Muhabbat qissa yetim



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana26.04.2022
Hajmi3,68 Mb.
#584112
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
Abdulla Qahhor - anor

122


befarosatligidan nolib: “ M en rais b o ‘lsam sig irb o q ib o 'tirm as 
edim , olim lar bilan birgalashib, y e m -x ash ak n in g o ‘z id a n
sut oladigan m ashina chiq arar edim ” , dedi. Sog‘uvchilar xo‘p 
kulishdi. Bu gap raisning h am qulog‘iga yetgan ekan, ferm aga 
kelganida Fotim aning yelkasiga qoqib: “ D urust, durust, kallada 
xom xayol b o ‘lsa ham b o ‘lgani, k a lla b o ‘sh turm agani yaxshi” , 
dedi va oradan ko‘p o ‘tm ay uni sog‘uvchilikka o ‘tkazdi. Bu 
kunlarda ferm a sigirlarni m ashinada sog‘ishga o ‘tgan b o ‘lib, 
sigirlar hali o ‘rganm agan, k o ‘pi m ashinaning ichagini k o ‘rsa 
yuragi yorilib boshini sarak-sarak qilar, pishqirar, sog‘uvchini 
suzish payidan b o ‘lar edi. Fotim a pastdan yuqori b o ‘lganiga 
suyunib, m ashinaga qiziqib, bu ishga shavq bilan kirishib 
ketdi.
K am pir o ‘sha yotganicha qovun pishig‘ida biroz o ‘ng‘arilib 
o ‘rn id an tu rd i, lekin k o ‘p o 'tm a y y ana yotib q o ld i, shu 
yotganicha b o la k turm adi — vafot qildi. Z u h ra to ‘qqiz kun 
deganda kirib keldi. C hoi uni ko‘rib qarg‘ishga og‘iz ochdi-yu, 
lekin qarg‘am adi, “bo'yning uzilmasin, b o la m ” , deb h o ‘ngrab 
yubordi. Z u hra k a tta k o n qizil r o ‘m ol o 'r a b olgan, katak 
ro'm olchasini lunjiga bosib soldatchasiga g ‘oz turar, aftidan, 
onasining xotirasini o ‘zicha hurm atlar edi. U ning kelganini 
eshitib q o ‘n i-qo‘shni ko'ngil so‘ragani chiqishdi. Z u hra xotin- 
laiga orqasini o ‘girib turaverdi. Fotim a bechoraning yuzi shuvut 
deb o ‘yladi-da, uni sekin turtib:
— B u n aq a v aq td a h e c h kim o ‘tg an gap n i eslam aydi. 
U yalm a, bularga b ir nim a degin...— dedi.
Z u h ra yuzi shuvut em as, xotinlam ing k o ‘ngil so'rashini 
h a m , bu n g a jav o b a n ” k o ‘nglim ni k o ‘ta rg a n la rin g u c h u n
ra h m a t” degan m a ’n odagi gapni ham eskilik deb bilgani 
u c h u n shunaqa qilib turgan ekan, F otim aga yalt etib qaradi.
— N im adan uyalam an, erkin m uhabbat masalasini Navoiy, 
Tolstoylar ko'targan!— dedi-yu, burilib uyga kirib ketdi. Fotim a 
odam lardan xijolat b o ‘lib, uni kasalga chiqardi.
F o tim a odam larni kutdi, kuzatdi, ayvonda allam ahalga- 
cha otasi bilan gaplashib o ‘tirdi, keyin unga joy solib berdi- 
d a, y o tg a n i uyga kirdi. Z u h ra h a n u z u x la m a g a n ek an , 
yigiayverib shishib ketibdi. Buni ko‘rib F o tim an in g gina- 
kudurati yozildi, uning qilm ishi, yozgan to ‘m toq xati, boyagi 
gapi xususida ko'ngliga tugib q o ‘ygan o ‘p k a -ta ’n a so‘zlarini
123


aytm adi, aksincha, uni yupatdi, turm ushini so'radi. Z uhra 
b u n d a n o ‘n b ir oy m uqaddam qornida besh oylik bolasi bilan 
eridan chiqqan ekan.
— Ota-onasi feodal, feodalizmning uyasi, m eni cho‘ri, uy 
ch o ‘risi qilm oqchi boiishdi! 0 ‘zing bilasan, u y -ro‘zg‘or ishiga 
uquvim yo‘q, qozon-tovoqni jinim dan b attaryom on ko‘raman. 
Shuning uchun ayam m eni faqat o ‘qitganlar, m en ham yaxshi 
o ‘qiganm an. Y o‘q, bularga m en oqsoch b o ‘lishim kerak ekan! 
X izm atchi olgani q o ‘yishm aydi, “ M oskvich”im izni sottirib 
yuborishdi. Bundan tashqari: “Yengsiz ko'ylak kiyma, birovning 
oldida kerishma! Qahvaxonaga buncha ko‘p borasizlar!..” Bezor 
b o ‘ldim! Chiqdim ketdim!.. Lekin erim m eni yaxshi ko‘rar edi: 
q o ‘lida ko‘tarib yurar edi, ko‘chaga chiqsa, albatta bir nima 
olib kelardi... Bechora u c h -to ‘rt oy xo'p qatnadi, yalindi. “0 ‘sha 
o ta-onang bo r ekan, uyingni yelkam ning chuquri ko‘rs:n” , 
dedim . U ch m arta onasi, bir m arta otasi keldi, ikkovini ham
qabul qilmadim!
“ Q abul q ilm ad im ” degan gapni F otim a hazm qilolm adi, 
k a tta b o s h in i k ich ik q ilib kelgan va e s h ik d a n q a y tg a n
m o ‘ysafidlarni ko‘z oldiga kel.tirib yig'laguday b o ‘ldi.
— Ering o ta-o n a sid a n kechsinm i?— dedi.
— K echm asa ham ... yoshlar yashashi kerak!
— B ulam i to 'rq o v o q q a solib shipgaosib qo'yish kerakm i? 
Shu talabni ering q o ‘ysa, sen nim a der eding?
Zuhra “bunaqa gaplam i sen tushunm aysan” degan m a’noda 
boshqa gapga b ‘tdi:
— M aktabni durustroq bitirdingm i? Sening toleingga ayam 
b u n aq a b o ‘lib qoldilar... Yanagi yil qaysi institutga kirasan?
F o tim a hayron b o ‘lib so ‘radi:
— D adam ni yolg‘iz tashlab qayoqqa boram an?
— T o ‘g ‘ri, lekin dadam dunyodan o ‘tib b o ray o tip ti, sen 
dunyoga endi qadam q o ‘yayotibsan!
Fotim a esnab:
— Ishgakirdim , ferm adasigir sog‘a y o tip m a n ...— dedi.
Z u h ra birdan boshini k o ‘tardi.
— N im a? 0 ‘n yil o ‘qib sigir bilan tappidan boshqa narsaga 
aqling yetm adim i?
Z u h ra arazlab orqasini o ‘girdi, lekin F o tim a bu ishga 
vaqtincha, noilojlikdan kirganini, o ‘qish to ‘g‘risidagi rejalarini
124


a y ta r d e b x o ‘p k u t d i , b ir o q F o tim a h a y a l o ‘t m a y
m ushukchaday mayin xurrak otdi.
F otim a tong yorishganda uyg‘ondi. Z u h ra u n d a n oldinroq 
turib ketib qolipti— kim biladi, ertalab y a n a o d a m yig‘iladi 
dedim i, yo “erim dan c h iq q a n im n i F o tim a aytib q o ‘y a d i” 
degan o ‘yda otasiga r o 'p a r a b o ‘lgani yuzi chidam adim i...
Z uh ran in g iziga tu sh ib b o im a d i. F o tim a uning erd an
chiqqanini dadasiga ay tm ay q o ‘ya qoldi, yarashib ketar, deb 
o ‘yladi. Oylar o ‘tdi.
Bu orada Fotim a ishga sh o ‘ng‘ib ketdi. M a ’lum b o iish ic h a
sigir degani yem -x ash ak , sutu tap p id a n , sog‘uvchilik ishi 
yelin tortishu sut ch iq arishdangina iborat em as, sigir degan 
m axluq shuncha befarosatligi bilan sog'uvchining m ehrini, 
m ehnatini, bilimini sezar, shunga qarab sut berar ekan. Fotim a 
shuni bilganidan keyin ish d a kun sayin ochila bordi, shundoq 
b o ‘ldiki, rais hisobot-saylov m ajlisida “kesakdan o ‘t chiq- 
q a n i”ga xursandligini iz h o r qilib, bir q a n c h a qiziq gaplar 
gapirganidan keyin uni ilg ‘or sog‘uvchilar qatoriga qo'shdi. 
Yaxshi sog‘uvchi b o ‘lg an i, rais q o ‘shig‘iga q o ‘shgani u ch u n
Fotim a xo‘jalikda otning qashqasi b o ‘ldi qoldi. Faqat sho‘xlik- 
shaddodlik emas, shuhrat ham husnning pardozi ekan shekilli, 
Fotim a birdan ochilib ketdi: a n a qora yolqin tashlaguvchi 
ko‘zlar-u, ana tutab tu rg a n payvasta q oshlar-u, yoshlarning 
ishtahasini ochadigan kuldirgichlaru... Z u hra xonadonga d e g ‘ 
solib ketganidan keyin k o ‘p odam “ endi F o tim a qari qiz 
b o ‘lib o ‘tirib qoladi” , d e b taxm in qilgan edi, y o ‘q, jazm an
ustiga jazm an chiqaverdi; raisning qaynag'asi, xo'jalikning 
m ontyori, hisobchining o ‘g‘li, xim izator, apteka m udiri... 
F otim a yaqinda o ‘qish in i bitirib ferm aga hayvonlar doktori 
b o ‘lib kelgan Sam ijon degan yigitga mayil berdi.
Sam ijon ko‘p m u lohazali yigit ekan, to ‘y cholga ham
tatisin degan m a q sa d d a Z u h ra n i x o ‘p q id ird i, olti h a fta
qidirib, oxiri daragini topdi. U n in g b ir o ‘rto g ‘i Z u h ra n i 
shahar kutubxonasining zalida k o ‘ribdi. Z u h ra zalda o ‘tirgan 
b o is a , dem ak, kutubxonaga a ’zo, a ’zo b o is a o ‘sha yerda 
adresi b o iis h i kerak.
Ikkovi shaharga borib, haqiqatan, kutubxonadan Zuhraning 
a d r e s in i to p d i. Z u h r a m a rk a z iy h a m m o m q o s h id a g i 
sartaroshxonada kassir b o ‘lib ishlar ekan. Samijon eshikda qolib,
125


sartaroshxonaga F otim a kirdi va ko‘k yog‘och panjara ichida 
o ‘tirgan Z uhrani ko‘rib yuragi shig‘ etib ketdi: ozib c h o ‘p 
b o ‘lib ketibdi, bukchayibdi, shunday sochdan chilvirdakkina 
ikkita kokil qolibdi.
Z u hra F otim aga k o ‘zi tushib, xuddi yalang‘och o ‘tirga- 
nida ustiga birov kirib qolganday shoshib, sariq ro'm olm i 
yelka aralash boshiga tashladi, beixtiyor panjaradan chiqib 
keldi.
— Nega, nega kelding?.. M en b u yerda vaqtincha ishlab 
tu ribm an...
— Yaxshim isan... Ering yaxshim i,— dedi F o tim a “yarash- 
din g m i” deyolm ay.
— K etib q o lg a n , a lla q a c h o n la r k e tib q o lg an . B osqa 
shaharda, o ‘qishda...
— Bolang katta b o ‘lib qoldim i?..
— Venera bo g ‘c h a d a ,- dedi Z u h ra va b u n d an ortiq gap 
s o ‘rashini istam adi shekilli, o ‘zi savol berdi:— Erga tegayotgan 
em ishsan deb eshitdim , kim o ‘zi?
F otim a to ‘y uning qishloqqa borishiga qarab qolganini 
aytishga shoshilib:
— 0 ‘zim izning qishloqdan, ferm ada hayvonlar d o kto- 
r i , - dedi.
Z uhra labini burdi.
— Sigir d o k to ri degin! T appi ta p p id a n yiroq tushm as 
ekan-da!
F otim aning dam i ichiga tushib ketdi. Shu asnoda Sam ijon 
kirib keldi. F otim a ikkovini tanishtirishini h a m bilm ay qoldi, 
tanishtirm asligini ham , lekin uning Z uhraga to m o n iljayib 
borayotganini k o ‘rib “ Samijon!” deyishga m ajbur bo'ldi. Z uhra 
kuyov shu ekanini bilib unga ko‘z qirini tashladi, hindchasi- 
ga kaftlarini juftlab t a ’zim qilib q o ‘ya qoldi. Sam ijon o ‘sal 
b o i i b to 'x ta d i, 
s o ‘ra sh m o q c h i b o i g a n q o i i n i k o ‘ksiga 
q o ‘yganicha orqaga tisarildi. Shu on b ir m ijoz kassaga pul 
t o i a g a n i k e ld i-d a , Z u h ra c h o p ib b o ra r e k a n , F o tim a g a
q a ra b :“ Bir aylanib kelinglar, keyin uyga b o ram iz ” , dedi. 
S am ijon ta ’zim qilib chiqib ketdi. F o tim a Sam ijonning oldida 
Z u h ra n in g qilm ishidan uyaldi, uni uzib-uzib olm oqchi b o ‘lib 
p a n ja r a n in g o ld ig a b o rd i, le k in u n in g m ijo zg a q ilg a n
m u om alasidan yuragi tor, jizzaki b o ‘lib qolganini fahm lab 
shash tid an qaytdi.
126


— Z uhra, jigarim ,— dedi hazil yo‘sinida,— onang hindi 
em as edi-ku, kuyov bilan o ‘zim izcha q o l berib s o ‘rashsang 
nim a qilar edi? “ Bir aylanib kelinglar” deganing nim asi, 
uyinga olib boradigan b o ‘lsang tu ra r joyingni ayt, kalitingni 
ber, biz borib turaylik!
Z u h ra q ip -q iz arib k etd i, c h o ‘n tag id an kalit olib ikki 
b arm o g ‘i bilan F otim aga uzatdi, tu ra r joyini aytdi.
F o tim a Z uhraning qilm ishi haqida uzr so‘rab, Sam ijonga 
uning hali odam ko 'rm ag an in i, odo b -ah lo q o 'rg an m ag an i- 
ni, shu tufayli b o ‘lsa kerak, uyi buzilganini aytib berdi.
Z u h ra parkdan nari t o ‘rt qavatli im oratning zinasi ostidagi 
uyda tu ra r ekan. F otim a sirtqi eshikni ochib y o ‘lakka kirdi, 
ikki tom o n d a ochiq turgan eshiklardan uy bilan oshxonaning 
ahvolini k o ‘rib S am ijondan nom uslarga o ‘ldi.
— Voy, kirn aytadi shu uyda xotin kishi, yoshgina juvon 
turadi deb!
Sam ijon uni xijolatdan chiqarishga shoshiJdi:
— Z iyoni yo‘q, ayni m uddao! Z uhraxon yosh, yolg‘iz, 
oyog‘i toyilm adim ikin deb q o ‘rqqan edim , y o ‘q, xayriyat... 
bu uyga erkak zoti em as, od am bolasi oyoq bosm aganga 
o'xshaydi. Bechoraning dugonasi ham b o ‘lmasa kerak.
Ikkovi uy bilan oshxonani yig‘ishtirdi, tozaladi.
Ishdan keyin Zuhra sariq qog‘oz xaltachada bir nim a ko‘tarib 
keldi, oshxonaga kirib ketdi-yu, k o ‘p o ‘tm ay uyga tovoqda 
ovqat ko‘tarib kirdi. Ovqat aslida chuchvara b o ‘lib, qaynatishda 
sovuq suvga solingan b o i s a kerak, xam iri b ila n qiym asi 
q o ris h ib y o ta r edi. Z u h r a m a g a z in d a n o lin g a n ta y y o r 
chuchvarani qaynatishni h a m bilm aganidan zarracha xijolat 
em as, aksincha, qozon-tovoqqa yo'qligini shu bilan yana bir 
m arta pisanda qilganidan m am n u n ko‘rinar edi.
F otim a tegishdi:
— Ilg a ri ay am g a m a la y , q a y n a n a n g g a c h o ‘ri b o i i b
q o lish d a n q o ‘rqib q o z o n -to v o q q a q o ‘1 u rm a g a n san , endi 
n im ad an qo'rqasan, hech b o im a s a o ‘zing uchun o ‘rgansang 
b o im a y d im i?
Z uhra kuldi.
— Shu bilganim o'zim ga yetadi, chuchvaradan maqsad, 
go‘sht bilan xamir eyish bo‘lsa ikkovi ham turibdi, qo‘shib yeyaver!
— Axir bir kuni ering kelar, yarasharsizlar...
Z u h ra yarashishdan um idi b o im a s a kerak:
127


— M en ozodligim ni hech qanaqa erga alishm aym an!— 
dedi.
— Y olg‘izlik n in g
o ‘zi b ir tu tq u n lik e m a s m i? - d e d i 
Sam ijon kulib.
Z u h ra eri t o ‘g ‘risida qizishib gapira ketdi, bu gaplarning 
tagida faqat “ M ening qadrim ga yetm adi, m enday xotinning 
qadriga y etm ad i” degan bir alam yotar edi. Bu alam , aftidan, 
uni kem irib, so ‘rib darm onini quritibdi va “dunyo shu o ‘zi, 
hayotda hech kim o ‘z qadrini topolm aydi” degan ko'yga solib 
q o ‘yibdi. Endi m a’lum b o ‘lishicha Zuhraning uy tutishi, kiyim- 
boshi, o ‘ziga qaram ay qo'yganligi shuning oqibati; hozirgi 
h a r b ir gapi, h arak ati shuni t a ’kidlar, h a tto d a stu rx o n n i 
yig‘ishtirganida, b o ‘sh tovoqni olib chiqib ketayotganidagi 
ra fto ri, a f t- a n g o r i, b u tu n v u ju d i: “ E o la m eli, m a n a , 
k o ‘rdingizm i, m en n e c h o g iik xorlik, zorlik tortayotibm an!” 
deb turganga o ‘xshar edi.
C hoy m ahalida hech kim dan sado chiqm adi. Sam ijon gap 
ochishning m avridi keldi degan m a ’noda F otim a bilan k o ‘z 
urishtirib olganidan keyin:
— K uyov b ila n bu n aq a arazlashib qolgan b o ‘lsalaring 
yakka o'zingiz shahri azim da nim a qilasiz, qishloqqa keta 
qo lay lik ,— dedi.
Z u hra anch ad an keyin javob berdi:
— S h a h a rd a n q ish lo q q a ... b ir q a d am o rq ag a q ay tish
b o ‘lm asm ikin?
F otim aning achchig‘i keldi.
— O rqaga qaytish b o ‘lsa nim a, nurli c h o ‘qqidan tushib 
qolasanm i?
Z uhra bir vaqtlar ota-onasiga yozgan xatida “ kelajakning 
n urli c h o ‘qqilari tom on b o rm o q d a m iz ” degani esida b o r 
ekan, rangi b o ‘zarib ketdi.
— T a ’na q ilm a !- dedi labi pirpirab.— M en nurli c h o ‘qqiga 
yetolm agan b o ‘lsam ... sigir m inib sen yetib borasan!..
Bu gap Sam ijonga ham tegib ketdi.
— O d a m in tila d ig a n c h o ‘q qi to g ‘ c h o ‘q q isi s in g a ri 
b u lu tlar orasida em as, yerda b o ‘lad i,— dedi Sam ijon.
Fotim a uning javobiga qanoat qilm adi.
— A yam m en d a n rozi b o ‘lib k o ‘z yum dilar, dadam m ing 
m arta rozilar; dugonalarim , qavm -qarindosh, b u tu n qishloq 
m e n d a n rozi, m en in g u c h u n b u n d a n b a la n d ro q c h o ‘qqi
128


bormi! Sendan kirn rozi? H atto suyub olgan erint/ ham rozi 
b o im a p ti-k u ! Sen qanaqa c h o ‘qqiga intilgan edirg?
Z u h ra pushti ro ‘m olchasini lunjiga bosganicha kursiga 
qapishib ketdi. U n in g ahvolini k o 'rib F o tim a shu gapni 
gapirganidan push ay m o n b o ‘ldi. Z u h ra tu rib -tu rib b ird an
Fotim aga o ‘zini otdi, uni qattiq quchoqladi, ichidan xuruj 
qilib kelayotgan faryodni yutish uchun yuzini uning qorniga 
ishqab t o i g ‘andi, ingradi, so ‘ng o ‘zini yerga o td i-yu, boshini 
karavotning poyasiga bir necha m arta urdi. Samijon uni ko‘tarib 
karavotga yotqizdi. Fotim a nim a qilishni bilmas, qo‘rqib “ m en- 
gina o ‘lay” der, uning boshini silar edi.
Bugun shanba kuni Z uhra qizini yaslidan olishi kerak ekan, 
vaqtida borm agani u ch u n qorong'i tushganda m urabbiyasi 
V enerani olib keldi. Z uhra bularning tovushini eshitib ko‘zini 
ochdi. M urabbiya Z u h ra n in g kasalligini k o i'ib h o l-ahvol 
so ‘radi, keyin V enerani unga tom on y o ila d i. V enera uning 
etagidan m ahkam ushlab turaverdi. Fotim a darrov sezdi: Zuhra 
yuragi torlik qilgan paytlarda qiz b e c h o ra n i ko‘p urishib, 
ehtim ol, urib o ‘zidan bezdirib q o ‘yibdi. B uni Sam ijon ham
payqadi. H aqiqatan, F otim a “ kel” deb q o ‘l c h o ‘zgan edi, 
qiz biroz begonasirasa ham yugurib bordi va uning q uchog‘iga 
o ‘rnashib, onasiga xo‘m rayib qaradi.
M ehm onlar t o i l kun turib qolishdi. F otim a Z u h ra bilan, 
S am ijo n m e h m o n x o n a d a y o tib y u rd i. V e n e ra n i yasliga 
eltishm adi, Sam ijon o ‘ynatib, javratib yurdi.
B eshinchi kuni Z u h ra butkul tuzalib ishga chiqadigan 
b o ig a n d a n keyin m eh m o n lar ketadigan b o iis h d i. Z uhrani 
qishloqqa, hatto 
t o ‘yga tak lif qilish h am noqulay b o iib
qoldi. Bular uch u n cholga “Z uhra e s o n -o m o n yuribdi, qizi 
k atta b o iib qolibdi” , degan xabarni eltish ham katta gap 
edi.
Z u h ra bularni avtobus bekatiga kuzatib chiqdi. Avtobus 
tayyor ekan. F o tim a V enerani k o ia r ib olgan, avtobusga 
chiqqani uni Z uhraga uzatgan edi, Venera dod deb Fotim aga 
chirm ashib oldi, unga ham ishonm ay Sam ijonga intildi. Z uhra 
xijolat b o id i. Shu choq avtobus y o io v ch ila rn i qistab ustm a- 
ust gudok berdi. F otim a yopilayotgan eshikdan avtobusga 
chiqib, bolani derazadan Z uhraga uzatm oqchi b o id i. V enera 
yana chirillab F otim aning sochini changallab oldi. Avtobus 
ketidan tu tu n chiqarib yurib ketdi.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish