Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatining tashkil qilish shakillari.
Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarini qo’l mehnatiga o’rgatish qiziqish uyg’otish mehnat orqali hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarni shakillantirish.Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnatga nisbatan muhabbatni tarbiya va kasbga yo’naltirish. Bolada ijodiy ko’rgazmalar o’yinlar uchun atributlar yasashga xoxish uyg’otish.Qog’oz va kartar kabi materiallar xususiyati bilan tanishtirish.
\
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish.Tasviriy san’at sohasiga doir qobiliyatini aniqlash va shakillantirish.Qalam mo’yqalamni ushlash loy plastilin bilan ishlash qaychida ayrim narsalarni qirqib yelimlash orqali mayda qo’l mushaklarini rivojlantirish.
Bola tasviriy faoliyat mashg’ulotlari orqali diqqatni bir joyga taqsimlay olishni va ishni oxiriga qadar bajarishni o’tira olishni o’rganish.Tabiatni atrof-muhitni kuzatishni uni asrab-avaylashni ardoqlashni unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni o’rganadi.Jamoa bo’lib mehnat qilish ishni rejalashtirib olish o’rtoqlarini eshita olish va o’zaro fikr mulohazalarini inobatga olgan holda ishlash malakasini shakillantirish.
Sahnalashtirish faoliyati nutq ifodaliligini shakillantirish,intelektual va badiiy estetik tarbiya bilan bog’liq ko’plab pedagogik vazifalarni xal etish imkonini beradi.Sahnalashtirish faoliyati bolaning xissiyotlarini rivojlantirishning tuganmas manbasi hisoblanib uni ma’
naviy boylikka oshno qiladi.
Xalqimizning boy madaniy ma’naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’ladi va ularni o’z ishlarida ifodalashga o’rganadi.Har bir insonning hayoti o’yinlar bilan o’tadi u bolada kattalarning hayotiy qonun qoidalarini anglashni o’rgatadi.Har bir bola o’zi bilgancha o’ynaydi lekin bu o’yinlar asosan kattalar sevimli qahramonlaridan o’rganib ularga taqlid qilgan.
Sahnalashtirish uchun material tanlaganda bolalarning yosh xususiyatlari bilim ko’nikmalaridan kelib chiqish zarur shu bilan birga ularning hayotiy tajribasini boyitish yangi bilimlarga qiziqish uyg’otish va ijodiy imkoniyatlar berish kerak.
Rollarni faqat qobiliyatli bolalar o’rtasida taqsimlamay barcha bolalarga o’zlarini turli ro’llarda sinab ko’rishlariga imkon berish.
Bolalar bilan spektaklda ishlashning asosiy qoidalari.
1.Sahna asarini tanlash va uni bolalar bilan muhokama qilish.
2.Pyesani epizodlarga bo’lish ularni bolalar tomonidan so’zlab berilishi.3.Etyud ko’rinishidagi alohida epizodlar bilan ishlash.
Teatrning har-xil turlari stol usti soya teatiri marionetkalar ,sahna spektakillarida o’ynash uchun rekvizitlar teatr uchun pardalar,kostyum va niqoblar bo’lishi shart.Maktabgacha ta’lim muassasalari sahna namoyishlari uchun burchaklar tashkil etish tavsiya etiladi ularda,barmoqchalar teatiri teatr bilan rejissyorlik o’yinlari uchun joy ajratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sahnalashtirish jarayonida amal qilinadigan qoidalar.
Hamkorlikdagi sahnalashtirish faoliyatida spektakl qo’yish jarayoniga yetarli darajada faol bo’lmagan bolalarni ham jalb etadi bu bilan ularga uyatchanlik va tortinchoqlikni yengib o’tishlariga yordam beradi.