1. “Muayyan badiiy matn tarkibida o‘zga matnlarga daxldor unsurlarning mavjudligi shu matnning …ligidir” nuqtalar o‘rnini to‘ldiring
A)intertekstuallik
B) Sitata
C)Referensiya.
D)Qo‘shtirnoqsiz ko‘chirma
2. “Muayyan badiiy matn tarkibida o‘zga matnlarga daxldor unsurlarning mavjudligi shu matnning intertekstualligidir”
Mazkur fikr kimga tegishli?
A)M.Yo‘ldoshev
B) V.A.Maslova
C)D.Xudayberganova
D)R.Sayfullayeva
3. Rus tilshunosligida muayyan til egalariga yaxshi tanish bo‘lgan va ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan, nutqiy faoliyatda qayta-qayta murojaat qilinadigan shaxs nomlari, barqaror so‘z birikmalari, jumlalar hamda matnlar qanday birliklar sifatida qayd etiladi?
A) pretsedent birliklar
B) Sitata
C)Referensiya.
D)Qo‘shtirnoqsiz ko‘chirma
4.Pretsident birliklarning qanday turlari mavjud?
A)hammasi to‘g‘ri
B) pretsedent nomlar
C)pretsedent jumlalar
D) pretsedent matnlar
5. … intertekstuallikning namoyon bo‘lish shakllaridan biri bo‘lib, til egalarining asosiy qatlamiga yaxshi tanish ekanligi, nutqda qayta-qayta qo‘llanishi bilan xarakterlanadi
A) Pretsedentlik
B) Sitata
C)Referensiya.
D)Qo‘shtirnoqsiz ko‘chirma
6. Ushbu she’rning qaysi misrasida intertekstuallik bor?
Quyosh ham falakda bamisli ro‘yo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do‘stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.
(“Kuz manzaralari”)
A)U endi yondirmas, yaltirar faqat
B) Quyosh ham falakda bamisli ro‘yo
C) Do‘stlar, u ham endi quyoshmas aslo
D) U olis yoshlikda qolgan muhabbat
7. V.A.Maslovaning fikriga ko‘ra, muayyan millat vakillariga yaxshi tanish bo‘lgan matnlar yoki voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs nomlari … bo‘ladi?
A) pretsedent nomlar
B) intertekstuallik
C)pretsedent jumlalar
D) pretsedent matnlar
8. Nima mumtoz adabiyotimizdagi talmeh san’ati – mashhur shaxslar nomini keltirish orqali biror voqeaga ishora qilish hodisasiga juda o‘xshaydi?
A) pretsedent nomlar
B) intertekstuallik
C)pretsedent jumlalar
D) pretsedent matnlar
9. Duxnovskiy nomli it kimning asarida uchraydi?
A)O‘.Hoshimov
B)Duxnovskiy
C)A.Oripov
D)E.Vohidov
10. pretsedent nomlar yuzaga kelish motiviga ko‘ra turlarga bo‘linishi nimalarga bog‘liq?
A)hammasi to‘g‘ri
B) badiiy matnlar, diniy matnlar
C)mashhur va qiziq voqealar, afsona, rivoyat, ertak
D)latifa, qo‘shiq, kinofilmlar
11.Kim intertekstuallikka bag‘ishlangan tadqiqotida pretsedent birliklarni to‘rtga bo‘ladi: 1. Sitata; 2. Referensiya. 3. Qo‘shtirnoqsiz ko‘chirma. 4. Allyuziya
A) N.Pego-Gro
B) M.Yo‘ldoshev
C) V.A.Maslova
D)D.Xudayberganova
Do'stlaringiz bilan baham: |