1935-yil
MIRZO
M ezbon uzoq yo‘ldan kelgan m ehm onni o ch iq chehra
bilan qarshi olm asa, b ir piyola choyini darig1 tutsa, biron
h arakati yoki so'zdagi ohangi bilan “nega kelding, y o ‘qlab
tu rg a n e d im m i?” degan m a ’n o n i bildirsa, m eh m o n n in g qay
h o la td a q o lish in i tasavvur q ila olasizm i? A gar m e h m o n
m ezbon oilasida biron janjal b o ‘layotgani ustidan chiqsa,
bu n d an ham yom on, o ‘ng‘aysiz holatda qoladi. M ezbon uning
u c h u n jo n in i fido q ilsa h a m , o ‘sha ja n ja ln in g n a tija s i
b o 'lad ig an bir necha m inutlik jim lik yoki asabiy yuzda aks
etgan soxta tabassum ham m asini yuvib ketadi.
Boqi mirzo bir necha yildan beri ko‘rishmagan qarindoshimkiga
uzoq yo‘ldan m ehm onga kelib janjal ustidan chiqdi. Kechki payt
edi. U bukchayib, mirzolik kasbining serdaromad kunlaridan xotira
qolgan kumush naqshli hassasini do'qillatib eshikdan kirganida
m ezbonlar (aka-uka) yengil kiyimda baland ayvonning bahavo
yeriga qo'yilgan stolning ikki yog‘ida xomush o ‘tirishar edi.
Stolning ustida donalari sochilgan shaxmat taxtasi, bir chetda
patefon. Mirzo ariq bo‘yiga kelganda ham uni hech kim ko'rmadi.
Ayvonning bir chetida kachalkada o ‘tiigan yoshgina juvon irg'ib
o ‘rnidan turdi-da, patefonning oldiga kelib, uning m em bram ini
ko‘rdi.
—
Z ardangizni patefonga qilasizm i, qarang, m em b ram in i
y o rd in g iz !- dedi va p a te fo n n i k o ‘tarayotib m irzoga k o ‘zi
tushdi.
164
— A ssalo m alay k u m ,- dedi mirzo.
M ezbonlar dilsiyohlik kayfiyatini yashirishga urinishdi,
am m o yotar m ahaligacha bu bir necha m artaba yuzaga chiqdi
va oqibat, m ehm onning ko'ngliga b o ‘lak g ap lar kelm asin
u c h u n , ikki orada o 'tg a n gapni aytishga m ajbur b o ‘lishdi.
K eyindan m a’lum b o ‘ldiki, bu, Boqi m irzorning bu yerga
kelishdan kuzatgan m uddaosiga daxldor jan jal ekan.
Boqi mirzo shu nom bilan o ‘z shaharida m a ’lum kishi edi. U
Nikolay zamonasida shirkatlarda, ferm alarda m irzoldik qilib,
o ‘z xizmatini m anzur qilgan edi. Inqilobga yaqin b ir hissador
shirkatga oz samioya bilan b o ‘lsa ham sherik b o ld i va bir-ikki yil
qattiqchilikni ustiga olib mustaqil bir ish boshlashga niyat qilganida
inqilob niyatiga yetkazm adi, shuning uchun inqilobdan koyidi
va o ‘zini chetga tortib, qolgan uch-to‘rt kunlik um rini qanday
qilib ham bo‘lsa o ‘tkazish ko‘yiga tushdi : har kimlaiga turli
arizalar, duoyi salom lar yozib berinshi kasb qilib oldi. Am m o
u c h -to 'rt kunlik um rda bir sababi tiiikchilik deb boshlagan bu
ish unga boylik va’da qila boshladi. Yangi hukum atga arz-dodi
k o ‘p b o ‘lgan xaloyiq uning uyidan uzilm as, u b ir kunlik
darom adini o‘n kun yer edi. Nom i o ‘sib ketgan Boqi mirzo
ko‘p vaqt o ‘tmay “ Inobatli m irzo” nom i bilan bosh ko'tardi.
Inobatli mirzo desa shaham ing to 'rt dahasi bilar edi, chunki,
u yozgan arizalaming ko‘pchiligi “m ahkam alar qoshida inobatga
o ‘tar” , shuning uchun hali bu m ahkam alam ing siriga tushunib
yetm agan bir m ahsido'z ham m a sirni ariza yozish tartibida
gum on qilib, unga “ Inobatli m irzo” deb nom
q o ‘y g a n
edi.
V aqti kelib bu o d a m g a nim a u c h u n “ in o b a tli” sifati
berilgani kishilarning esidan chiqib ketdi. M irzo arizalar va
o'qishga ketgan farzandlarga duoyi salom lar yozish bilan kun
o 'tk az a berdi. A m m o zam on o ‘tgan sayin uning xizm atiga
m uhtoj kishilar va shu bilan birga darom ad h a m kam aya berdi.
O qibat shu darajaga yetdiki, mirzo shahar pochtaxonalarining
biriga m uttasil qatnashga va h ar kim ning q o ‘liga qarab, adres
yozib berish va blanka toidirishga o ‘z xizm atini taqdim qilishga
m ajbur b o ‘ldi. Biroq bu kasbdan p u tu r ketdi: m irzo ilgari
b ir kunlik darom adini o ‘n kun yesa, endi o ‘n kunlik darom adi
b ir kunga ham yetm as edi. Endilikda hech oila yo‘qki, unda
b ir yoki b ir necha savodli odam b o ‘lm asin. M an a shuning
165
u c h u n m irzo, kunlarning birida, kam piri bilan m aslahat qilib,
boshqa kun o ‘tadiganroq shaharga ko‘chish rejasini tuzdi va
uu yerga shu reja yuzasidan shahardagi sharoitni o ‘rganish
u c h u n kelgan edi.
Ertasi hordiq kuni edi. Ertalab choydan so‘ng m ehm onning
oldida munozara yana yangilandi. Bulardan biii Samarqand ta’lim-
tarbiya akademiyasidagi bir ilmiy xodimning tez savod chiqarish
to ‘g‘risidagi tajribasini quw atlar, ikkinchisi Toshkentdagi ta ’lim-
tarbiya ilmiy-tekshirish institutining m etodi to ‘g‘risida so‘zlab,
unga so‘z bermas edi.
— Bola albatta b u n d a n m u s ta s n o ,- der edi b iri,— lekin
k atta odam ni o ‘n besh ku n d a savodli qilam an...
— Sen o ‘n besh k u n d a savodini chiqarsang, m en o ‘n
kunda chiqaram an.
— X o‘p, ikki od am to p , k o ‘ramiz!
— Sen top!
Savodsiz odam topish m ojarosi aw algi m ojarodan ham
ortib tushdi. Inobatli m irzoning zardasi qaynab ketdi:
— Xayr, m an a m e n to p ay , q o ‘y in g lar,— d edi M irzo,
k echqurun sam ovarga chiqdi, ikkita choynak choy ichdi.
Sam ovarchi u c h in c h i choynak choyni keltirib q o ‘yganida,
m irz o sekin u n d a n “ s a v o d lim is a n ? ” deb s o crag a n ed i,
sam ovarchi zaharxanda qilib “sizni uch yil o ‘qitishga qudratim
ye ta d i” dedi.
B undan bir yil b u ru n shu choyxonaning devoriy gazetasida
“ So'nggi savodsiz” sarlavhasi bilan bir m aqola bosilgan va
b u n d a shu m ahalladagi so ‘nggi b ir savodsizni chandilgan,
kalaka qilingan, sh u n d a n beri “savodingiz b o rm i? ” degan
so ‘roq bu m ahallada “ aqlingiz rasom i?” deganday haqorat
b o ‘lib tushadigan b o ‘lib qolgan edi. M irzo sam ovarchining
g ‘ashi kelganiga tu sh u n o lm ay qaytib ketdi. M irzo savodsiz
odam qidirib u c h -to ‘rt kun ichidayoq bu shahardagi sharoitni
b ila qoldi: “ C h a k k i k e lg a n e k a n m a n , b e k o r c h iq im d o r
b o 'ld im ” , dedi. U n in g m o ‘ljali kelar hordiq ertasi qaytish
edi.
U, hordiq oqshom i ham m om ga tushdi-yu, xodim garlardan
biriga haligi so ‘rog‘ini berdi. X odim gar h a m m o m d a berilgan
b u savolga ajablandi-yu, j o ‘rttaga: “G ‘irt o m im a n ” , dedi.
M irzo sevinib uning biro rta o ‘ziga o'xshagan ulfati bilan ertaga
166
borib bir piyola ch o y ichib qaytishini iltim os qildi, adres
berdi.
Ertasi kuniga m ezbonlar bir talay m ehm on chaqirishgan
edi. Ikki xodimgar mehmondorchilik ustidan chiqdi. Mezbonlardan
biri m ehm onlarga voqeani bayon qildi. V oqeadan xabardor
b o ‘lgan xodimgarlar tipirchilab qolishdi. M ehm onlardan biri
yosh bolalam i to ‘plab sh e’r o ‘qib berayotgan bir juvonga ta ’na
qildi:
— M usobaqada k o ‘z b o ‘yash bilan yutgan ek a n siz -d a ,
T o 'tixon!..
Juvon yugurib keldi.
— Nega? N im a q ip ti?
— M ana, ikki savodsiz. M ahallam da sakkiz yashardan qirq
besh yashargacha ham m asi savodli, degan edingiz-ku!
Juvon xodim garlarga qaradi va so ‘radi:
— Shu m ahallalikm isizlar, yo boshqa m ahalladan kelding-
larmi?
— Y o‘q, shu m ahallalikm iz?
— Savodsizm isizlar?
— G ‘irt om im iz, opa.
Juvon qizardi.
Juvonning eri ikkala xodim garning o ‘rtasida o ‘tirar edi.
U , xodim garlarning savodsiz ekaniga ish o n m ad i-d a, sinab
k o ‘rm oqchi b o ‘ldi, b ir taxta qo g 'o z s o ‘rab olib qizil qalam
bilan yirik-yirik qilib yozdi:
“ Q osim jon, ham m om ga tushganim da butun kiyim larim ni
o ‘g ‘irlagan shu ikkovi” .
U xatni yozib bo‘lib endi Qosimjonga uzatm oqchi boiganida,
ikkala xodimgar baravar uning qo‘liga tarmashdi.
— N im a deyayotibsiz?!—dedi biri ko 'zi olayib.
— O g‘zingizga q arab gapiring!— dedi ikkinchisi, un d an
ham b a tta r darg‘azab b o ‘lib,— siz aytgan odam biz em as...
Bu orada nim a sir o 'tg an id an bexabar b o'lgan m eh m o n lar
hayron edi. Juvonning eri xatni b alan d ovoz bilan ham m aga
o 'q ib bergandan keyin qiyqiriq kulgi b o ‘lib ketdi.
Inobatli mirzo gangib qoldi.
— Olib kelgan odam laringiz savodli chiqib q o ld i- k u ,-
dedi m ezbonlardan b iri m irzoning yelkasiga shappalab.
M irzoning k o 'z la ri olayib, xodim garlarga qaradi.
167
— N ega odam ni laqillatasizlar!..— dedi va etagini qoqib
o ‘rn id a n turib ketdi.
Inobatli m irzo saharda poyezdga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |