1937-yil
JONFIG‘ON
Jo n fig 'o n n i tanisangiz kerak — o ‘sha, o ‘tgan yil bahorda
m ast b o ‘lib, k o ‘c h a d a n o ‘tg an o d a m g a “ h o z ir aytasan:
boshim ni qaysi devorga urib yoray” , deb yopishgan, keyin
soqoliga o ‘zi o ‘t qo'yib, gugurt chiqarganni so ‘kkan kishi.
K echa shuning uyidan xotin kishining ach ch iq -a c h c h iq
yig‘lagan tovushi eshitildi. Jonfig‘on bu yaqin yillarda xotinini
urgan emas, h a tto b ir kuni sam ovarda o ‘zi: “X otin kishini
n o m ard u rad i , q o ‘ling qichisa, o ‘zingga o ‘xshagan q o ‘li
qichiganni topib m ushtlash, m en seni m ard bilay” , degan
edi.
— N im a b o ‘ldi?
U c h -to ‘rt kishi b o ‘lib asta kirsak, hovlining o ‘rtasida katta
gulxan, xotini M alohatxon uning atrofida dodlab yuribdi.
T o ‘xtatdik.
— N im a gap?
— Sho‘rginam qursin... ko‘rm aysizlarm i... B esh-olti yildan
beri bitta p aypoq olib bergani y o ‘q-ku, ishlab-ishlab topgan
pulim ga qilgan h am m a kiyimlarimga kerosin sepib o ‘t qo'ydi...
Shu ustim dagi ish kiyim im bilan qoldim ...
Jonfig‘on d erazad an boshini chiqarib baqirdi:
— G ap ir, h a gapir!.. Sening gaping gapu, bizniki gap
emasmi!..
Jonfig‘o n k a tta b ir h a q iq a tn i o chishga shoshilganday,
uydan yu g u rib c h iq d i, bizga z o ‘r h a q siz lik d a n sh ik o y at
qilayotgan qiyofada turib, allaqayerda o 'tg a n bir avliyoning
o ‘z o ‘g ‘liga “x o tin lar bevafo” deb qilgan nasihati, jinoyat
qonunlari m ajm uasining allanechanchi m oddasi t o ‘g‘risida
182
gapirdi va bexosdan yig‘lab yiibordi. K eyin bilsak, kecha er-
xotin urishgan, xotin “q o ‘y endi, m en sen bilan u m r qilrnay-
m an, ertaga xatim izni o lam iz” , degan ekan.
Urish, q o 'ydi-chiqdi ham har xil b o ‘ladi. B a’zi urishlar
shunday arzim agan narsadan chiqadiki, orada qancha sovuq
g aplar o 'tib “ h o rd iq c h iq q a n d a n k e y in ” urish n im a d a n
chiqqanini na er eslay oladi, na xotin. B ularning ham janjali
shu xilda b o ls a yarashtiraylik, ikkovi Z A G Sning o ‘sha “ o ‘lim
va ta io q ” b o ‘!masiga aadam bosm asin deb, gap so'radik. Er-
xotin ayta bersa, bu jan jaln in g tarixi b iro n yozuvchining
q o ‘liga tushsa kattakon b ir kitob bo 'lad ig an .
Jo n fig ‘on b undan besh-olti yil b u ru n qaysi b ir idoraning
izvoshini m inar ekan, kirakashlik qilib q o ‘lga tushib ishdan
haydashibdi, keyin sabzavot d o ‘koniga m udir b o ‘lgan ekan,
“ju d a a rz ó n m ollar, bularning ustiga s o ‘m qo'yib b o 'lm a sa ,
tiyin q o ‘yish bilan qachon boy b o 'la d i kishi” deb o ‘zi tashlab
ketibdi, tanish-bilishlari zavodga ishga joylab qo‘ygan ekan,
“oyligidan b o ‘lak darom adi y o ‘q ” , deb borm ay q o ‘yibdi,
s h u n d a n k e y in q ilm a g a n ish i q o lm a b d i d e sa boM adi:
gulfurushlik deysizm i, tom shuvoq deysizm i, qassobchilik
deysizm i... bir-ikki hafta bozorda qovun tilib ham sotibdi.
M alo h atx o n Jonfig‘on izv o sh ch ilik d an havdalgan yili,
mahalladagi faol ayollaming himoyasi ostida, erining qarshiligiga
qaram ay, tu m a n hokim iyatiga farro sh bo'lib kirgan ekan,
o ‘qibdi, hadem ay savodi chiqibdi, b ir yil-bir yarim yildan
keyin hatto majlislarda nuqt so‘zlovchiga: “0 ‘rtoq, sizga savolim
bor” , deydigan bo‘libdi. Tuman rahbarining shofyori Tishchenko
degan ayol uning sog'lomligiga, kuchiga, abjirligiga, ayniqsa,
zehniga qoyil b o ‘lib yurar ekan, b ir kuni uyga chaqirib, “sen
shofyor b o ‘lgin, nima yordam kerak bo'lsa beram an” debdi.
M alohat ham shunday bir narsani orzu qilib yurar ekan, darrov
ko‘nibdi. Shundan keyin Tishchenko
uni birm uncha vaqt
sofyorlar kursiga tayyorlabdi, oqibat kirgizib ham qo'yibdi.
Jo n fig ‘on a w a lla ri uning niyatiga, o ‘qishiga “n o tav o n
ko‘ngil... orzuga ayb yo‘q ” degan nazar bilan qarab yurar
ekan, b ir vaqt qarasaki, M alo h at kursni bitirib, gruzovoy
m inib yuribdi! Jonfig‘on bunga h am k o Lnikibdi — “h a endi,
m insa m inibdi-da, shu ham m artabam i, m ashinani o ‘zi o ‘ylab
c h iq a rip tim i” deb o ‘ziga tasalli beribdi. Biroq M alohat ikki
183
yilda uch m arta m ukofotlanibdi. Jonfig'on m ukofotni o ‘z gazi
bilan o ‘lchagani uch u n bunga ham u n c h a parvo qilm abdi —
“oigan m ukofotiga ot bilan tuya berarm id i” debdi. Jonfig‘on
o ‘tgan yil bahor kechalarining birida (o‘sha kuni ertasiga boshini
yorm oqchi b o ‘lgan, soqoliga o ‘t q o ‘ygan) istirohat b og‘iga
kirgan ekan, qarasa, shaharning m anm an degan staxanov-
chilari q a to rid a xotinining ham k attak o n p o rtre ti turibdi!
Sevinch, qo‘rquv, baxillik — ham m asi aralash-quralash b o ‘lib,
Jonfig‘onning boshi g‘ovlab ketibdi. U darrov uyiga kelib, har
qalay, xotinini suyibdi, o'pibdi, lekin suhbat janjal bilan tugabdi.
Bu kuíigacha bo lib o ‘tgan uchta yirik janjalning biri shu ekan.
— S h unda jan jal nim adan chiqdi?— dedi sheriklarim izdan
biri.
J o n f ig ‘o n ja v o b b e rm o q c h i b o ‘ld i, M a lo h a t g a p in i
o g 'zidan oldi.
— T u p p a -tu z u k o ‘tirgan odam birdan aynib, endi u n d o q
b o ‘la s a n , b u n d o q b o ‘lasa n , ja z m a n c h iq ib q o la d i d eb ,
jah lim n i chiqardilar. X ayolim da y o ‘q gaplar...
— X ayolingda y o ‘q-a, xayolingda yo‘q ! - dedi Jonfig‘on
kesatib.
— H a, xayolim da b o 'lib nim a qildim?
— Xayolingda b o ‘Imasa nim a uchun bo‘qog‘ingni kestirding?
Xo‘sh? Q ani m an a shu to ‘rtta odam ning oldida javob ber-chi?
M a lo h a tn in g k o ‘k piyoladan k o ‘ra k ich ik ro q b o ‘q o g ‘i
bo'lib, shuni o ‘tgan yil kuzda kestirgan ekan. Ikkinchi yirik
janjal sh u n d a b o ‘lib, yaqin bir haftaga cho'zilibdi.
— K estirsam yom on b o iip tim i? — dedi M alo h at.— Axir...
xotiningizm an...
— N im a, m enga yoqish uch u n kestiribsanm i? H ech-da!
M enga b o ‘q o g ‘ing bilan ham yoqa b erar eding. Boshqaga
yoqam an deb kestirgansan!..
— Uyaling! Ilgarilar, b o ‘qog‘ing b o r deb, k o ‘z ochirgani
q o ‘ym as edingiz-ku! N ech a m arta yig‘latgansiz?
J o n f ig ‘o n , n im a d e y is h in i b ilm a y , y e rg a q a ra d i va
d o ‘n g ‘illadi:
— M en yig‘latgan em asm an... o ‘zing yig‘lagansan...
Biz kulgidan o 'z im izn i tiyolm adik, am m o b aralla kulish
to 'g 'ri kelm agani u c h u n birim iz m o ‘ylovim izni silab, birim iz
184
yo‘talib deganday kulgim izni yashirdik. Jonfig‘o n “ M alo h at
endi m eni tashlab ketadi” deb hadiksirab yursa, M a lo h a t
erining bu yurish-turishidan xijolat tortib yurar ekan. Shuning
uchun M alohat k o ‘zga ko'ringan sayin erini el qatori islilashga
u n d ar, y a lin a r, b a ’zan qattiq gap irar, h a tto yig‘lar ekan.
Jonfig‘o n oxiri insofga kelib, shu bu yil qishda n o n zavodiga
ishga kiribdi, am m o bir oy ishlam asdan progulchi tarzida
ishdan haydalibdi. Jonfig‘on b uni, albatta, talay vaqtgacha
xotinidan yashirib yuribdi, bu m a ’lum b o ‘lib qolgandan keyin
xotiniga n e c h a -n e c h a tavba-tazarrular qilib, endi biror joyga
kirib ishlashga, astoydil ishlashga s o ‘z b eribdi. M a lo h a t
ishonibdi va o ‘zi ish topib, o'tg an oyning o ‘n birinchi sanasida
joylab q o ‘yibdi. 0 ‘tgan kuni qarasa, m ulla Jonfig‘o n y a n a
bekorlar! M alohat surishtirgani korxonaga boribdi, surishtirib
qarasa, Jo n fig ‘on faqat o ‘n etti kun ishlabdi, xolos, kasallik
varaqasi olgani shifokom ing oldiga chilim ning suvini ichib
loxas b o ‘lib kirgan ekan, shifokor ichini chayqabdi va “ k o ‘r
b o ‘ldingm i, nega tam aki yeysan” debdi. Bu gap korxonaga
ovoza b o ‘lib, Jonfig‘onni o ‘sha zahotiyoq ishdan haydashibdi.
M ana, u c h in c h i yirik janjal m an a sh u n d an chiqibdi .
— N ega b u n d o q qilasiz, a x ir ? - dedik.
Jonfig‘on yer chizib o ‘tirar ekan:
— S h a y to n ...— dedi.
— B ekor aytibsiz!— dedi M alo h at jah li c h iq ib ,- c h ilim
ning suvini ichib shifokorga kirishni shayton sizdan o ‘rg an-
gandir!..
H am m am iz jim qoldik, Jonfig‘on birpasdan keyin boshini
k o ‘tarib:
— B o ‘la d ig a n gap s h u , - d e d i , - m e n in g q o ‘y a d ig a n
xotinim y o ‘q. Agar zo'rlik bilan xat topshirsang tovonim ga
qolasan. M a n a shu yigitlar guvoh. A y td im -q o ‘ydim , ikki
quloch arqon...
U o ‘pkasini tutolm ay yig‘lab yubordi. U yig'lar e k a n ,
yana xotiniga so‘z berdi. M alohat u n i h ech qachon bu ahvolda
k o ‘rm agan b o 'lsa kerak, yum shadi.
— M e n sizga a y ta y in ,- d e d i,— pulingizning keragi y o ‘q,
ishlasangiz b o ‘lgani! M en sizni h o zir erim degani n o m u s
qilam an!
J o n fig 'o n qasam ning h a r xilidan ich d i, keyin b izn in g
kafil b o ‘lishim izni so‘radi. Biz oxirgi sinoq bo'lishi sh arti
13-16
185
bilan kafil b o ‘ldik, am m o h a r qaysim izning dilim izda: “ Bu
xotindan uyalib qolm asm ikanm iz” , degan bir andisha bor
edi. M alo h at k o ‘ngandan keyin biz chiqib ketdik. Sam ovarda
o 'tirg an edik, birpasdan keyin Jonfig‘on chiqdi va yonim izga
kelib:
— Shu gap gap b o ‘ldim i yo tag‘in jinniligi tu ta rm ik in ? -
dedi.
Biz hali javob berm asdan M alohat eshikni ochib qaragan
edi, Jo n fig ‘on yugurganicha bordi, ikkovi kirib ketdi.
Ertasiga eshitsak, Jo n fîg ‘on y o 'q lab kelgan takasaltang
og‘aynilarini uyiga kirgizmabdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |