ALISHER NAVOIY IJODI – TARBIYA MAKTABI
Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganishda testlar, labirintlar, kichik matnlar tuzib ishlash juda maqsadga muvofiq. Bolalar dars davomida 1-2tadan mavzuga oid testlar tuzib, bir-birlari bilan almashlab ishlashlari bevosita ularni test bilan ishlashga o‘rgatadi. Labirintlar bolalarni aql bilan ish tutishga o‘rgatsa, kichik matnlar yaratish esa ularni fikrlashga, ijod qilishga undaydi. Beshinchi sinfda ahloq-odobga oid, hikmatomuz ruboiylarini o‘qib o‘rganish ko‘zda tutilgan. Ularni o‘rganishda tahlil qilish, misralarni nasrga aylantirish, mazmunini sharhlash kabi topshiriqlar darsning faoliyatini oshiradi. Bu topshiriqlarni amalga oshirishda sinf o‘quvchilarini kichik guruhlarga bo‘lib, zigzag usulida, ya’ni birin-ketin topshiriqlarni tezkorlik bilan ishlashga o‘rgatish juda qiziqarli kechadi. Bunda vaqt belgilab boriladi. Topshiriqlar turli stollarga qo‘yilib, guruhlar o‘rin almashib ishlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |