Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti Radio va Mobil aloqa fakulteti Mobil tizimlar yo`nalishi 832-21-gruh talabasi Hayitboyev Ibratjonning fizik(ma’ruza) fanidan tayyorlagan mustaqil ish
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti Radio va Mobil aloqa fakulteti Mobil tizimlar yo`nalishi 832-21-gruh talabasi Hayitboyev Ibratjonning fizik(ma’ruza) fanidan tayyorlagan mustaqil ish
O’tkazgichning magnit induksiya oqimini kesib o’tishi yoki yopiq kontur qamragan magnit induksiya oqimining o’zgarishi hisobiga o’tkazgich yoki konturda EYuKning hosil bo’lishi elektromagnit induksiya hodisasi deyiladi
Elektromagnit induksiya hodisasini 1831 yili Faradey kashf qilgan. Hodisa shundan iboratki, har qanday berk o`tkazgich konturi bilan chegaralangan yuz orqali o`tayotgan magnit induksiya oqimi o`zgargan vaqtda shu konturda elektr tok paydo bo`ladi. Bu tokka induksion tok deyiladi. Ushbu induksion toklarning yo’nalishini aniqlash qoidasini 1831 yilda italiyalik fizik Nobili Leopardo taklif qildi. Nemis fizigi Neyman esa 1846 yilda induksiya qonuninig matematik tenglamasini berdi.
Induksion tokning asosiy xususiyatlari: 1. Induksion tok doimo kontur bilan bog’langan magnit induksiyasi oqimi o’zgargan holda hosil bo’ladi. 2. Induksion tokning kuchi magnit induksiyasi oqimi o’zgarishining usuliga bog’liq bo’lmay, magnit oqimining o’zgarish tezligiga bog’liqdir.
Faradey qonuni. Tajribalarni tahlil qilsak, birinchi tajribada shu narsa xarakterlidirki, A solenoidda tok magnit unga yaqinlashayotgan yoki undan uzoqlashayotgan paytdagina, ya`ni solenoid yaqinida magnit maydon o`zgargan vaqtda yoki solenoidning o`zi magnit maydonida ko`chgan vaqtda paydo bo`ladi xolos. Magnitning solenoidga nisbatan harakati yoki solenoidning magnitga nisbatan xarakati to`xtashi bilan solenoid yaqinidagi magnit maydon o`zgarmas bo`lib qoladi va solenoiddan tok o`tmaydi. Ikkinchi tajribadagi hodisa ham birinchidagiga o`xshashdir - bunda o`zgaruvchan magnit maydonni S solenoidda hosil bo`lgan yoki yo`qolayotgan tok hosil qiladi. Ikkala holda ham o`tkazgich konturi yaqinidagi magnit maydonning kattaligi o`zgaradi, demak, kontur bilan chegaralangan sirt orqali o`tuvchi magnit induksiya oqimi ham o`zgaradi.
Ikkala holda ham o`tkazgich konturi yaqinidagi magnit maydonning kattaligi o`zgaradi, demak, kontur bilan chegaralangan sirt orqali o`tuvchi magnit induksiya oqimi ham o`zgaradi. Peterburg universitetining professori Lens induksion tokning yo`nalishi uchun quyidagi qoidani topdi: berk konturda hosil bo`lgan tok shunday yo`nalganki, bu tok kontur bilan chegaralangan yuz orqali o`tuvchi va uning o`zini hosil qiluvchi magnit oqimi induksiyasining o`zgarishini kompensatsiyalovchi xususiy magnit induksiya oqimini yaratadi. Solenoiddagi induksion tokning magnit maydoni tashqi magnit maydonni o`sishini kompensatsiyalaydi. Magnitning shimoliy qutbi uzoqlashtirilganda solenoidda soat strelkasi yo`nalishidagi tok paydo bo`ladi. Tashqi maydonda magnit induksiya oqimi kamaya boradi. Solenoiddagi induksion tokning magnit maydoni solenoid ichiga qarab yo`nalgan bo`ladi va, demak, magnit maydonni kamayishini kompensatsiyalaydi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, elektr toki o’tganida o’tkazgich har doim isiydi. Chunki, o’tkazgich bo’ylab harakatlanayotgan elektronlar kinetik energiyasining bir qismi metall panjara ioni bilan to’qnashish natijasida issilikka aylanadi. Bu hodisani bir – biridan bexabar ravishda ingliz olimi Joul (1843) va rus olimi Lens (1844) o’rganib, quyidagi qonunni yaratdi. O’tkazgichdan tok o’tganda undan ajralib chiqqan issiqlik miqdori tok kuchining kvadratiga, o’tkazgichning qarshiligiga va tokning o’tib turish vaqtiga to’g’ri proporsional.
Vaqt birligi ichida o’tkazghichning hajm birligidan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori bilan o’lchanadigan W kattalik issiqlik quvvatining zichligi deyiladi. Om qonunining differensial ko’rinishi
bo‘lgani uchun
hosil bo’ladi. Bu ifoda Joul – Lens qonunining differensial ko’rinishidir.
O’tkazgichning solishtirma qarshiligi qancha katta bo’lsa, undan shuncha ko’p issiqlik ajraladi. O’zgarmas tokning bajargan ishini quyidagicha yozish mumkin.
Quvvati esa quyidagicha aniqlanadi.
Xulosa qilib aytganda bu mavzudan turli xil fikrlar va qarashlar kelib chiqadi.Faradey va Lens qoidalarini yanada mukamalroq o`rgandik desk ham bo`ladi va bilmagan narsalarimiz ham talaygina.Mavzu haqida fikrlar ajoyib va ko`p narsalar o`rgandim.