«Yaa ayyuhallaziyna aamanuu», «Ey iymon keltirganlar!» degan buyuk xitob bilan boshlanadi. Demak, bu xitob bilan boshlagan oyatlarda aynan mo‘min-musulmonlarga tegishli masalalar kelgan bo‘ladi. Ammo Kalomullohning qolgan barcha oyatlari umuminsoniy, umumbashariy ko‘rsatmalar bo‘lib, ularda dinidan, irqidan, jinsidan qat’i nazar, barcha Odam nazarda tutiladi.
Alloh taolo «Isro» surasining 70-oyatida: – «Batahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik», deydi.
Hadisi shariflarda ham xuddi shunday. «Kimki…» deb boshlangan barcha hadislarda mutlaq inson ko‘zda tutiladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |