O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
TI kafedrasi
KAKT fanidan
1-LABARATORIYA ISHI
Bajaradi: 413-17 guruh talabasi
Choriyev No’mon
Tekshirdi: Normatova D
Toshkent-2020
1 – laboratoriya ishi
Kanalli kommutatsiya tarmog‘i qurilmalarini o‘rganish. Kommutatsiya tuguni tuzilishi va vazifalari.
Laboratoriya ishining maqsadi va mazmuni: Raqamli ATSlar tizimida boshqarish tamoyillarini, uning tizim modullarini (bloklarini) o’zaro hamkorligini va ularga mos ravishda boshqarish qurilmalarining funktsiyalarini, turli хil chaqiriqlarga хizmat ko’rsatish ketma-ketligini aniqlashni o’rganishdan iborat.Raqamli ATSlarda qo’llaniladigan analog va raqamli liniyalar moduli. Raqamli liniya modulining vazifalari va ularning funktsional sхеmasini o’rganish.
Abonent "A" "B" abonent raqamini terdi. (S-12)
S-12 tizimi mahalliy, tranzit, shaharlararo, halqaro stansiyalar tariqasida istalgan darajadagi tarmoqda ishlash uchun mo‘ljallangan. Tizim 24, 32 kanalli IKM tizimi bilan ishlay oladi. Stansiya sig‘imi keng oraliqda o‘zgarishi 100000 (500000) abonent liniyasigacha bo‘lishi mumkin. Tizim tugun sifatida ishlatilsa, tizim uskunasi 60000 ulash liniyasini ulab bera oladi. Tizim kommutatsiya maydoni 25000 Erl telefon yuklanishini o‘tkazishi mumkin. Eng katta yuklanish soatida stansiya 750000 chaqiruvga xizmat ko‘rsata oladi. Telefon apparatining elektr ta’minoti sifatida 48V (60V) kuchlanishli markaziy batareya ko‘zda tutilgan. Abonent liniyasi himoya qobig‘ining minimal qarshiligi 15 KOm. Abonent liniyasidan raqamli axborotni impuls ko‘rinishda ham chastotali kod bilan qabul qila oladi. Abonentlarni 20 ta kategoriyaga bo‘lish mumkin. Tizimda abonentlarga har xil qo‘shimcha xizmat turlari berilishi mumkin. Tizimda to‘liq taqsimlangan boshqarish tuzilmasi ishlatilgan. Shuning uchun stansiya sig‘imini ravon oshirish mumkin. Butunlay taqsimlangan boshqarish tamoyili tizimni mustahkamligini oshiradi va o‘sib borayotgan talablarga, ishlash shartlarini o‘zgartirishga imkon beradi. Boshqaruvchi uskunalar modullar ko‘rinishida bajarilgan. Boshqaruv qurilmalari asosiga INTEL-8038, 80386 turidagi mikroprotsessorlar qo‘yilgan. Boshqaruv qurilmalari ikki turga ajratilgan: modul boshqaruv qurilmalari (TSE) va qo‘shimcha boshqaruv qurilmalari (ASE). Modul boshqaruv qurilmasi modulning ish jarayonini boshqaradi va raqamli kommutatsiya maydonida ulanishni o‘rnatadi. ASE ning terminal uskunasi yo‘q. Ular abonent va ulash liniyalari chaqiruvini boshqarish vazifasini, hamda tizim vazifalarini (ma’muriy resurslarni boshqarish va hokazo) bajaradi.
S-12 tizimi har xil axborot manbaini ulashga yo‘l beradi (1.1.1-rasm):
-analog abonent liniyasini;
-ISDN abonentini;
-korxona ATS abonentlarini;
-konsentratorni va xokazo.Bundan tashqari, tizim paket kommutatsiya tarmog‘i, keng yo‘lakli ISDN tarmog‘i, aloqani boshqarish tarmog‘i, uyali tarmoq va hokazolar bilan
hamkorlikda ishlay oladi.
Tizimda raqamli texnologiya ishlatilgan, chunki uni boshqarish va foydalanish mikroprotsessorlarda bajarilgan dasturiy boshqaruv qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. Axborotni taqsimlash raqamli kommutatsiya maydoni yordamida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |