqaviy, respublika ommaviy axborot vazifalari bilan birgalikdagi harakat vaqtida notijorat shartnomaviy munosabatlar tizimini takomillashtirish;

- Mehnat boshqarmasi faoliyatini ommaviy axborot vazifalarida yoritilishini faollashtirish, jumladan, televidenie va radioda doimiy ruknlar, axborot bloklari, tematik ko‘rsatuvlar olib borishga ko‘maklashish yo‘li bilan, shuningdek, boshqa kommunikatsiya kanallaridan foydalangan holda kengaytirish;

- ommaviy axborot vazifalari, jamoat birlashmalari bilan hamkorlikdagi harakatlar vaqtida yuzaga keladigan muammoli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar tayyorlash, shuningdek, jamoatchilikning katta qiziqishini uyg‘otadigan faktlar va hodisalar bo‘yicha axborotni taqdim etish;

- ommaviy axborot vazifalarida Mehnat boshqarmasi faoliyati haqida atayin yolg‘on yoki ishonchli bo‘lmagan axborotni tarqatuvchi shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish;

- mintaqa va respublika darajasidagi professional axborot agentliklari, uyushmalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatidagi tajribalarini mahalliy darajada qo‘llash;

- ijtimoiy reklamani rivojlantirish;

- yagona hududiy axborot infratuzilmasini shakllantirish uchun telekommunikatsiyalar tizimini takomillashtirish;

- tarmoq axborot texnologiyalari, uyali telefon aloqasi va telekommunikatsiyalarning istiqbolli vositalarini ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilishiga ko‘maklashish;

- idoraviy axborot tizimlarini yagona talablar asosida hududiy axborot makoni doirasida ma’lumotlar uzatish telekommunikatsiya tarmog‘iga integratsiyalashuviga ko‘maklashish;

- barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarni yagona axborot infratuzilmasiga ulash;

- Mehnat boshqarmasi Internet-saytlarini rasmiy axborot manbai sifatida rivojlantirish, namunali mintaqalar hududida axborot xizmatlarini ta’minlash uchun ulardan foydalanishni faollashtirish;

- mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga fuqaro va tashkilotlarga interaktiv axborot xizmati ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlovchi “elektron hukumat” texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashish, Internet tarmog‘i va uyali telefon aloqasi orqali mumkin qadar ko‘proq axborot xizmatlarini taqdim etish;

- fuqarolar, tashkilotlar va Mehnat boshqarmasining axborot sohasida hamkorlikda harakatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, rivojlantirish (maktablar, kutubxonalar, arxivlar va boshqa tashkilotlar bazasida axborot markazlari (resurslari)ni shakllantirish);

- ijtimoiy ahamiyatga ega axborot resurslaridan, jumladan, Mehnat boshqarmasi tomonidan qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar haqidagi ishonchli axborotdan ommaviy foydalanishni ta’minlash;

- fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning samarali ya’ni “aks aloqa” tizimiga o‘tish orqali fuqarolarning murojaatlarini eng muhim axborot resursiga aylantirish va ulardan ma’muriy qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanish;

- jamoatchilikni axborot resurslaridan keng, erkin foydalanishini ta’minlash va buning asosida viloyat va tuman markazlari fuqarolarining ijtimoiy ahamiyatli qarorlarni qabul qilishdagi ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish;

- fuqarolarning mintaqalar siyosiy va ijtimoiy hayotida bevosita ishtiroki shakllarini axborot orqali qo‘llab-quvvatlanishini tashkil etish (ommaviy tinglash, yig‘ilish, konferensiya va b.sh.), shu orqali aholi va Mehnat boshqarmasi o‘rtasida ijtimoiy muloqotni amalga oshirishga ko‘maklashish;

- aholini viloyat va tuman hokimiyat organlari ishi haqida xabardor qilish tizimini takomillashtirish. Ko‘p hollarda jamoat joylarida axborotni joylashtirish axborot stendlarini tashkil etishdan iborat bo‘ladi va ular bevosita hokimiyat organlari binolarida joylashtiriladi.
Axborot xizmati monitoringi va faoliyatining samaradorligi bahosi.
Hozirgi vaqtda PR sohasida axborot xizmatlari faoliyatini baholashning yagona umumqabul qilingan, asosiysi, samarali ishlaydigan tizimi mavjud emas. Rejalashtirish bosqichi o‘z ichiga bir yil, yarim yil va bir oy uchun tuzilgan rejalarni olishi mumkin. Ularda axborot xizmatlari tomonidan olib boriladigan ishning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, targ‘ibot tadbirlari aks ettiriladi. SHu bilan birga, bunda faqat ma’lum vaqt va mas’ul ijrochilar belgilanib, axborot mazmunini baholashning miqdor, sifat ko‘rsatkichlari hamda mezonlari aniqlanmaydi. Har xil davrlar uchun hisobot (agar bor bo‘lsa) turli ommaviy axborot vazifalarida e’lon qilingan materiallar soni haqida ma’lum mavzular bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotdan tashkil topadi. Natijada, reja va hisobot o‘zaro faqat tematik ro‘yxati va umumiy vaqt davrlari bilan bog‘langan bo‘lib, ularni solishtirish uchun imkon mavjud emas. SHu sababli, o‘z ichiga sifat va miqdoriy mezonlarni olgan axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Miqdoriy tavsif baholashning iqtisodiy usullariga o‘xshash tuzilib, “reja – haqiqat” ko‘rsatkichlarini solishtiradi. Biroq, ommaviy axborot vazifalarida rejalashtirilayotgan materiallar sonini aniqlash uchun axborot topishning asoslari sonini hisoblab chiqarishning imkoni yo‘q. Oldingi davrlardagi ko‘rsatkichlaridan foydalanish ham maqbul variant sanalmaydi.

– ommaviy axborot vazifalari reytingi va auditoriya ulushi olinishi mumkin. Axborot topishning asosi har bir toifa bo‘yicha “ommaviy axborot vazifalarida yoritilganligi foizi” – ma’lum toifadagi barcha hodisalarni ommaviy axborot vazifalarida yoritilganlariga nisbatini hisoblab chiqarish kerak. Tasniflash mezonlari sifatida quyidagilarni hisobga olish kerak: hodisaning ijtimoiy ahamiyati; hodisaning hududiy tavsifi (xalqaro, respublika, mahalliy); yoki hodisa davriy tarzda ro‘y berib, lekin aniq musbat (manfiy) dinamika bilan tavsiflanadi. Xar bir toifa bo‘yicha o‘rtacha nisbiy ko‘rsatkichlarni rejalashtirish kerak. Axborot topishning asosining toifasi qanchalik past bo‘lsa, ommaviy axborot vazifalarida shu darajada past yoritilganligi foizini rejalashtirish lozim. Bu borada tahminiy ko‘rsatkichlardan foydalanishga yo‘l qo‘yish mumkin.

Shunday qilib, axborot topishning asosining tasnifi muvozanatlashgan axborot siyosatini amalga oshirish imkoniyatini beradi:

– axborot xizmati xodimlarini ommaviy axborot vazifalari vakillari bilan faol ishlashi, ishbilarmonlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishini rag‘batlantiradi, chunki u yoki bu tadbir yoki hodisalarni yoritish bo‘yicha ma’lum bir rejani bajarish zarurati yuzaga keladi, axborot xizmati xodimlari jurnalistlarning so‘rovlariga javob bermasdan, balki, o‘zlari qiziqarli materiallar taklifi bilan chiqishiga ko‘maklashadi;

– ularning axborot topish asosini yaratish va kuchaytirish texnologiyalaridan foydalanishga undaydi;

– aniq tasniflash axborot xizmati xodimlariga barcha yangiliklar ortidan “quvmasdan”, haqiqatdan ham muhimlarini yoritish uchun imkon beradi. Zero, ommaviy axborot vazifalari vakillari A toifasiga kiradigan materiallardan foydalanishni xush ko‘rishadi.

Axborot mahsulotlari mazmunining sifat ko‘rsatkichlari “kirishdagi” axborotni jamoatchilikka etib borgan materiallarga mosligini baholashi shart. Bunda, ommaviy axborot vazifalarida axborotning sifat mazmunidan tashqari, matbuot relizi va muayyan materialdan olingan asosiy gaplarni solishtirishga asoslangan usulni qo‘llash mumkin. ommaviy axborot vazifalari monitoringini olib borish orqali materiallar o‘tkazilgan tadbirlar yoki bo‘lib o‘tgan hodisalar maqsadiga qay darajada mosligini tahlil qilish kerak.

Shuningdek, ommaviy axborot vazifalarida materiallar sifatini baholashning qo‘shimcha usullari o‘rnida ijtimoiy fikr monitoringini olib borish maqsadga muvofiq. Bunda nafaqat aholi – o‘quvchilar, teletomoshabinlar, radiotinglovchilar, Internet foydalanuvchilari orasida, balki ommaviy axborot vazifalari vakillari orasida ham so‘rov o‘tkazish lozim. SHubhasiz, faoliyatni baholash usullarini yaratish va ishlab chiqish – qattiq mehnat talab qiladigan va etarli darajada murakkab jarayondir. Lekin, uni ishga amaliy tatbiq etish quyidagilar uchun ruxsat beradi:

 axborot xizmati xodimlari uchun qo‘shimcha muhim sabablar tizimini tashkil qilish;

 ularning ish natijalarini bundan ko‘ra xolis baholash;

 ish vaqtini bundan ko‘ra oqilona sarflash, chunki materiallarni tasniflashning aniq mezonlari bajarilgan ish haqidagi hisobotlarni tayyorlash vaqtida “ijodiy” yondashuv zaruratidan xalos etadi;

 xodimlar sonini maqbullashtirish;

 ma’lum muammoli mavzularga oid kompleksli axborot oqimini yaratish vaqtida ijtimoiy tadbirlarga harajatlarni kamaytirish;

 ommaviy axborot vazifalarida axborot materiallari sifatini oshirish, demak, joylarda hokimiyat organlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biroq, samaradorlikni baholash axborot sohasida boshqaruv instrumenti sifatida faqat uning barcha asosiy funksiyalari amalga oshirilganidagina namoyon bo‘ladi:

rejalashtirish – muayyan, erishib bo‘ladigan va o‘lchab bo‘ladigan maqsadlari, sifatni baholash mezonlarini qo‘yish;

tashkil etish – joriy ishni ta’minlash; mahalliy tarmoqda aloqalar kommunikatsiya, ishonchli jurnalistlar jamoasini shakllantirish;

motivatsiya – axborot xizmati xodimlariga o‘zlari intilgan narsalarni ko‘rish uchun ruxsat beradigan, qo‘shimcha rag‘bat tizimi; ishni xolis baholashning qator kafolatlarining shakllantirilishi;

nazorat – bu odatdagi baholashni ham nazarda tutadi – yakuniy hisobotlar va aks aloqa ham bo‘lib, u davriy ravishda o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan ijtimoiy fikrni kuzatib borish orqali amalga oshiriladi.

Mehnat boshqarmasi axborot xizmatlari faoliyatini axborot kuzatuvi bo‘yicha ish natijalarini baholashda to‘liqlik va xolislikni ta’minlash maqsadida sifat va miqdor mezonlarini ishlab chiqishda idoraviy statistik hisobotlar shakllariga o‘zgartishlar kiritish zarur. Mehnat boshqarmasi axborot xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalarini Samarqand viloyati hokimiga yuklash taklif etilmoqda. Mehnat boshqarmasi axborot xizmatining faoliyati haqidagi yillik hisobotlarni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish maqsadga muvofiq.
Axborot ta’minoti axborot texnologiyalarida aylanadigan axborotlarni tashkil qilish shakllari, joylashtirish, hajmi bo‘yicha loyihaviy yechimlar majmuasidan tarkib topgan. Bu ko‘rsatkichlar, ma’lumotnomalar, klassifikatorlar va axborotlarni kodlashtiruvchilar, avtomat xizmat ko‘rsatish uchun maxsus tashkil qilingan hujjatlarni universallashtiruvchi tizimlar, mashina taShuvchilaridagi axborot massivlari, Shuningdek, axborotlarni ishonchli saqlash, o‘z vaqtida va sifatli qayta ishlashni ta’minlovchi xodim faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Lingvistik ta’minot tabiiy tilni shakllantirish uchun til vositalari majmuasini birlashtiradi. Bu ta’minot orqali mashinaning inson bilan muloqoti amalga oshiriladi. Lingvistik ta’minot avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari axborot bazasi (hujjatlar, ko‘rsatkichlar, rekvizitlar va Shu kabilar) tuzilmaviy birligini ifodalovchi axborot tili; avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari axborot bazasi ma’lumotlarini manipulyatsiya qilish va boshqarish tillari; axborot-qidiruv tizimi vositalari; avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini avtomat loyihalashtiruvchi til vositalari; maxsus mo‘ljallangan muloqot tillari va boshqa tillar; avtomat boshqaruv tizimini ishlab chiqish va ishlash jarayonida foydalanadigan atamalar hamda ta’riflar tizimini o‘z ichiga oladi.
Texnik ta’minot avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari ishini ta’minlovchi (axborotlarni yig‘ish, qayd qilish, uzatish, qayta ishlash, tasvirlash, ko‘paytirish texnik vositalari, orgtexnika va Shu kabi) texnik vositalar majmuasidan tashkil topgan. Barcha texnik vositalar o‘rtasida markaziy o‘rinni kompyuter egallaydi. Texnik ta’minotning tuzilmasi elementlariga texnik vositalar qatori uslubiy va ma’muriy materiallar, texnik hujjatlar va ushbu texnik vositalarga xizmat qiluvchi xodim ham kiradi.
Dasturiy ta’minot avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarimasalalari va vazifalarini amalga oshiruvchi hamda texnik vositalar majmuasining bir me’yorda ishlashini ta’minlovchi dasturlar majmuasidan iborat. Dasturiy ta’minot tarkibiga umumtizimli va maxsus dasturlar, Shuningdek, dasturiy ta’minot vositalarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy-yo‘riqnomaviy materiallar va uni ishlab chiqish hamda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini butun faoliyatini kuzatib boruvchi xodim kiradi.

Umumtizimli dasturiy ta’minotga keng foydalanuvchilarni hisobga olgan, hisoblash jarayonini tashkil qilishda va tez-tez uchrab turadigan ma’lumotlarni qayta ishlash masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan dasturlar kiradi. Ular kompyuter funksional imkoniyatlarini kengaytirish, hisoblash ishlari navbatini avtomat ravishda rejalashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishni amalga oshirish, Shuningdek, dasturchilar ishini avtomatlashtirish imkonini beradi.

Maxsus dasturiy ta’minot ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini yaratishda ishlab chiqiladigan dasturlar majmuasidan iborat. U funksional masalalarni yechishda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash amaliy dasturlar majmuasidan tashkil topgan.
Matematik ta’minot avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini loyihalashtirish ishini avtomatlashtirish jarayonida va funksional masalalarni yechishda ishlatiladigan, axborotlarni qayta ishlash algoritmi va modellari, matematik usullar to‘plamidan iborat. Matematik ta’minot boshqaruv jarayonini modellashtirish vositalari, boshqaruvning namunaviy masalalarini yechish vosita va usullari, tekshirilayotgan boshqaruv jarayonlarini optimal- lashtirish usullari va qarorlar qabul qilish (ko‘p kriteriyali optimallashtirish, matematik dasturlashtirish, matematik statistika, ommaviy xizmat qilish nazariyasi) va Shu kabi omillardan tashkil topgan. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining bu turdagi ta’minotining texnik hujjatlari masalani ifodalash, algoritmlashtirish bo‘yicha topshiriqlar, masalaning iqtisodiy- matematik modeli va yechimining nazorat misoli va matnidan iborat bo‘ladi. Obyektni boshqarishni tashkil qiluvchi mutaxassislar, boshqaruv masalasini qo‘yuvchilar, hisoblash usullari bo‘yicha mutaxassislar, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini loyihalovchilar ularni bajaruvchilar hisoblanadi.
Tashkiliy ta’minot avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyati sharoitidaavtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarixodimning ish tartibini belgilovchi hujjatlar majmuasini tashkil qiladi. Boshqaruv masalalarini yechish jarayonida bu turdagi ta’minot boshqaruv xizmati xodimlarining va avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini texnik vositalar bilan o‘zaro harakatlarini belgilaydi. Tashkiliy ta’minot turli uslubiy va rahbariyat materiallarida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish, qo‘llash va ishlatish bosqichlarida joriy etiladi. Xususan, avvalgi tekshirish o‘tkazishda, texnik masalani loyihalashtirish va texnik-iqtisodiy asoslashni shakllantirishda hamda loyiha yechimini ishlab chiqish jarayonida, avtomatlashtiriladigan masalani, namunaviy loyihaviy yechimlar va amaliy dasturlar to‘plamini tanlashda, tizimni qo‘llash va ishlatishda amalga oshiriladi.
Huquqiy ta’minot avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish, qo‘llash va ishlatish bosqichlarida huquqiy munosabatlarni belgilaydigan huquqiy me’yorlar majmuasini tashkil qiladi. Huquqiy ta’minot avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish bosqichida buyurtmachi hamda ishlab chiquvchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar bilan bog‘liq me’yoriy dalolatnomalarni, bu jarayondagi turli chyokinishlarni huquqiy yo‘lga solishni o‘z ichiga oladi.

Mazkur ta’minotavtomatlashtirilgan axborot texnologiyalariva avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini faoliyati davrida ularning ma’lum bir sohalardagi davlat boshqaruvi maqomini belgilaydi, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bo‘g‘inlarining mosligi haqidagi huquqiy holat va ularning faoliyatini tashkil qilish, xodimning huquqlari, vazifa va majburiyatlari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotlarni yaratish va undan foydalanish tartibi, ularni qayd qilish, to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash jarayoni, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalarni olish hamda ishlatish tartibi, matematik va dasturiy ta’minotni yaratish va ishlatish tartiblarini o‘z ichiga oladi.


Ergonometrik ta’minot avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va faoliyatning turli bosqichlarida ishlatiladigan usullar va vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, insonning avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridagi faoliyatida xatosiz va yuqori samarali, ya’ni tezroq o‘zlashtirish uchun optimal sharoit yaratishga mo‘ljallangan. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining ergonometrik ta’minoti tarkibiga quyidagilar kiradi: ish joylariga, axborot modellariga, xodim faoliyati sharoitlariga qo‘yiladigan ergonometrik talablardan iborat turli hujjatlar, Shuningdek, bu talablarni amalga oshirish uchun eng ma’qul usullar to‘plami va ularni amalga oshirishni aniqlovchi ergonometrik ekspertiza darajalari; xodimni tayyorlash darajasiga mos talablarni shakllantirish asosini ta’minlovchi usullar, ilmiy-uslubiy hujjatlar va texnik vositalar, Shuningdek, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari xodimlarini tayyorlash va tanlash tizimini shakllantirish majmuasi; insonning avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarida yuqori samaradorligini ta’minlovchi usul va uslublar majmuasi.

Iqtisodiy axborotlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: aniqlilik, ishonchlilik, tezkorlik. Axborotning aniqliligi undan foydalanuvchilarning barchasini uni birdek qabul qilishini ta’minlaydi.


Ishonchlilik kelayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni yetarli darajada qisqartirilishini ta’minlaydi, bunda tizimning samarali faoliyati saqlanadi.
Tezkorlik o‘zgaruvchan sharoitda hisoblashlar va qarorlar qabul qilish uchun zarur axborotlarning dolzarbligini ifodalaydi.

Iqtisodiy axborotlarning turlari.
Iqtisodiy axborotlarni quyidagi asosiy belgilariga qarab ajratish qabul qilingan:

— boshqarish funksiyasiga ko‘ra;

— paydo bo‘lish joyiga (boshqarish darajasiga) ko‘ra.

Boshqarish funksiyasiga ko‘ra iqtisodiy axborotlar rejali-hisob, me’yoriy-ma’lumotnomali, statistik-hisobot axborotlariga bo‘linadi.

Avtomatlashtirish umumiy holda texnik, tashkiliy va iqtisodiy harakterdagi tadbir va harakatlar majmuyini tashkil etadi. U insonning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonidagi u yoki bu vazifasini bajarishida bevosita ishtirokini kamaytiradi yoki butunlay ishtirok etmasligini ta’minlaydi.

Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mutaxassislariga axborot xizmatini ko‘rsatuvchi, natijaviy axborotlarni oluvchi avtomatlashtirilgan texnologiya va inson faoliyatining turli sohalaridagi boshqaruv jarayonini optimallashtiruvchi inson — mashina deb qarash mumkin. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari yordamida hisoblashlarning ko‘p variantliligi ta’minlanadi, ratsional boshqaruv qarorlari qabul qilinadi, Shuningdek, ayni vaqt tartibida, kompleks hisob va iqtisodiy tahlil tashkil qilinadi, olinayotgan va boshqaruvda foydalanilayotgan axborotlarning haqiqiyligi va tezkorligi ta’minlanadi. Bunga barcha joylardagi idora mehnatini avtomatlashtirish, mazkur boshqaruv tizimini yaratish orqali erishiladi.

Texnologik va funksional jihatlarga ko‘ra avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini bir qancha tashkil etuvchilarga bo‘lish mumkin. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida boshqaruv apparati, Shuningdek, texnik-iqtisodiy axborotlar, texnologik qayta ishlashga doir vosita va usullar ajratiladi. Boshqaruv apparatidan tashqari, qolgan barcha unsurlar texnologik jihatdan uzviy bog‘langan bo‘lib, yagona iqtisodiy-matematik usullar va boshqaruvning texnik vositalaridan iborat tizimdan foydalanilganda ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil qiladi. avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari funksiyasining tuzilmasi quyidagi jarayonlardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish va qayd qilish; axborot massivlarini tayyorlash; ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash; natijaviy axborotlarni shakllantirish; ma’lumotlarni paydo bo‘lish manbasidan qayta ishlash

Samarqand viloyat Tayloq tumani 38- umumiy o’rta ta’lim maktabi faoliyati uchun zarur dasturiy ta’minot

ELEKTRON HUKUMATTIZIMI ASOSLARI



Reja:

  1. Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konetspsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo‘llari.

  2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari axborot tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari.

  3. Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini konseptual loyihalash.

  4. Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.

Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konetspsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo‘llari.

Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.

Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu  - hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.

Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.

Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli soxalarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish - bugungi zamon talabi bo‘lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi.

Xususan, «Elektron hukumat» so‘zining ingliz tilidagi muqobili - «Electronic Government» so‘zi, ko‘pchilik o‘ylagani singari, hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina ta’lluqli emas, balki kengroq ma’noda bo‘lib, ya’ni, u – davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi.

Hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko‘rsatish.

Elektron hukumat qo‘yiladigan quyidagi asosiy talablar:

• Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori sifat darajasida tezkor ravishda, yagona standartlar asosida ko‘rsatilishi;

• Davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishi;

• Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli bo‘g‘inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralararo ichki munosabatlarda samaradorlikning ortishi;

• Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish.

Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o‘z aksini topishi natijasida, davlat va jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi:

Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to‘ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan foydalangan xolda, yuridik shaxs, o‘zi uchun zaruriy davlat xizmatlarida on-layn foydalanishi imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, yuridik shaxs, o‘z faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko‘rigi kabi) olishi yoki, davlat organlariga hisobot (masalan soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun tegishli portaldan foydalanib, tezkor va qulay ravishda ko‘zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bunda to‘lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo‘llash orqali, o‘zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi.

Qolaversa, elektron hukumatni joriy qilish orqali erishilishi ko‘zda tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni ham o‘z o‘rnida e’tirof etib o‘tish zarur: elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog‘oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog‘oz mahsuloti tejaladi; hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o‘zidayoq belgilangan manzilda bo‘ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to‘plamini yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga yo‘llaydi, murojaatni ko‘rib chiqish va unga munosabat bildirishning keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan ko‘rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi, ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to‘plamini, yoki, murojaatnomani ko‘tarib, idorama-idora sarson yurishi, murojaatni ko‘rib chiqishda jarayonining kureri sifatida qatnashishi, bu orqali, vaqt, transport, kanselyariya va boshqa turdagi xarajatlarni oldi olinadi. Bunday murojaatni ko‘rib chiqishi va unga javob berishi zarur bo‘lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni ko‘rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko‘rilishi mumkin bo‘ladi. Murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga etgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo‘lib turishi imkoniyati yaratiladi.

Ilm-fan va texnikaning barcha yo‘nalishi kabi axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning keyingi yangi yutuqlarini o‘zida joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy.

Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O‘zbekiston elektron hukumat tizimi ham).

1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga;

2) G2C (Government to Citizens) – Davlatfuqarolarga;

3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga;

4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga.

Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.

Endi mazkur yo‘nalishlarni batafsil tahlil qilsak:

1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.

2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi.

4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va hokazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari axborot tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari.

Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.

Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo‘nalishda  -  G2C (davlat - fuqaroga), G2B (davlatdan - biznesga) va G2G (davlatdan - davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi.

Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni qo‘ygan -  dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan:

• davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi

• davlat xizmatlarini ko‘rsatish

• axborot resurslarini boshqarish

• qonun ijodkorligi tizimi

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan.

2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi  -  “On-Nara” (koreyscha, onlayn-mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan.

Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi  -  “On-Nara” 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan:

• ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini standartlashtirish;

• davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish;

• tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish.

Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi - tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi.

Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni etkazib berishda elektron shaklga o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda. CHunki, barcha tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi va baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi.

Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa  -  2,5 kundan 1,5 soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini bermoqda.

Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish ortidan har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda.

2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi.

Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, SHri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish uchun texnologik echimlarni etkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat YAponiya bo‘lgan.

Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta davlat uchun elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e-Government Development Index”) va elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-partisipation index”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik reytingni e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy onlayn-servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu reytingda elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham etakchilikni o‘z qo‘lida saqlab kelmoqda. Jadval. 4.1


Reyting

Davlat

Indeks

1

Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya)

0.9283

2

Gollandiya

0.9125

3

Buyuk Britaniya

0.8960

4

Daniya

0.8889

5

Amerika qo‘shma shtatlari

0.8687

Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini konseptual loyihalash.

Gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali Internetning global kompyuter tarmog‘idagi asosiy va rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining tashkil etilishi va qo‘llab - quvvatlanishi, O‘zbekiston Respublikasining «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida» gi va «Axborotlashtirish to‘g‘risida» gi qonunlari, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.



O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat hokimiyati organlari faoliyatining funksional jarayon va tartibini qo‘llab-quvvatlovchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining elektron hamjihatlik infratuzilmasining tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi. 

Asosiy maqsadlari



  • Fuqarolar va xo‘jalik sub’ektlariga hokimiyat va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot resurslari va xizmatlarining hajmini oshirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot tizimini yaratish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Hokimiyatining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali maqsadli auditoriyasini zarur muassasalar bilan o‘zaro aloqa qilish jarayonlari va imkoniyatlari to‘g‘risida, fuqarolarning majburiyatlari va huquqlarining kelib chiqishi to‘g‘risida, davlat hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq, tezkor va foydalanishda qulayligi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvining rasmiy pozitsiyasini aks ettiruvchi keng ko‘lamdagi axborotlar bilan ta’minlash;

  • CHeklangan xizmatlanishga mo‘ljallangan axborotga kiritilgan ma’lumotlardan tashqari, tegishli axborot resurslarini joylashtirish va tashkil etish yo‘li bilan fuqaro va tashkilotlarni davlat ijro hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi rasmiy axborotga kirishini ta’minlash;

  • Davlatlararo axborotlar almashinuvining intensifikatsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini oshirish va milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaratish;

Asosiy funksiyalari:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot hamjihatligini ta’minlash;

  • ma’lumotlarni belgilangan formatdagi taqdimida davlat muassasalari o‘rtasida «hukumat» darajasida axborotlarni gorizontal almashinuvi;

  • ma’lumotlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish asosida yagona axborot resurslaridan birgalikda foydalanish;

  • iqtisodiy, huquqiy, statistik, elektoral axborotlar bilan vertikal axbrot almashinuvi;

  • davlat-jamiyat hamjihatligini ta’minlash;

  • davlat-fuqaro;

  • davlat-iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari;

  • davlat-jamoat institutlari (siyosiy, diniy, milliy, madaniy, notijorat va hkz. tashkilotlar va birlashmalar);

  • tashqi auditoriyaga mo‘ljallangan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ko‘psonli axborot resurslariga, idoralarning «yoyilgan» serveriga kirishning yagona nuqtasini yaratish;

  • davlat institutlarining faoliyati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish (O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining tizimi, tarkibi);

  • huquqiy axborotga kirishni ta’minlash (respublika, mintaqaviy qonunchilik, vazirlik va idoralarning normativ aktlari);

  • davlatda «Global axborotlashgan jamiyat»ga mos munosabatlarni bunyod etish va shakllantirishga ko‘maklashish;

  • davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish;

  • idoraviy va byurokratik to‘siqlarni engib o‘tishga ko‘maklashish;

  • davlat xizmatining obro‘si va nufuzini oshirish.

Qo‘llab-quvvatlash:

Portalga «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzuridagi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Me’yoriy hujjatlar bazasi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 259-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi "Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1041-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi 116-son qarori 



Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.

My.Gov.uz - YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali.



YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAgona portal) — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali.

YAgona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan.

YAgona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


    • foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

    • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

    • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

    • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

    • «Elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish.

YAgona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

XULOSA.

Ushbu amaliyot kunlari men berilgan kunlarda darslar o’tdim,asosiy birinchi kuni Windows haqida o’quvchlarga va ustozlarga umumiy tushuncha berildi.Ushbu hisobotda Windows foydalanib dastur tuzish ko‘rib va uni aniqlashva hozir kundagi ahamiyati. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan - Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning tanikli bulishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi,Sinflarni yozishda biz funksiyalarni yozishdagi tartib qoidalarga rioya qilamiz. Sinfning birinchi qatoriga kalit so‘z class va sinf nomi, so‘ngra yangi qatordan figurali qavslar ochiladi va uning ichiga sinf usullari va atributlari yoziladi.Sinf atributlari bo‘lmish ob’ektlar, ob’ektli dasturlash, inkapsulyasiyalash, merosxo‘rlik (vorislik), sinflarni ishlab chiqish, polimorfizm, polimorfizmning andozalarda ishlatilishi haqida ma’lumot berildi. Axborot tizimlari obyekt to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, uzatish va qayta ishlash, turli darajadagi xodimlarga o‘z funksiyalarini amalga oshirish va boshqarishni ta’minlovchi kommunikatsion tizimdan iborat.



Axborot tizimlari ma’lum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi boshqaruv darajalari, harakat sohalari, Shuningdek, tashqi holatlardagi farqni e’tiborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli bo‘lgan, faqat unga tegishli axborotni beradi va darajasiga ko‘ra qo‘l darslarga asoslangan, avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.

Foydalinilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. Гради Буч. Обектно-ориентированной анализ и проектирование с параметри пприложении на С++. Невский диалектр, 560 стр. 2001г.

2. Грехем И. Обектно ориентированные методы Принсипы и пратика. Уилям. 879 стр. 2004г.

3. Иванова Г.С. Объектно ориентированное программирование. Учебник. МГТУ им Баутана. 320 стр. 2003 г.

4. Страуструп Б.Языка программирования С++ "DiaSoft”, Киев 1993г.

5. Maxmudov Z.M. S++ dasturlash tili. 118 bet, Samarqand, 2008 y.

6. Yorbekov YA. Ob’ektga yunaltirilgan dasturlash tillari , 86 bet,Sam. 2007 y.

7. S.S.G’ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshkent,2000

8. Kenjaboev O. Zamonaviy axborot texnologiyalari. T. 1999 y.
9. Raxmonqulova S. IBM PC kompyuterlaridan foydalanish. Toshkent 2000 y
10. Maraximov A.R., Raxmonqulova S.I., Internet va undan foydalanish asoslari. T. 2001y.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish