MUHAMMAD AL-XORAZMIY INOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI HSM-009 TALABASI BOZOROV JAVOHIRNING 1-MUSTAQIL ISH BO’YICHA ELEKTRON TAQDIMOTI
1.
2.
3.
O‘zbekistondagi muqaddas ziyoratgohlar:
Abu Iso Termiziy majmuasi
Reja:
MUHAMMAD AL-XORAZMIY INOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI HSM-009 TALABASI BOZOROV JAVOHIRNING 1-MUSTAQIL ISH BO’YICHA ELEKTRON TAQDIMOTI
Ziyoratgoh-Ziyorat qilinadigan muqaddas joy, tabarruk qadamjo,aziz-avliyolarning maqbarasi yoki tugʻilgan,yashagan joylari.
Ziyoratgohlar butun dunyoda joylashgan bo’lib insonlar ularni ziyorat qilish uchun albatta safarga otlanadilar.
Dunyoda eng ko’p tashrif buyurgan ziyoratchilar, musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan “Ollohning uyi” bo’lmish KABAdir
Kaba butun dunyodagi musulmonlarning eng muhim markazi va ramzi hisoblanadi.Islom dinining barcha yo’nalishlari uning muqaddasligini tan oladilar.Butun dunyodagi musulmonlar uni ziyorat qilish uchun keladi.
Bu ziyoratgoh Saudiya Arabiston yarim orolida joylashgan bo’lib hozirgi kunda ancha rivojlangan davlatlar qatorida hisoblanadi.
Bu kabi muqaddas ziyoratgohlar dunyoning turli tuman nuqtalarida mavjud
Yurtimiz mustaqillikga erishgandan so’ng ilmiy hamda madaniy merosimizni qayta tiklash amalga oshirildi.Yurtimizning barcha hududlarda tarixiy obidalar va ziyoratgohlar qayta tiklandi.Masjidlar va madarasalar faoliyati tiklandi
O’zbekistondagi ziyoratgohlar:
Ismoil Somoniy maqbarasi
Zangi ota maqbarasi
Yetti pir ziyoratgohi
Go’ri Amir maqbarasi
SHohi Zinda
Imom Buxoriy maqbarasi
Yurtdoshlarimiz va sayyohlar tarixiy obidalarni ham ziyorat qilishadi
Xiva
Xorazm
Namangan
Farg’ona
Ko’p sonli ziyoratchilar tashrif buyuradigan ziyoratgohlardan yana biri bu “ABU ISO TERMIZIY” maqbarasidir
Termiziy maqbarasi.
Abu Iso Termiziy maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi me'moriy yodgorlik (11-12 asrlar). Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan. Hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali o‘tuvchi 4 xona (bo‘lma)dan iborat yaxlit bino ko‘rinishida, xonalar tarhi 4,3x4,5 m. Shimoli-sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik to‘silgan. 3 xonali bo‘lma murabba tarhli, ulardan janubdagisi go‘rxona. Unda marmar sag‘ana bor. Sag‘ana 3 pog‘onali, muqarnas naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan. Go‘rxonadan tor uzun yo‘lka orqali xonaqohga o‘tiladi. Xonaqoh poli go‘rxonaga nisbatan pastroq bo‘lib, ular oralig‘i keng ravoq bilan ajratilgan. Xonaqoh gumbaz tomli, mehrobli. Yonidagi 2 xonadan shimoli-sharqiy tarziga chiqiladi. Xonaqoh oldidagi 3 ayvon gumbazli, qalqonsimon bag‘alli, devorlariga 4 ravoq ishlangan, pishiq g‘ishtdan hoshiyalar terilgan. Termiziy maqbarasi ganjkori bezaklar bilan pardozlanib, tashqi devorlariga 6 g‘ishtin ravoqli namoyonlar ishlangan.
Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun ad-Darir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) qadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.Termiziy 892-yili vafot etdi.Uning ishlarini shogirdlari davom ettirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |