Savol - javob dialoglari
Dialog o`zaro almashinib keluvchi replikalarning ifodasi ekanligini ta`kidlab o`tdik. Replikalar mazmunidan kelib chiqqan holda dialoglarning savol-javob, xabar, bahs –munozara xarakteridagi dialoglarga bo`linishi mumkin.
So`rash surishtirish dialoglari
Murojaat replikasi savolni, javob replikasi esa qo`yildan savolining javobini ifodalab keladi. Qayta so`rash dialogida esa javob replikasi murojaat replikasi mazmunini ochishga xizmat qiluvchi savolni ifodalab keladi. Masalan:
Sen Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini o`qidingmi?
Yo`q hali. Roman nima haqida?
Muqaddas dargohda namunaviy kishilar haqida.
Intervyu
Xarakteridagi dialoglar savol - javob diologlariga misol bo`ladi. Intervyu muhbirning suhbatdoshi bilan axborot olish maqsadida o`tkazadigan muloqotidir. Intervyu gazeta, radio televideniye uchun mo`ljallangan bo`ladi. Intervyu o`tkazishdan oldin suhbat mavzusi bitiladigan savollar tayyorlab qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |