76. Samolyotni havo vintini aylanish chastotasi 1500 ayl/min. 90 km yo‘lni 180 km/h tezlik bilan uchsa, vint necha marta aylanadi?
77. Soatning minut strelkasi sekund strelkasiga nisbatan uch marta uzunroq. Strelkalar uchini tezliklariga nisbatan aniqlang?
78. Soat strelkasini burchakli tezligi yerni sutkali aylanish burchakli tezligidan necha marta katta?
79. Biror bir jism β = 0.04 s-2 o‘zgarmas burchakli tezlanish bilan aylana boshlaydi. Harakat boshlangandan keyin qancha vaqt o‘tgach jismni biror bir nuqtasini to‘liq tezlanishi shu nuqtaning tezlik yonalishi bilan 76o burchak hosil qiladi?
80. n = 1500 min-1 chastota bilan aylanayotgan g‘ildirak tormozlanganda tekis sekinlanuvchan aylana boshlab, 30 sekunddan keyin to‘xtadi. Tormozlanish boshlangandan to to‘xtaguncha gildirakni burchakli tezlanishi va yilanish sonini toping?
81. Velosiped g‘ildiragi n = 5 s-1 chastota bilan aylanmoqda. Ishqalanish kuchi ta’sirida u ∆t = 1 min dan keyin to‘xtaydi. Shu vaqt ichida g‘ildirakni burchakli tezlanishi va aylanishlar sonini aniqlang.
82. Mashina g‘ildiragi tekis tezlanuvchan harakatda aylanmoqda. N = 50 marta aylangandan so‘ng uni aylanish chastotasi n1 = 4 s-1 dan n2 = 6 s-1 gacha o‘zgardi. G‘ildirakni burchakli tezlanishini toping.
83. Disk β = -2 rad/s2 burchakli tezlanish bilan aylanmoqda. Aylanish chastotasi n1 = 240 min-1 dan n2 = 90 min-1 gacha o‘zgargunga qadar disk necha marta aylanadi? Bu voqea sodir bo‘lishi uchun qancha vaqt o‘tadi?
84. Aerochananing vinti n = 360 min-1 chastota bilan aylanmoqda. Aerochananing ilgarilanma harakat tezligi υ = 54 km/soat. Agar vintining radiusi R = 1 m bo‘lsa, uning bir uchi qanday tezlik bilan harakatlanadi?
85. Tokar stanogida diametri d=60 mm li val yasamoqda. Keskichni ilgarilanma harakati bir aylanishda 0.5 mm. Agar t=1 min vaqt davomida valni l=12 sm uzunligiga ishlov berilayotgan bo‘lsa, kesish tezligi qanday?
86. Nuqta aylana bo‘ylab υ=At tezlik bilan harakatlanmoqda, bunda A=0.5 m/s2. Harakat boshlangandan so‘ng nuqta aylana uzunligining 0.1 qismini bosib o‘tgan momentdagi to‘liq tezlanishini toping.
87. G‘ildirak qo‘zg‘almas o‘q atrofida shunday aylanmoqdaki, uning burilish burchagini vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarishi qonunga bo‘y- sunadi, bunda A = 0.2 rad/s2. Agar g‘ildirak gardishidagi nuqtani t=2.5 s momentdagi chiziqli tezligi υ=0.65 m/s bo‘lsa, uning to‘liq tezlanishini toping.
88. Qattiq jism qo‘zg‘almas o‘q atrofida β=At burchakli tezlanish bilan aylana boshlayapti, bunda A = 2·10-2 rad/s-2. Aylanish boshlangandan keyin qancha vaqt o‘tgach jismni ixtiyoriy nuqtasini to‘liq tezlanish vektori uning tezlik vektori bilan α = 60o burchak hosil qiladi?
89. Quduq barabani ushlagichi radiusi tros o‘raladigan val radiusidan 3 marta kattadir. Chelakni 20 m chuqurlikdan 20 s davomida chiqarishda ushlagichni tezligi qanday bo‘ladi?
90. Sirkular arra 600 mm diametrga ega. Arra o‘qiga diametri 300 mm bo‘lgan shkiv o‘rnatilgan va elektrodvigatel valiga o‘rnatilgan 120 mm li shkivdan tasmali uzatma orqali aylantiriladi. Agar dvigatel vali 1200 ayl/min chastota bilan aylansa, arra tishlarining tezligi qanday?
91. Radiusi R=1.5 m bo‘lgan samolyot parraklari n=2000 1/min chastota bilan aylanmoqda. Samolyotni yerga nisbatan qo‘nish tezligi υ=152 km/soat. Parrak uchidagi nuqtaning tezligi qanday?
92. Radiusi R=400 m bo‘lgan poyzd burilish bo‘yicha harakatlanmoqda va uning tangensial tezlanishi = 0.2 m/s2 ga teng. Poyezdning tezligi υ=10 m/s bo‘lgan momentda uni normal va to‘liq tezlanishlarini toping.
93. Snarad stvol ichida n=2 marta aylanib υ=320 m/s tezlik bilan uchib chiqadi. Stvol uzunligi l=2 m. Snaradni stvol ichidagi harakatini tekis tezlanuvchan deb hisoblab, uni stvoldan uchib chiqish momentdagi o‘q atrofida aylanish burchakli tezligini aniqlang.
94. Aylanayotgan g‘ildirak gardishida yo‘tgan nuqtani to‘liq tezlanish vektori, uni chiziqli tezligi vektori bilan 30o burchak hosil qilgan momentda nuqtani normal tezlanishi uni tangensial tezlanishidan necha marta kattaligini toping.
95. Radiusi R=20 sm bo‘lgan shkiv, unga o‘ralgan va undan asta-sekin bo‘shayotgan ipga osilgan yuk yordamida aylanma harakatga keltirildi. Boshlang’ich momentda yuk qo‘zg‘almas bo‘lib, so‘ngra esa =2 sm/s2 tezlanish bilan pastga tusha boshlaydi. Yuk S=1 m yo‘l bosib o‘tgan momentdagi shkivni burchakli tezligini aniqlang.
96. Jism ekvator bo‘ylab yer sirtiga parralel ravishda uchishi uchun unga qanday gorizontal tezlik bermoq lozim? Ekvatorda yerning radiusini R=6400 km, og‘irlik kuchi tezlanishini g=9.7 m/s2 deb olish mumkin.
97. Barabanga ip o‘ralib, uning uchiga yuk osilgan. O‘z-o‘ziga qo‘yilgan yuk, 5.6 m/s2 tezlanish bilan pastga tusha boshlaydi. Baraban 1 radian burchakka burilgan momentda, uning gardishida yotgan nuqtalarni tezlanishi aniqlansin.
98. Avtomobil to‘g‘ri yo‘ldan shunday harakat qilmoqdaki, uning tezligi υ=(1+2t) m/s qonun asosida o‘zgaradi. Agar g‘ildirak radiusi R=1 m bo‘lsa, tezlanishli harakat boshlangandan so‘ng t=0.5 s o‘tgach g‘ildirakni vertikal va gorizontal diametrlarini uchlarida yo‘tgan nuqtalarni tezlik va tezlanishlarini aniqlang.
99. Tosh =5 sm/s2 o‘zgarmas tangensial tezlanish bilan 2 m radiusi aylanalar chizadi. Beshinchi aylanishni oxirida toshni chiziqli tezligi nimaga teng? Shu momentda uni burchakli tezligi va burchakli tezlanishi qanday bo‘ladi?
100. Nuqta =5 sm/s2 o‘zgarmas tangensial tezlanish bilan radiusi R=20 sm bo‘gan aylana bo‘ylab harkat qilmoqda. Harakat boshlangandan so‘ng qancha vaqt o‘tgach normal va tangensial tezlanishlar tenglashadilar?