Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti 1



Download 407,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.02.2021
Hajmi407,89 Kb.
#60024
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MI

De Broyl nisbati 

Subatom dunyosining eng qiziq jihati shundaki, ushbu olam vakillari bo‘lmish 

elektronlar, fotonlar va shu kabilar biz ko‘nikib qolgan makrodunyo obyektlariga 

mutlaqo o‘xshamaydi. Ular o‘zini tutishida na to‘lqin tabiatini va na zarracha 

tabiatini namoyon qiladi, balki, vaziyatga ko‘ra, ham to‘lqin ham korpuskulyar 

xossalar namoyon qiluvchi tamomila o‘zga olamdirlar. Kvant zarrachalari olami 

deb nomlanuvchi bu mikrodunyo vakillarining yuqoridagi xossalarini kashf qilish 

va tushunib yetishning o‘zi mushkul bo‘lgan edi. Ushbu bir-biriga bog‘liq, lekin 

anglash uchun g‘oyat murakkab bo‘lgan turli fizik xususiyatlarni, ya'ni kvant 

zarrachalarning ham korpuskulyar va ham to‘lqin xossalarini yagona aniq 

matematik tenglama orqali umumlashtirib ifodalash esa, bundan ham mushkul 

vazifa o‘laroq namoyon bo‘lar edi. Aynan shu mujmal va mushkul vazifa de Broyl 

nisbati orqali oydinlashdi. 

Farang olimi Lui de Broyl o‘z nomi bilan ataluvchi ushbu nisbat haqida ilk bora, 

1924-yilda, o‘zining doktorlik dissertatsiyasini yoqlash vaqtida ilmiy 

jamoatchilikka axborot bergan. Uning mazkur g‘oyalari o‘sha vaqtda yetuk fizik-

nazariyotchi olimlar uchun ham kulgili va g‘alati tuyulgan. Lekin vaqt o‘tib de 

Broyl nisbati haqiqat ekani oydinlashgach, ushbu ajoyib ilmiy munosabat butun 

dunyo fizik-nazariyotchilari mikrodunyo haqidagi tasavvurlarini ag‘dar-to‘ntar 

qilib yubordi, hamda, alal-oqibat, kvant mexanikasining rivojiga ulkan hissa bo‘lib 

qo‘shildi. Biroq, ushbu muvaffaqiyat de Broylning ilmiy faoliyatidagi eng kattasi 

bo‘lib qoldi va keyinchalik olim boshqa bunday ulkan ilmiy yutuqlarsiz, umrining 

oxirigacha Parijda, fizika professori sifatida ishlab, yashab o‘tdi. 

Keling, de Broyl nisbatining fizik mohiyati bilan qisqacha tanishib chiqsak. 

Istalgan zarrachaning eng muhim xossalaridan biri uning tezligidir. Biroq, fizik 

mutaxassislar odatda, zarrachaning tezligining o‘zi haqida emas, balki uning 

impulsi haqida ko‘proq bosh qotiradilar. Impuls bu umumiy harakat miqdori 

bo‘lib, u zarrachaning tezligi va massasining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. To‘lqin 

esa umuman boshqa fundamental xossalar orqali ifodalanadi. To‘lqinning asosiy 

ko‘rsatkichlari - uning uzunligi (bir xil ko‘rsatkichli amplitudaning ikkita qo‘shni 

eng yuqori cho‘qqilari orasidagi masofa) va chastotasi (to‘lqin uzunligiga teskari 

proporsional bo‘lgan kattalik, ya'ni, vaqt birligi ichidagi tebranishlar soni) bilan 

ifodalanadi. De Broyl kvant zarrachasining impulsi p va to‘lqin uzunligi λ ni 

o‘zaro bog‘lovchi nisbatni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. De Broyl nisbati 

quyidagicha ifodalanadi: 


Download 407,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish