Dialogik nutq tushunchasi - Matnlardagi dialogik nutqlarni ko‘zdan kechirish yana shundan dalolat beradiki, ular asosan og‘zaki nutq odatlarini o‘zida namoyon qiladi. Adabiy matnlarda esa obraz yaratish, xarakterlarni namoyish etishning kuchli badiiy vositasiga aylanishi mumkin. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod va Xisrav, Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» dramasidagi Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro dialoglarini eslaylik.
- Dialog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Dialog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqalgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |